O’qituvchining psixologik xususiyatlari


Download 1.39 Mb.
Sana30.03.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1309482
Bog'liq
O’qituvchining psixologik xususiyatlari

O’qituvchining psixologik xususiyatlari

Mamadaliyeva Munisa

Reja

  • 1. O`qituvchining kasbi haqida allomalarimiz fikrlari.
  • 2. O`qituvchi shaxsi, uning kasbiy xususiyatlari.
  • 3. Jamiyatning o`qituvchilik kasbiga qo`yadigan asosiy talablari.
  • 4. Pedagogik qobiliyatlar.
  • O’qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.
  • «O'qituvchi-deydi Al Forobiy – aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur». U o'z fikrini davom ettirib, «O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq, ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi» deb ta'kidlaydi.

O’qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.

«O'qituvchi-deydi Al Forobiy – aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur». U o'z fikrini davom ettirib, «O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq, ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi» deb ta'kidlaydi.

  • Har bir mutaxassislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan tavsifnomasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi, Jumladan, maktabning o’qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlar borgan sari bir muncha ortib borishini hisobga olgan holda o'qituvchining quyidagi xislatlarini ko'rsatib o'tish lozim:

 O'qituvchining shaxsiy xislatlari:

  • - bolalarni yaxshi ko’rish, ularni sevish;
  • - amaliy psixologik aql-farosatlilik;
  • - mehnatsevarlik;
  • - jamoat ishlarida faollik;
  • - mehribonlik;
  • - kamtarinlik;
  • - odamiylik, dilkashlik;
  • - uddaburonlik: mustahkam xarakterga ega bo’lish;
  • - o’z bilimini oshirishga intilish.

 Kasbga xos bilimi

  • - ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
  • - psixologiya asoslarini, ayniqsa, yosh psixologiyasi pedagogic psixologiya asoslarini bilishi;
  • - etnopsixologik bilimlarni egallash;
  • - hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilish;
  • - hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;
  • - maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
  • - o’z fanini o’qitish metodikasini bilishi;
  • - o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;
  • - ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.

 O’z kasbiga xos xisiatlari:

  • - milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;
  • - zamonaviy maktabda olib borilauigan o’quv tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;
  • - o’qituvchining kuzatuvchanligi;
  • - o’z diqqat e’tiborini taqsimlay olishi;
  • - edagogic fantaziyalar (xayol)ning rivojlanishi;
  • - o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi;
  • - o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olishi;
  • - edagogic takt;
  • - nutqning emotsional ifodalanishi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling