Bemorlarni diagnostik tekshiruvga tayyorlash, bemorlarni tekshirish usullari


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#259850
  1   2   3
Bog'liq
BEMORLARNI DIAGNOSTIK TEKSHIRUVGA TAYYORLASH, BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI



BEMORLARNI DIAGNOSTIK TEKSHIRUVGA TAYYORLASH

BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI 

 

 



 


 

Hozirgi vaqtda ko’plab yangi tekshirish usullari ayniqsa asbob-uskunali 



tekshirishlar bo’lishiga qaramasdan, bemorni klassik tekshirish ya’ni 

so’rab-surishtirish va fizik usullar o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q u 

diagnoz qo’yishning asosi bo’lib qoladi. 

So’rab – surishtirish 

Birinchi marta bemorni tekshirish so’rab-surishtirishdan boshlanadi. 80% 

terapevtik bemorlarni tahminiy diagnozi so’rab bilish davomida qo’yiladi 

va keyingi tekshiruvlar maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. 

Bemorni so’rab – surishtirish natijalari – anamnez hisoblanadi. Shuning 

uchun ko’pincha so’rab-surishtirish o’rniga “anamnez yig’ish” termini 

ishlatiladi. (grek. Anamnezis-eslash) anamnez yig’ish oddiy savol-




 

javobdan iborat bo’lmay, balki bemorni kasbiga, ruhiyatiga mos ravishda 



muloqot qilish demakdir, bu esa o’z navbatida bemorning ahvolini 

eyngillatishga olib keladi. Anamnez ma’lumotlarini grafik usullarida ifoda 

qilish maqsadga muvofiqdir. 

So’rab-surishtirish quyidagi qismlardan tashkil topgan: shikoyatlari, 

kasallik anamnezi: ( anmnezis morbi), hayot anamnezi (anamnezis vitae). 

Bemorni anamnezini o’rganishdan maqsad, diagnoz, qo’yish uchun kerak 

bo’lgan ma’lumotlarni olish, kasallik og’irligini baholash, ular bilan o’zaro 

ishonchli muloqot o’rnatish, bemor shahsini va uning o’z kasalligiga 

bo’lgan munosabatini baholashdan iborat. 



 

Ayrim bemorlar o’z kasalliklariga befarq bo’lganliklari uchun hamma 



shikoyatlarini aytavermaydilar, bunday bemorlarga qo’shimcha savollar 

berib shikoyatlarini aniqlashga to’g’ri keladi. Bemor shikoyatlarini qaysi 

biri asosiy va qaysi biri qo’shimcha ekanligini darhol aniqlab olish qiyin. 

Odatda bemor uchun eng katta ahamyatga ega bo’lgan shikoyat asosiy 

hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, ba’zan bunday shikoyatning 

asosiy kasallikga dahli bo’lmasligi mumkin. Ba’zida bemorlar umuman 

shikoyat qilmasliklari mumkin, ularning kasalligi tibbiy ko’rikdan o’tganda 

aniqlanadi. 

Shikoyatlar ichida og’riq eng ko’p uchraydi va u alohida o’ringa ega. Agar 

bemor og’riqqa shikoyat qilsa u holda quyidagilarga etibor berish kerak: 




 

-  og’riqning joylashishi 



-  og’riq hurijlimi yoki hurijsizmi 

-  paydo bo’lish vaqti va sababi 

-  og’riq jadalligi 

-  uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar 

-  og’riqni tarqalishi 

ayniqsa og’riqni funksional yuklamaga bog’liqligini aniqlash katta 

ahmiyatga ega. 

Kasallik anamnezi 




 

Hozirgi kasallik anamnezini aniqlash (anamnezis morbi), bemor 



shikoyatlarini o’ragnish bilan bog’liq. Bunda quyidagilarga ahamiyat 

berish kerak. 

 

 



 

 



Kasallikni boshlanish vaqti. Qachondan beri o’zini kasal hisoblaydi: vrach 

bemor yordamida kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lishidan boshlab, 

hozirgi vaqtgacha bo’lgan o’zgarishlarni kuzatishi kerak. Zo’rayish vaqtlari 

va uning tezligi. 

Bemor fikri bo’yicha kasallik yoki uning zo’rayishining sabablari. Ilgari 

o’tkazilgan tekshiruvlar va muolajalar: invalidligi va h.k. 

Hayot anamnezi (anamnezis vitae) umumiy harakterga ega: tug’ilgan joyi, 

ma’lumoti, turmush tarzi, oilaviy sharoiti, boshdan kechirgan kasalliklar 

(dorilarga allergiyasi, sil kasalligi, sariq (gepatit, teri-tanosil kasalliklari). 

Irsiy kasalliklarni so’rash alohida o’rinni egallaydi: Ota-onasini nima 




 

kasallikdan o’lganigi, masalan: qandli diabet, arterial gipertenziya, 



ateroskleroz, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, havfli o’smalar va h.k. 

Kasbiy anamnezida chang, bug’ bilan hafas olish, vibrasiya, nurlanish kabi 

omillarga ahamiyat berish kerak. 

Anamnez yig’ishda zararli odatlari ham muhim o’rin tutadi, ayniqsa 

alkolizm, tamaki chekish va hozirgi kunda narkotiklarni qabul qilish 

ko’payib bormoqda. 

Yuqorida keltirilgan narsalarni miqdorini aniqlash ham muhim. Masalan: 

bir kunda nechta dona sigaret chekadi, yoki qancha spirtli ichimlik ichadi. 

Jinsiy anamnezida ayollarda oy ko’rishni muntazamligini, og’riqligini, 



 

homiladorlikni kechishini, nechta tuqqanligini, necha marta bola 



oldirganligini, qanday kontraseptiv vositalar qo'llaganligini aniqlash kerak.. 

Bemorni turmush sharoitini ham so’rash lozim. Uyining sovuqligi, namligi, 

ovqatlanish, jismoniy faolligi, oilaviy munosabati va h.k. bundan tashqari 

bemorning ruhiy holatini ham hisobga olish kerak. 

 

 

 




 

Umumiy va  tana soxalari  bo’yicha ko’zdan kechirish 



Bemorni ob’ektiv tekshirish usullari. 

 

 




 

10 


Bu usullar orqali vrach o’zining sezgi a’zolari bilan kasallik diagnostikasi, 

uning prognozi haqida zarur malumotlarni olishi mumkin. Ob’ektiv 

tekshirish usullariga ko’zdan kechirish , paypaslash (palpasio), tukillatish 

(perkussio), eshitish (auskultasio), hamda qo’shimcha laborator-asbob 

uskunali aniqlashlar kiradi.Umumiy ko’zdan kechirish odatda tana 

qismlarini ko’rish bilan birga olib boriladi. Ko’zdan kechirish bemorni 

birinchi ob’ektiv tekshirish usuli bo’lib hisoblanadi. Bemorni ko’zdan 

kechirganda sinchkovlik ziyraklik va vrachning shahsiy tajribasi katta rol 

o’ynaydi. Ko’rish uchun yana bir muhim sharoitlar-dan biri bemor uchun 

qulay vaziyat yaratish, honalar iliq bo’lishi, u uzoq vaqt yechingan holatda 

bo’lmasligi, noqulay vaziyatda bo’lmasligi va h.k. Ko’zdan kechirish 



 

11 


odatda tabiiy yorug’likda o’tkaziladi, chunki ayrim vaqtlarda sun’iy elektr 

chirog’ida ko’rilsa teri rangini o’zgarishini aniqlay olmay qolishimiz 

mumkin, bu esa diagnoz qo’yishda hatolikka olib keladi. 

Umumiy ko’zdan kechirishda quyidagilarni aniqlash mumkin: bemorning 

umumiy holati, es-hushi, vaziyati, tana tuzilishi ( konstitusiya ), yuz 

ifodasi, mijozini (ruhiy hususiyatlari), haroratini va antropometrik 

ma’lumotlarini. 

Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o’rtacha og’irlikda, og’ir, o’ta og’ir 

va agonal bo’lishi mumkin. 



 

12 


Es-hush markaziy nerv sistemasida bo’ladigan o’zgarishlarga bog’liq. Bu 

o’zgarish bosh miya kasalliklarida yoki ichki a’zolar kasalliklarining 

asoratlaridan kelib chiqishi mumkin. 

Es-hushi pasayishi mumkin yoki o’zgarishi kuzatiladi. Es-hushning 

pasayishi-ruhiy, intelliktual, harakat faolliklarining sekinlashishi bilan 

kechadi. 

Es-hushi pasayishi turlari: 

Es – hushning qorong’ulashishi (karahtlik): es-hushi qisqa muddatda kirar-

chiqar bo’lib qoladi. 

Sopor-es-hushi qorong’ulashining chuqur darajasi, bu vaqtda faqat og’riq 

reflekslari saqlanib qoladi, qolgan ta’surotlarga javob bo’lmaydi. 



 

13 


Stupor – serrayib qotib qolish, bemor bu holatdan chiqqanda, savollarga 

fikirlamay, ytarlicha o’ylamay javob beradi.. 

Koma – MNS fapliyatini chuqur pasayib ketishi – bu vaqtda bemor tashqi 

tasirotlarga javob bermaydi, hamma reflekslar yoqoladi. 

Komatoz holatda ichki a]zolarning og’iz shikastlanishlari olib keladi. Eng 

ko’p uchraydigan komatoz holatlarga quyidagilar kiradi: uremik, jigar 

komasi, diabetik ( ketoasidotik, gipoglikemik), bosh suyagi va miya 

shikastlanishidagi hamda olkogolli komalar. Bemor koma holatida 

uchratilsa uni komadan chiqarish uchun tez chora tadbirlar ko’rilishi kerak. 

Qisqa vaqtli es-hushni yo’qotish hurujlari sinkope deyiladi. Bu holat qisqa 

vaqt bo’ladigan bosh miya gipoksiyasidan kelib chiqadi. Bularga vazo-



 

14 


vazal, ortostatik, kardiogen behushliklarni misol qilib keltirishimiz 

mumkin. 


Umumiy ko’zdan kechirish tartib bilan olib boriladi. 

1.bemorning vaziyati (faol, passiv, majburiy) 

2.tana tuzilishi (konstitiusiyasi) – normastinod, astenik, gipestenik. 

3.Yuz ifodasi – har hil kasalliklarda hilma-hil yuz ko’rinishini ko’rishimiz 

mumkin. “jabrlangan yuz “, “Korvizar yuzi”, “mitral yuz”, “nefritdagi 

yuz”, “hippokrat yuzi”, “oysimon yuz”, “bazedov yuzi”, “maskasimon”, 

mimikasiz yuz, asimmetrik yuz va h.k. 



 


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling