Benzinni bevosita silindrlarga purkash tizimi


Download 27.35 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi27.35 Kb.
#1800082
1   2   3
Bog'liq
Benzinni bevosita silindrlarga purkash tizimi

Harorat datchiklari. Avtomobil turli tizimlarining ishini tavsiflov- chi asosiy omillardan biri temperatura hisoblanadi. Sovitish suyuqligi, moy, silindrlarga kiritilayotgan havo, yonilgʻi-havo aralashmasi, chiqindi gazlarning haroratini oʻlchash uchun datchik sifatida yarim oʻtkazgichli termorezistorlar keng koʻlamda ishlatiladi.
Elektron boshqaruv tizimlarida temperatura datchiklarining takomil- lashtirilgan turlari tatbiq topgan boʻlib, ular yuqori barqarorlik va texno- logik xususiyatlari, inersiyasining kichikligi hamda tuzilishining sodda- ligi bilan tavsiflanadi. Bu integral temperatura datchiklari boʻlib, ular tashqi tarmoqli sxemaga (kuchaytirgich) ega boʻlgan bir kristalli issiqlik sezuvchan yarim oʻtkazgichli elementdan tashkil topgan. Datchikning chiqish signali kuchlanish koʻrinishida boʻladi.
Yuqorida keltirilgan yupqa plenkali datchiklar tormoz suyuqligi temperaturasini va avtomobil salonidagi haroratni ham nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Bosim datchiklari. Avtomobillarda bosim oʻlchash uchun uzoq vaqt davomida rezistorli datchiklar ishlatilib keldi. Bu membranasimon, silfon yoki porshenli sezuvchi element yordamida potensiometr yurgiz- gichini harakatlantirish hisobiga amalga oshiriladi. Keyinchalik, ularni oʻrnini induktiv va induksion turdagi kontaktsiz datchiklar egallay boshladi.
Kontaktsiz induktiv datchiklarda (2.67-rasm, a) sezuvchi element- membranali kamera-9 ning bosim ta’sirida yuqori yoki pastga harakat- lanishi magnit oʻtkazichda havoli tirqishni, magnit oʻtkazgichning magnit qarshiligini va gʻaltakning induktiv-ligini oʻzgarishiga olib keladi. Gʻaltak koʻprikli oʻlchov sxema-siga ulangan. Koʻprikdagi muvo-zanatni buzilishi elektr signalni yuzaga keltiradi va u boshqarish blokiga uzatiladi.







2.67-rasm. Bosim datchiklari: а) kontaktsiz induktiv; b) yarim oʻtkazgichli tenzoelementli, integral 1-potensiometr; 2-membra-nali mexanizm qobigʻi;3-membrana; 4-prujina; 5-shtok; 6-amartizator;
7-poʻlat oʻzak; 8-birlamchi chulgʻam; 9-membranali kamera; 10-qobiq; 11-ikki-lamchi chulgʻam; 12-elektr kontaktlar; 13-yarim oʻtkazgichli tenzorezistor; 14- kontakt maydonchasi.

Mikroelektron texnologiyani joriy qilinishi statik tuzilishiga ega boʻlgan datchiklarni yaratilishiga olib keldi. Bunga yarim oʻtkazgichli tenzoelementli integral bosim datchigi misol boʻlishi mumkin (2.67- rasm,b).


Hozirgi vaqtda avtomobil elektronikasida asosan tenzorezistorli (metall yoki yarim oʻtkazgichli tenzoelementli) sigʻim va pezoelektr bosim datchiklari ishlatilmoqda. Tolali optik va boshqa istiqbolli datchiklarni yaratish borasida izchil ish olib borilmoqda.
Oʻlchash doirasi
Download 27.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling