Berdaq nomidagi qoraalpoq davlat unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi
Lotin Amerikasi davlatlari tarixi
Download 26.29 Kb.
|
Kazakov D
1.Lotin Amerikasi davlatlari tarixi. Ularda hokimiyat tepasiga harbiy xuntalar keldi. Mamlakatni boshqarishni ular oilaviy ishga aylan-tirdilar. AQShning pullari evaziga ulkan qurolli kuchlarni saqlab turdilar.Lotin Amerikasi xalqlari xorijiy kompaniyalarning taz-yiqiga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun muntazam kurash olib bordilar. Bu kurashda demokratik xususiyatga ega Meksika inqilobi yirik hodisa bo'ldi. U 7 yil (1910— 1917) davom etdi va mustaqil Meksika respublikasining e'lon qilinishi bilan tugadi. Meksika inqilobi qit'ada ozodlik harakatlan silsilasining boshlanishiga turtki berdi va ular Lotin Amerikasi mamlakatlarining yirik davlatlarga qaramligi zaiflashib, mustaqilliklari mustahkamlanishiga olib keldi.
Birinchi jahon urushi qit'ada iqtisodiyotning o'sishiga imkon yaratdi. Yevropa tayyor mah-sulotlari importining qisqarishi bu yerda qayta ishlash sanoatining rivojlanishiga turtki berdi. Peru, Kolumbiya, Venesuela, Kuba va boshqa mamlakatlarda olinayotgan foydali qazilmalar hajmi ko'paydi, qishloq xo'jalik xom ashyosini ishlab chiqarish va tashqi savdo hajmlari ham oshdi. Shu bilan birga milliy burjuaziya va milliy ishchilar sinfi, o'rta va mayda savdogarlar tabaqasi ham o'sdi.Biroq, Birinchi jahon urushidan so'ng yirik davlatlarning Lotin Amerikasidagi ekspansiyasi yanada kuchaydi. Shu bilan bir vaqtda jahon bozorida Lotin Amerikasi mollari (oziq-ovqat mahsulotlari, qahva, selitra, mis, neft)ga bo'lgan talab kamaydi. Bu qit'adagi qator mamlakatlarning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta'sir qildi. Mehnatkashlarning turmush darajasi keskin pasaydi.Birinchi jahon urushi tugashi bilan Lotin Amerikasi mamlakatlari hayotida keskin o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu eng awalo ijtimoiy nizolarning keskinlashishida aks etdi. Qit'adagi barcha mamlakatlarda ishchilarning yirik ish tashlashlari, dehqonlarning qo'zg'olonlari, talaba va ziyo-lilarning inqilobiy namoyishlari bo'lib o'tdi. Ular ta'lim tizimini isloh qilish, siyosiy hayotni demokratlashtirish, agrar islohotlarni amalga oshirishni talab qildilar. Inqilobiy harakat to'lqinida eski kasaba uyushmalari markazlari mustahkamlandi, ulkan mehnatkash ommani birlashtirgan yangi kasaba uyushmalari vujudga keldi. Lotin Amerikasi mamlakatlarining hukmron doiralari ayrim yon berishlarga borishga va islohotlarni o'tkazishga majbur bo'ldilar. Deyarli barcha mamlakatlarda sakkiz soatli ish kuni, yak-shanbada dam olish, ijtimoiy sug'urta va shu kabilar joriy qilindi.Qit'adagi mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklaridan foydalangan yirik davlatlar ularning iqtisodi-yotiga faol aralashishga kirishdilar. 20-yillarga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirish borasida Angliya birinchi o'rinda turardi. Biroq, 20-yillar oxiriga borib AQSh bu borada Angliyani ancha chetga surdi. 30-yillar oxiriga borib esa yirik AQSh kompaniyalari bu yerda hal qiluvchi mavqeni qo'lga kiritdilar. AQSh elektr stansiyalari, temir yo'llar, pochta, telegraf, neft va tog'-kon sanoatini o'z nazorati ostiga oldi. Xorijiy sarmoyaning tazyiqi Lotin Amerikasi jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy tizimining konservatsiyalanishi va jahon ijtimoiy taraqqiyoti darajasidan ortda qolishiga olib keldi. 20-yillarda iqtisodiy faol aholining 66%i qishloq xo'jaligida ishlab, faqat 14%igina ishlab chiqarishda band etilgan edi. Xorijiy sarmoyaning tazyiqi bu yerda yaratiluvchi boylik-larning asosiy qismi chet elga chiqib ketishiga imkon yaratardi.Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlangan davlatlarning xom ashyo «dunii»ga aylanib qoldi. Oziq-ovqat mahsulotlari, foydali qazilmalar bu yerdan past narxlarda olib ketilib, tayyor mahsulot ko'rinishida tannarxidan bir necha o'n baravar yuqori narxlarda qaytib kelardi. Teng huquqli bo'lmagan bitimlar majburan qabul qildirilar, xalqqa qarshi tuzumlar qaror topar edi. XX asrning 30-yillarida Lotin Amerikasi qit asiga harbiy-fashistlar ittifoqi mamlakatlari — Germaniya, Italiya va Yaponiyaning faol ta'sir ko'rsatishi kuzatildi. Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarhk ko'rayotgan bu mamlakatlar Lotin Amerikasidan qishloq xo'jalik mahsulotlari, strategik xom ashyo, neft, rangli metallar, selitra xarid qildi. Germaniya sarmoyasi Argentina, Braziliya, Chili, Paragvay iqtisodiyotiga faol joylashtirilib, bu mamlakatlardagi hukmron sinflarning siyosatiga tobora kuchliroq ta'sir ko'rsata boshladi. Nemis muhojirlarining ko'pligidan foydalanib, gitlerchilar bu yerda fashistik tashkilotlarni ko'paytirdilar, natsizm maflmrasini tarqatishga urindilar. Download 26.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling