Bemorlarning


Download 50.42 Kb.
bet4/5
Sana14.03.2023
Hajmi50.42 Kb.
#1266545
1   2   3   4   5
Bog'liq
ASAB KASALLIKLARINI TEKSHIRISH

Qo‘shimcha tekshirishlar. Umumiy qon, siydik, axlat va balg‘amni hamda oshqozon shirasini tekshirish. Qonning biokimyoviy ko‘rsatkichla- ri. Orqa miya suyuqligi tarkibini tekshirish. Exo, EEG, REG, EKG, KT, kalla suyagi va umurtqa pog‘onasining rentgen tekshiruvlari.

  • Xulosa va davolash. Qo‘yilgan tashxis o‘ziga o‘xshash bo‘lgan kasalliklar bilan qiyoslangandan so‘ng yakuniy tashxis qo‘yiladi. Davo- lash: dorilar, fizio-terapevtik muolajalar, parhez va to‘shakda yotish rejimi, uqalash, parafin va refleksoterapiya.

  • Kundaliklar yozish. Bunda bemorning ahvoli har kuni yozib bori- ladi. Muolaja olgandan keyingi holatida o‘zgarishlar ko‘rsatib o‘tiladi.

  • Epikriz. Kasallik yakunida qisqacha, tushunarli qilib yoziladi va shifoxonadan chiqqandan keyin kerakli tavsiyalar beriladi.



    Asab kasalliklarini davolash va parvarish qilish usullari




    Asab kasalliklarini davolashda, odatda, bir yo‘la bir necha usullardan foydalaniladi. Bemorga ma’lum bir rejim, parhez, dori moddalari, zarur bo‘lganda jarrohlik usullari tavsiya etiladi. Bemorni davolashda hamshiralarning xizmati alohida ahamiyatga ega. Chunki ular shifokor buyurgan har qanday muolajalarni bajaribgina qolmay, o‘zlarining shirin so‘zlari bilan ham bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishlariga xizmat qilishlari kerak. Tibbiyot hamshirasi ishda, bemorlarni davolashda sabr-toqatli, shirin so‘z, mehribon, ayni paytda, talabchan bo‘lishlari lozim. Bemorlar xush- chaqchaq, kamtarin, hushyor, e’tiborli hodimlarni yoqtiradilar.
    Tibbiyot hamshirasi o‘z kasbini chuqur egallagan, bilimli bo‘lishi, kasallikning kechishini, dori-darmonlarning organizmga ta’sirini yaxshi bilishi kerak. Hamshiralar bemorning tana haroratini o‘lchashni, murakkab muolajalarni bajarishni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart. Hamshiralar bemorlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lib, kasallikdan tezroq qutulish yo‘llarini tushuntirishlari lozim. Hamshira snifokorga bemorning har bir kecha-kunduz mobaynidagi ahvoli haqidagi ma’lumotlarni yetkazib turishi kerak. Bundan tashqari, bemorlar snifokordan tortinib, ayta olmagan gaplarini hamshiralar so‘rab bilishlari zarur. Keyingi paytlarda reabilitatsiya, asab va ruhiy og‘rigan bemorlarni davolashda psixoterapiya katta ahamiyatga ega. Reabilitatsiyaning maqsadi ruhiy bemor sog‘ligini tiklash bo‘lib, asosan, uning 4 ta yo‘li bor:
    1) shifokor bilan bemorning yaqindan suhbatlashishi; 2) bemor hayot faoli- yatining hamma tomonlariga (oilada tutgan o‘rni, jamiyatdagi faoliyatiga, uning o‘ziga hamda kasaliga) e’tibor berish va ularga ta’sir qilish turlicha bo‘lishini hisobga olish; 3) ta’sir ko‘rsatishning biologik (dori-darmonlar, fizioterapiya usullarining ta’siri) va ruhiy ijtimoiy psixoterapiya, mehnat bilan davolashning ajralmas birligi; 4) reabilitatsiyaning yuqoridagi uchala turini birgalikda o‘tkazish yoki biridan ikkinchisiga o‘tish. Bu tadbirlar be- morning sog‘ayishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda tibbiyot hamshiralari faol ishtirok etmog‘i lozim. Ruhan davolashning eng muhim vazifasi bemorning yo‘qotgan faoliyatini qaytarish, uning salomatligini, mehnat qobiliyatini tiklashdan iborat. Hamshiralar bemorda yuz beradigan turli holatlarni tezda ajratib olishlari va o‘z vaqtida tegishli yordam berishlari hamda butunlay sog‘ayib ketishlariga ishonch hosil qilishlari lozim.


    48
    Bosh miyada qon aylanishining buzilishlarida (miya ichiga qon quyilganda) tez ko‘rsatilgan to‘g‘ri yordam og‘ir asoratlarning (o‘pka shamollashi, yaralar paydo bo‘lishi va tanada trofik o‘zgarishlar hamda siydik yo‘llarining zararlanishi) oldini olgan hamda bemorni o‘limdan olib qolgan bo‘ladi. Bemor uzoq vaqt qimirlamay yotishi natijasida nafas yo‘llarining shamollashiga (o‘pka zotiljami, og‘iz, burun, tomoqda shilliq yig‘ilish natijasida nafas yo‘llarini bekitib qo‘yadi) olib keladi. Bunday hollarning oldini olish uchun bemorni har 2—3 soatda o‘ng va chap tomonga ag‘darib turish, og‘iz-tomoq bo‘shlig‘ida yig‘ilgan shilliqlarni tozalab turish, siydik tutilib qolganda issiq isitgich qo‘yish yoki kateter bilan siydirib olish kerak. Chuqur trofik yaralar paydo bo‘lmasligi uchun bemorning kurak va dumba sohalarini tez-tez kamforali spirt bilan artib turish, terlab ho‘l bo‘lib qolgan joylarni toza ho‘l latta bilan artib, talk upasini sepib qo‘yish zarur. Hushidan ketgan bemorlarni ovqatlantirishda juda ehtiyot bo‘lish kerak.
    Agar yutish refleksi bo‘lsa, shirin choyni qoshiqda ichirish kerak. Agar bemor icha olmasa, yutishga qiynalsa, 0,9 % natriy xlorid yoki 5—10 % glukoza eritmasini tomir ichiga yuborish tavsiya etiladi. Bemor ancha vaqtdan beri yutinolmay yotgan bo‘lsa, zond orqali ovqatlantirish kerak. Zondni oldin qaynatib, vazelin yoki glitserin surtib keyin ishlatiladi. Suyuq ovqat yuborishdan oldin zondning oshqozonga to‘g‘ri tushganiga ishonch hosil qilish kerak. Zond nafas yo‘lini qisib qo‘ygan bo‘lsa, bemorning yuzi ko‘karib, o‘ziga xos tovush eshitiladi. Zond to‘g‘ri qo‘yilgandan so‘ng, 1 ml sterillangan suv yuborib ko‘riladi, agar bemorda yo‘tal paydo bo‘lmasa, zond oshqozonga tushgan bo‘ladi va ovqatni bemalol yuborsa bo‘ladi. Bemorning falaj bo‘lib qolgan qo‘l-oyoqlarini to‘g‘rilab qo‘yish kerak. Chunki mushaklar uzoq vaqt mobaynida tortilib qolishi natijasida harakat chegaralanib, falajlangan qo‘l va oyoq qiyshayib ketadi. Shuning uchun qo‘l falaj bo‘lsa, qo‘ltiq orasiga kichkina yumaloq yostiqcha qo‘yib, yelka ozgina ko‘tarib qo‘yiladi. Qo‘lni to‘g‘ri uzatib, barmoqlarni to‘g‘rilab qo‘yish lozim. Qo‘l tirsak bo‘g‘imidan bukilib ketmasligi uchun ozgina qum solingan xaltacha qo‘lning ustiga qo‘yiladi. Oyoq panjasini to‘g‘rilab fiziologik holatga keltirish uchun esa taxtakachdan foydalaniladi. Buning uchun panjaga loyiq yumshoq matoni o‘rab, panjani qimirlamaydigan qilib tirab qo‘yila- di. Shunday qilinganda bemor keyinchalik yurishda qiynalmaydi. Kasallikning ikkinchi haftasidan boshlab shifobaxsh badantarbiyani boshlash kerak. 3— 4 haftalarga borib, bemorni asta-sekin oyoqqa turg‘izib, harakatga keltirish kerak. Dastlabki vaqtlarda bemorning falaj oyog‘i uvishib yotgani uchun u oyog‘ini yerga tekkanini yaxshi sezmaydi. Shuning uchun, hamshiralar bemorni birinchi bor yurgizganda unga yordamlashib, yiqilib ketmasligining oldini olishi kerak.
    Ayrim vaqtlarda bemor gapirishga qiynaladi, nutq buziladi bunga afaziya deyiladi. Agar bemor o‘ziga aytilgan gapning ma’nosini tushunsa, lekin o‘zi gapira olmasa, bu motor afaziyasi deb ataladi. Sensor afaziyada bemor gapira olmaydi, lekin atrofdagilarning so‘zini ham tushunmaydi. Amnestik



    1. — Asab va ruhiy kasalliklar 49

    afaziya — bunda bemor atrofdagi narsalarni taniydi, ulardan qanday foydalanish kerakligini biladi, lekin ularning nomlarini eslay olmaydi. Bunday hollarda hamshiralar bemorni yuvintirish, kiyintirish, yechintirish ishlariga alohida e’tibor berishilari kerak. Bosh miya jarohatlarida (bosh miya chayqalishi, subaraxnoidal bo‘shliqqa qon quyilganda) bemorning tinch yotishini ta’minlash, og‘iz bo‘shlig‘ini tozalab turish lozim. Chunki og‘izda bir talay so‘lak va shilimshiq to‘planib qoladi. Bemor bezovta bo‘lganda tinchlantiradigan dorilar qilish tavsiya etiladi. Siydik tutilib qolganda kateter solish yoki siydik tuta olmaslikda siydikdon qo‘yish talab qilinadi.
    Meningit bilan og‘rigan bemorlarga o‘rnidan turmasdan, tinchgina yotish, yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar berib turish kerak bo‘ladi. Meningitlarda kalla ichki bosimi ko‘pincha ko‘tariladi, bunda bemorlarda tovush va yorug‘lik ta’sirlariga sezuvchanlik oshib ketadi (giperakuziya va fotofobiya). Bunda hamshiralar bemorni yorug‘lik tushmaydigan tinch xonalarga yotqizishlari shart. Yetarlicha toza havo bo‘lishi zarur. O‘rin yaxshi solingan, to‘shagi tekis bo‘lishi, yostiqlari yumshoq bo‘lishi kerak. Miyelit, orqa miya jarohatlarida oyoqlarda paraparez yoki paraplegiya, chanoq a’zolari vazifasining buzilishi, trofik o‘zgarishlarda kasallikning birinchi kunidan boshlab teriga yaxshi qarab borish zarur. O‘rindagi choyshabning burmalari bo‘lmasligi, choyshab tagiga rezina doira solib qo‘yish kerak. Bemorning vaziyatini kuniga bir necha marta o‘zgartirib turish, badan terisini kamforali spirt bilan artib turish lozim. Kontraktura- larning oldini olish uchun oyoqlarning holatiga qarab borish, oyoq panjalari osilib qolmasligi kerak. Oyoq panjalari tayanch yordamida boldirga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida turadigan qilib qo‘yiladi. Chanoq a’zolarining vazifalari buzilganda qat’iy aseptik sharoitlarda kateter solinib, siydirib olinadi. Ich qotib qolsa, tozalovchi huqna qilinadi.
    Bulbar falaj boshlanganda bemorlarni ovqatlantirishga alohida ahamiyat berish lozim. Nafas yo‘llariga ovqat va suyuqlik tushib qolishining oldini olish lozim. Ovqat yarim suyuq bo‘lishi, bemorni dam oldirib, kam-kamdan tez-tez ovqatlantirib turish tavsiya etiladi.
    Bemorni bel va oyoqdagi qattiq og‘riq (bel-dumg‘aza radikuliti yoki umurtqalararo diskning orqa churrasi), harakat qilganda, yurganda og‘riq zo‘rayadi. Bunday bemorlarga o‘rindan turmay yotish (o‘rin qattiq bo‘lishi kerak), o‘rinda og‘riq kamayadigan holatni tanlash buyuriladi. Bunda kasal oyoqni tizza va chanoq-son bo‘g‘imidan bukib, sog‘ yonbosh bilan yotilganda og‘riq kamayadigan holat bo‘ladi. Og‘riq qoldiruvchi dorilar ichishga beriladi va mushak orasiga yuboriladi. Bemorda qattiq bosh og‘rig‘i tutib turishi kalla ichki bosim oshib ketishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu holat bosh miya leptomeningiti, bosh miya o‘smalari, bosh miya jarohatlari, migren va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Bunday hollarda tinch sharoit bo‘lishini ta’minlab, yorug‘likni kamaytirish, kalla ichidagi bosimni pasaytirish uchun snifokor buyurgan dorilarni qilish: tomir ichiga glukoza
    va magniy sulfat eritmalarini yuborish, mushak orasiga magniy sulfat, laziks, ichishga glitserin berish tavsiya etiladi. Tutqanoq xuruji vaqtida bemorning boshi tagiga yostiq qo‘yib, tishlarining orasiga bint o‘ralgan shpatel yoki sochiqning chetini kiritib qo‘yish, ko‘ylagining yoqasini yechib, kamarini bo‘shatib qo‘yish zarur.
    Asab kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish usullaridan biri lumbal punksiya qilib, orqa miya suyuqligining bosimi va tarkibini tekshirish, zarur bo‘lsa kontrast moddalar yuborish kerak. Birinchidan, orqa miya suyuqligini olishdan oldin bemorning ovqatlanishi mumkin emas. Suyuqlik olingandan so‘ng igna sanchilgan joyga sterillangan tampon ustidan 3 qavat bint qo‘yiladi va bemor aravachada yotgan holda xonaga olib kelinadi. Lyumbal punksi- yaning shifo bo‘lishi shunga bog‘liqki, bunda ko‘tarilib ketgan kalla ichki bosimini pasaytirish, orqa miya suyuqligiga dori moddalar yuborish lozim bo‘ladi. Lyumbal punksiya qilishda bemorni maxsus stolda yonbosh bilan yotqizib, oyoqlarini qorniga tortib, boshini oldinga engashtirib qo‘yiladi. Punksiya, odatda, mahalliy anesteziya ostida qilinadi. Punksiyadan keyin bemor yostiq qo‘ymasdan 2 soat davomida qorni bilan chalqancha yotishi kerak. Bemorning oyoq tomoni esa 5 sm gacha ko‘tarib qo‘yiladi. Bemorni punksiya qilingandan so‘hg, 2 soatdan keyin ovqatlantirsa bo‘ladi va 2 kungacha o‘rnidan turg‘izmaslik kerak. Punksiyadan keyin 2 — 3 kun davomida 0,5 g dan kuniga 3 mahal urotropin ichiriladi. Shunda asorat- ning oldi olinadi. Ba’zan punksiyadan keyin siydik tutilib qolishi kuzatila- di. Bunday hollarda qovuq sohasiga issiq isitgich qo‘yiladi, bu naf bermasa kateter solinadi. Asab tizimi kasalliklari orasida bedavo og‘ir dardlar bor. Bemorning ahvolidan umid yo‘qligi to‘g‘risida hamshiralar bemor oldida gapirmasligi kerak. Aksincha, ahvol yaqin orada yaxshilanib qoladi, deb bemorni ishontirish talab etiladi.



    Download 50.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling