Bepushtlik va qisirliklar. Akusher-ginekologik dispanserlash o‘quv elementlari


Bepushtlikning sabablari va turlari


Download 50.67 Kb.
bet2/7
Sana05.05.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1432764
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Vetakusher 18 ma’ruza BEPUSHTLIK VA QISIRLIKLAR AKUSHER GINEKOLOGIK

Bepushtlikning sabablari va turlari xilma-xildir. Bepushtlik urg‘ochi yoki erkak hayvonlardagi yetishmovchiliklar va organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning buzilishiga bog‘liq. Urg‘ochi hayvonning hayoti davomida tashqi muhitning noqulay ta’siri uni vaqtincha yoki bir umr qisir bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Urg‘ochi hayvonlarning pushsizligi - jinsiy a’zolarda va umuman, butun organizmda vujudga kelgan turli kasalliklarning simptomidir. Qisirlik ko‘pincha biror sababga emas, balki birgalikda ta’sir ko‘rsatadigan bir qancha sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Pushsizlik oshqozon, ichak, buyrak, gipofiz, qalqonsimon bez va boshqa a’zolarning kasalliklari tufayli, hayvon organizmiga turli parazitlarning (bakteriyalar, gijjalar, bir hujayralilar) tushishi oqibatida yuzaga keladi.
Pushsizlikka sabab bo‘ladigan ginekologik kasalliklar orasida jinsiy a’zolardagi yallig‘lanish jarayonlari katta salmoqqa ega. Bu kasalliklar ko‘pincha surunkali kechadi va jinsiy a’zolarning morfologik o‘zgarishlari hamda funksional kamchiliklari bilan birga davom etib, hayvonni vaqtincha yoki umrbod pushsizligiga sabab bo‘ladi, organizmning umumiy ahvoliga ta’sir etadi va ayrim hollarda o‘limiga sabab bo‘ladi.
Hayvonlar noqulay sharoitda boqilgan, asralgan va ishlatilganda organizmning himoya reaksiyasi pasayib, ko‘pincha jinsiy a’zolarda yallig‘lanish avj oladi.
Ginekologik kasalliklarning oldini olish, ularni davolash uchun avvalo hayvonlarga parhez oziqlar berib, to‘yimli oziqlantirish, to‘g‘ri asrash, bo‘g‘ozlik, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrda ularga normal zoogigiEnik sharoit yaratib berish lozim.
Professor A.P.Studensov tasnifi bo‘yicha sabablariga ko‘ra, pushsizlikning tug‘ma, qarilik, simpotomatik, alimentar, ekspluatasion, iqlimiy, sun’iy pushsizlik kabi turlari farqlanadi. Ammo amalda bu sabablar ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.
Pushsizlik hayvonning hayoti davomida orttirilishi yoki tug‘ma bo‘lishi mumkin. Hayotda orttirilgan sabablarga ko‘ra, pushsizlik quyidagi turlarga bo‘linadi:

Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling