Bemorlar qabul qilinganda sanitar ishlovdan o’tishlari kerak


Yatoq yaralar prafilaktikasi


Download 162.66 Kb.
bet3/15
Sana08.01.2022
Hajmi162.66 Kb.
#252987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xirurgiya amaliy

Yatoq yaralar prafilaktikasi

Etib kolgan bemorlarda yotoq yaralar paydo bo’lishi ularni yaxshi parvarish qilmaslik oqibatidir. Yotoq yara yuza yoki chuqur yara bo’lib, qon aylanishiping bo’zilishi va to’qimalarning jonsizlanishi natijasida hosil bo’ladi. Ularning paydo bo’lishiga notekis, noqulay solingan, kamdan-kam yig’ib qayta yoziladigan, burmalari va ovqat ushoqlari bo’lgano’rinbosh sabab bo’ladi, ko’ylak va choyshablardagi yamoqlar, og’ir ahvoldagi bemorlarda badan terisining najas va siydik bilan tez-tez ifloslanib turishi sababli bichilishi shunday yaralar paydo bo’lishiga olib keladi. yotoq yaralar aksariyat dumgaza, ko’raklar, dum suyagi, oyoq panjasi, ensa, quymich dumboqlari singari suyak dumboqlari bo’lgan va yumshoqto’qimalar o’rinboshda bosiladigan sohalarda vujudga keladi. yotoq yaralar paydo bo’lish jihatidan xavfli sohalar kamfara spirti, odekolon yoki 25% li nashatir spirti bilan ho’llangan steril doka salfetka bilan sutkasiga kamida 1 marta ishqab artiladi, yengil massaj qilinadi. Monelik qiladigan hollar bo’lmasa, bemorning o’rindagi vaziyatini vaqti-vaqti bilan o’zgartirib turiladi. Eng ko’p bosiladigan joylar tagiga mato uralgan rezina chambar qo’yiladi. Terining qizargan sohalariga (yotoh yara hosil bo’lishining darakchilari) 5—10% li kaliy permanganat eritmasi yoki 1% li brilliant yashilining spirtdagi eritmasini sutkasiga 1-2 marta surtiladi. Bunda xosil bo’ladigan zich qatlam nekrozlangan uchastkalarni infektsiya tushishdan va namlanishdan ximoyaqiladi. Vrach ko’rsatmasi bilak Vishnevskiy malkami surtilgan boglam qo’yiladi, u bitish jarayonlarini tezlashtiradi.



Download 162.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling