Benzolning geterofunksional hosilalari


Download 392.87 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi392.87 Kb.
#1280002
Bog'liq
benzolning geterofunksional hosilalari

Benzolning geterofunksional hosilalari

Tayyorladi: 1-son davolash fakulteti 110-a guruh talabasi Qodirov Rahmatullo

Ko`riladigan masalalar:

Aromatik geterofunksional birikmalar haqida

  • Geterofunksional aromatik birikmalar asosini benzol xalqasi tashkil etadi. Ular qatoriga para-aminofenol, para-aminobenzoy kislota, sulfanil kislota, salitsil kislota va uning hosilalari kiradi.

Para-aminofenol va uning hosilalari

  • P-aminofenol toksik modda, lekin uning hosilalari dorivor moddalar sifatida tibbiyotda keng qo`llaniladi.p-aminofenolning etil spirt bilan hosil qilgan murakkab efiri fenetidin deyiladi.Fenetidinni atsetillab og`riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi modda fenatsetin olinadi.Fenatsetin analgetik(og`riqni qoldiruvchi), issiqni tushiruvchi preparat sifatida ishlatiladi.p-aminofenolning N-asetil hosilasi «paratsetamol» nomi bilan tibbiyotda og`riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi modda sifatida keng qo`llaniladi.

Para-aminobenzoy kislota va uning hosilalari

  • p-aminobenzoy kislota mikroorganizmlar o`sishida ishtirok etadigan folat kislota tarkibiga kiradi. Folat kislota organizmning o`sishini boshqaradi, nuklein kislotalar va oqsillar metabolizmida muhim rol o`ynaydi. Tibbiyotda folat kislota kamqonlikni, jigar xastaliklarini davolashda qo`llaniladi. p-aminobenzoy kislotaning efirlari mahallliy og`riq qoldirish xususiyatiga (anesteziya) ega. Tibbiyotda uning etil efiri va N-dietil-aminoetil efirlari anestezin va novakain nomi bilan ishlatiladi. Novokain suvda yomon eriydi, shuning uchun tibbiyotda uning yaxshi eriydigan tuzlari (novokain gidroxlorid) ishlatiladi.

Salitsil kislota va uning hosilalari

  • Salitsil kislota antirevmatik, issiqni qoldiruvchi va zamburug`ga qarshi ta’sirga ega. Lekin salitsil kislotaning kuchli kislotali xossasi oshqozon-ichak tizimiga ta`sir qiladi, shu sababli uning hosilalari ishlatiladi.Salitsil kislota efirlari organizmning haroratini pasaytirish, og`riqni qoldirish va shamollashga qarshi ishlatiladi.Metilsalitsilat shilliq pardalarga ta’sir etganligi uchun sof holda va surtma mazlar tarkibida revmatizmni davolashda ishlatiladi.

Salitsil kislota va uning hosilalari

  • Fenilsalitsilat (salol) ichak kasalliklarini davolashda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi.Natriy salitsilat tibbiyotda isitma tushiruvchi va yallig`lanishga qarshi dorivor modda sifatida qo`llaniladi. U shilliq pardalarga kuchli ta’sir etmaydi, shuning uchun eritma holida ichish tavsiya etiladi. Asetilsalitsil kislota tibbiyotda revmatizmni davolashda, isitma tushiruvchi va og`riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. U oz miqdorda qonni suyultiruvchi xossaga ham ega.

Sulfanil kislota va uning hosilalari

  • Sulfanil kislota deb, tarkibida sulfoamid amino- guruhlarini saqlagan birikmaga aytiladi.Sulfanil kislota anilinni sulfolab olinadi.Sulfanil kislota va uning hosilalari sulfanilamidlar antibakterial faollikka ega. Sulfanil kislotaning amidi (sulfanilamid) streptotsid deb ataladi va antibakterial xususiyatiga ega bo`lgan sulfanilamid preparatlarining birinchi vakili hisoblanadi

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 392.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling