Berdaq nomidagi Nukus davlat uneversitetining 1-kurs sirtqi Filologiya va tillarni o'qitish : O'zbek tili ta'lim yunalishining 104-guruh talabasi Normurodova Malikaning Orfografiya va punktuatsiya masalalari fanidan mustaqil ishi Mavzu


Download 22.3 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi22.3 Kb.
#1487690
Bog'liq
Berdaq nomidagi Nukus davlat uneversitetining 1


Berdaq nomidagi Nukus davlat uneversitetining 1-kurs sirtqi Filologiya va tillarni o'qitish : O'zbek tili ta'lim yunalishining 104-guruh talabasi Normurodova Malikaning Orfografiya va punktuatsiya masalalari fanidan mustaqil ishi


Mavzu: bògin kòchirish qoidalari
Reja:

1. bo'g'in


2. Ko'chirish qoidasi


3. Bo'g'in turi


4. Urg'u

Bo'g'in. So'zning bir nafas zarbi bilan aytiladigan tuvush yoki tovush birikmasidan iborat qismi bo'g'in deyiladi. Masalan, otamiz so'zida uch bo'g'in bor: o-ta-miz. Birinchi bo'g'in tovushdan, qolgan iktasi tovush birikmalaridan ibarat. O'zbek tilida bo'g'in unlisiz tuzilmaydi. So'zda qancha unli bo'lsa shuncha bo'g'in bo'ladi. Bo'g'in sonini aniqlash uchun unli sanab chiqish kifoya.

Bo'g'in dastlab ikki belgi asosida tasniflanadi: 1. Unli yoki undosh bilan tugashiga qarab: a) ochiq bo'g'in b) yopiq bo'g'in farqlanadi.


Unli bilan tugagan bo'g'in ochiq bo'g'in deyiladi: ona, ota, opa.


Undosh bilan tugagan bo'g'in yopiq bo'g'in deyiladi: mak-tab, rah-bar, shah-


mat. Bir bo'gin bittadan to'rttagacha, o'zlashma so'zda beshtagacha tovushdan


iborat bo'ladi: ona, bosh, tekst.


O'zbek tilida boʻgʻlaning quyidagi sipi mavjud:


1. Bir unlidan iborat: u (olmosh), e, o (undov so'z)


2. Bir unli va bir undosh: un, uch


Urg'u. So'z bo'g'inlardan yoki gapda ishtirok etayotgan so'zlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq aytilishiga, shuningdek, ayri so'zning ma'no va talaffuzini belgilab beruvchi fanetik hodisaga urgu deyiladi. Urg'u zarb bilan aytiladi.


Urg'u, avvalo xosligiga ko'ra 2 xil


a) So'z urg'usi


b) Ma'no urg'usi


So'z bo'g'inidan biriga tushib, uning ma'no va talaffuzini belgilab beradigan adi Ztivati.olma-it, omahe, I urg'u so'z urg'usidir. Zatovat, olma-ot, olma-fe'l. Unli tovush urg'u oladi.


O'zbek adabiy tilida urg'u ko'pincha oxirgi bo'g'inga tushadi. O'zakka qo'shimcha qo'shilganda ham urg'u oxirgi bo'g'inga ko'chaveradi. Masalan: harakati va nafas kuchiga bog'liq. Xizmatchi.


So'z urg'usi so'zning qayeriga tushishiga ko'ra ikki xil bo'ladi:


a) Erkin urg'u


b) Bog'liq urg'u


Bog'inda bo'g'inga ko'chib uning ma'nosini farqlash uchun xizmat qiladigan urg'u erkin urg'u deyiladi. Masalan: yuklama-ot, yuklama-fe'l, qatlama-ot, qatlama-fe'l, suzma-ot, suzma-fe'l.


So'z oxiriga tushgan urg'u, asosan, so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi. Masalan: daftarlarga, ishchilardan. Ammo boshqa tildan kirgan ba'zan o'zbekcha so'zdan ham bu hol bir oz boshqacharoq ko'rinishga ega, yani u so'zning boshqa bo'g'iniga tushushi mumkin: hozir, albatta, lekin, ammo, chunki, hamma, barcha. Shuningdek buyruq so'z (gapir, o'tir, boshla) va son (har bir, har qachon, har qaysi, har narsa), gumon (kimdir, allakim, allanima), bo'lishsizlik (hech kim, hech narsa) olmoshida urg'u birinchi bo'g'inga yoki birinchi qismga tushadi. Bundan tashqari, tarkibli sonda: o'n ikki, o'n besh, yigirma uch kabi. Qo'shma ko'makchi fe'li so'z qo'shimchasida: sotib oldi, berib yubordi kabi, takror so'zda katta-katta, asta-asta kabilarda urg'u so'zning birinchi bo'g'inida bo'ladi.


Juft so'zda urg'u ikkinchi so'zning oxirida bo'ladi: ota-ona, bola-chaqa.


Urg'u olmaydigan yuklama ham mavjud, qoʻshimcha ham. -ta beshta, -cha ruscha, -tacha o'ntacha, -gina(-kina) (yuklama bo'lsa) ulargina; -dek, -day otdek, otday; -ov, -ova, yev, -yeva Ahmedov.


-ma bo'lishsizlik qo'shimchasi: olma, ishlama.


-shaxs ko'rsatuvchi olmosh qo'shimchasi: -man, -san, miz,-siz talabaman, talabasiz.


Qo'shimcha(affiks) yuklama:


-ku oldi-ku, -mi oldi-mi, -chi sin-chi, -da keldi-da; ko'makchi(uchun, sara) kabl. Aytilgan qo'shimcha sozning oxirida kelganda urg'u olmaydi: o'tirma- o'tirmayman.


O'zlashma so'zni to'g'ri talaffuz qilishga intilish natijasida o'zbek tilining urg'u tizimida ma'lum o'zgarish yuz bermoqda. Bu hol urg'uning o'zlashma so'zdan lekin qo'shma qo'llanishida, shuningdek qisman urg'u orqali so'z manosini farqlashida ko'rinmoqda.


Urg'u semantik(ma'no farqlovchi), marfalogik(gramatik ma'no ifodalovchi) uslubiy vazifa bajaruvchi hodisa hisoblanadi. Afsuski, aslo, axl, albatta, direktor.


Gapdagi so'zdan birontasi boshqasiga nisbatan kuchli ovoz bilan ajratib


aytilishi ma'no urg'usi deyiladi.


Gapda ma'no urg'usi qaysi so'zga tushgan bo'lsa, so'zlovchi tinglovchining diqqatini shu so'zga tortmoqchi ekanligini bildiradi. Ertalab biz keldik. Biz ertalab keldik.


To'liqsiz gapda odatda ma'no urg'usi olmagan bo'lak tushuriladi. Masalan:


-Kim keldi?


-Men.
Urg'uning uslubiy hususiyati. Urg'uni noto'g'ri qo'yish nutq ko'rkini buzadi va ko'pincha so'zning ma'nosini o'zgartirib yuboradi. Shuning uchun ayniqsa chetdan o'zlashgan so'zning urg'usini to'g'ri qo'yish lozim. Masalan: rektor, Direktor kabi so'zning oxirgi bo'g'iniga urg'u berish nutqiy qo'pollik keltirib chiqaradi.


Eslatma.

Sof o'zbekcha so'z o'zagida 3 tagacha bo'g'in bo'lishi mumkin. Boshqa bo'g'in tipi o'zlashma so'zga xos O'zbek tilida ajratish muhim amally ahamiyat kasb etadi. Undan savod o'rgatishda sheriy vazn o'lchovini belgilashda hamda yozuvda bir satrdan ikkinchi satrga kochiridan foydalaniladi.


Tilshunoslikdagi bo'g'in adabiyotshunolikdagi hijo tushunchasiga har doim ham to'g'ri kelmaydi. Hijo ham arabcha bo'g'in demakdir. She'rdagi so'zning bir nafas zarb bilan talaffuz etiladigan qismi yani she'r o'lchovidagi dastlabki ritmik birlik hijodir. Hijo bazan bo'g'indan farqli o'laroq undosh tovushning o'zidan ham tuzalishi mumkin


Vasl bog'i ichra sendek shoxi zolm ko'rmadim,


Ishq kuyida o'zimdek notovone topmadim.


(Navoiy)

Baytidagi vasi, ishq so'zidagi i va q undoshi mustaqil hijoni tashkil etadi.

o'zning oldingi Satrga sig'may Ko'p bo'g'inli so'zning oldingi satrga sig'may qoldgan qismi keyingi satrga bo'g'inlab ko'chiriladi: To'q-son, si-fat-li, pax-ta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo'g'inda qoldiriladi: va'-da, ma'ri-fat, mash'-al kabi.


So'zning bosh yoki oxirgi bo'g'ini bir harfdan bo'lsa, quyidagicha ko'chiriladi:


1) So'z boshidagi bir harfdan iborat bo'g'in yolg'iz o'zi oldingi satrda qoldirilmaydi 2) So'z oxiridagi bir harfdan iborat bo'g'in yolg'iz o'zi keyingi satrga ko'chirilmaydi


O'zlashma so'zning bo'g'ini chegarasida kelgan undan ortiq undosh quyidagicha ko'chiriladi:


1) Ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko'chiriladi


2) Uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko'chiriladi Bir tovushni ko'rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko'chiriladi: pe-shay-von, pi-choq, sin-gil.


Bosh harfdan yoki bo'g'inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqarma, shuningdek, ko'p xonali raqam satrdan satrga bo'lib ko'chirilmaydi. AQSH, 16, BMT.


Harfdan iborat shartli belgi o'zi tegishli raqamdan ajratib ko'chirilmaydi: 110gr, 99mm, 25sm.


Atoqli ot tarkibidagi kiradigan raqam nomi ajratilgan holda keyinga satrga


bo'lib ko'chirilmaydi: "Navro'z-29, Andijon-9".


O'pkadan chiqayotgan havo to'lqiniga birzarb aytiladiga tovush yoki tovushlar


yig'indisi bo'g'in deyiladi: ki-tob-lar, o-i-la.


Har bir bo'g'in tarkibida upli tovush bo'lishi shart, demak so'z tarkibida nechta unli tovush boʻlsa shuncha bo'g'in bo'ladi. Bo'g'in tarkibida undoshlar qatnashmasligi ham mumkin: u-ka, o-na.O'zbek tilida quyidagi bo'g'in shakllari mavjud: bir undoshli: ot, bu. Ikki undoshli: Ost, non. To'rt undoshli: sport, start. Bo'g'inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyin bo'ladi: 1) yozuvda bir satirga sig'may qolgan so'z keyingi qatorga bo'g'in asosida ko'chiriladi; 2) birinchi sinf o'quvchilarini o'qish va yozishga o'rgatish bo'g'in asosida amalg oshiriladi; 3) she'riy misralarda bo'g'inlar soni teng bo'ladi


1. Ko'p bo'g'inli so'zlarning bosh yoki oxirgi bo'g'ini bir harfdan iborat bo'lsa, bu bo'g'in oldingi qatorda yolg'iz qoldirilmaydi. Keyingi qatorga yolg'iz ko'chirilmaydi: o-nasi, mudofa-a


2. Ayirish yoki tutuq belgisi oldingi bo'g'inda qoldirilmaydi: va'-da, ma'ri-fat 3. O'zlashma so'zlarning o'zagidan yonma-yon kelgan ikki undosh birgalikda keying satrga ko'chiriladi Adabiyotlar:


1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat tili" "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" haqidagi qonunlari. "Xalq ta'limi".


2. Ne'matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23


Hozirgi o'zbek adabiy tili. T. 1996


3. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963.


4. Mirzayev M., Usmonovs, Rasulov R. O'zbek tili. T. 1979. 1-2 5. Shodmonov E., Nefasov T. Hozirgi o'zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T.


1986



6. www.zivonet.uz
Download 22.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling