Berdaq nomidagi qoraalpoq davlat unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi
Lotin Amerikasi davlatlarida milliy ozodlik harakatlari
Download 26.29 Kb.
|
Kazakov D
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedro Agirra Serda
- Venesuela.Venesuela
- Eleasar Kontreras
- Kolumbiya va Peru
- 1932-yiI sentabrida
- 1934-yilning may
- Oskar Benavides
3.Lotin Amerikasi davlatlarida milliy ozodlik harakatlari.
Nikaragua. Nikaraguada AQSh o'z nazo-ratini qurolli tazyiq o'tkazish yo'li bilan o'rnatishga urindi. Mamlakat deyarli AQShning «Yunayted frut kompani» kompaniyasi mulkiga aylandi. Sesaro Augusto Saadino rahbarligidagi partizanlik harakati bostirilib, uning o'zi AQSh gumashtasi general Anastasio Somosa tomonidan qatl qilindi. 1936-yildan boshlab Somosa Nikaragua diktatorligini qo'lga kiritdi va mamlakat ustidan AQShning to'la hukmronligini o'rnatdi. Chili Shu bilan birga qator LotinAmerikasi mamlakatlaridaAQSh manfaatlarida va AQSh monopoliyalari ko'magi bilan harakat qilgan reaksion kuchlar o'z hukmronlikla-rini o'rnatishni uddalay olmadilar. Bir tomondan, AQSh Yevropadagi o'z raqiblari (birinchi navbatda Germaniya va Angliya)ning qat'iy qarshiligi hamda mahalliy milliy burjuaziyaning qarshiligiga uchradi. Qit'a mamlakatlarining xorijiy sarmoya tazyiqiga qarshi kurashi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Lotin Amerikasi xalqlari xorijiy sarmoyaga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurashda qo'lga kiritgan eng yirik natija 1938-yilda Xalq fronti Chilida erishgan g'alaba hisoblanadi. Bu ishchi va dehqonlar, mayda va o'rta burjuaziya hamda barcha vatanparvar kuchlarning ittifoqi edi. Mamlakat prezi-denthgiga Pedro Agirra Serda (1938—1941) saylandi. U tuzgan hukumatga radikal demokratik va sotsialistik par-tiyalarning vakillari kirdi. Kompartiya hukumatni qo'llab-quwatlashini bildirdi. Prezident Agirra 1932-yildan so'ng harbiy diktatura davrida bekor qilingan fuqaroviy erkinliklarni qayta tikladi. Hukumat tomonidan xorijiy tazyiqdan xoli milliy iqtisodiy rivojlanishning keng dasturi ishlab chiqildi. Venesuela.Venesuela Jiddiy o'zgarishlar Venesuelada ham yuz berdi. Mamlakat butun qit'aning neftga bo'Igan talabini qondirgan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat bo'ldi. 1933-yildan u 17 mln. t, 1935-yilda - 27 mm. t, 1937-yilda 30 mln. t neft qazib oldi. Neft konlari ishchilari mamlakatdagi vatanparvarlik harakatining bosh kuchiga aylandi. Bu harakat o'z faoliyatini mamlakatni AQSh monopoliyalari tazyiqidan xalos etish va demokratik islohotlarni o'tkazishga qaratdi. Ularning tashabbusi bilan 1936-yili mamlakatda prezident Eleasar Kontreras (1935—1941)dan demokratik erkinliklar, kasa-ba uyushmalari huquqlarini tiklashni va ijtimoiy islohotlar o'tkazishni talab qilgan ommaviy namoyishlar avj oldi. Vatanparvar kuchlarning tazyiqi ostida prezident fuqarolarning shaxsiy huquqlarini kafolatlovchi mamlakat konstitutsiyasini qabul qilishga majbur bo'ldi. Bir vaqt-ning o'zida har bir shtat o'z konstitutsiyasini qabul qildi.Kolumbiya va Peru Boshqa yirik mamlakatlarning ikki urush o'rtasida kechgan davrdagi ahvoii o'ta beqaror bo'ldi. Bir tomondan, demokratik erkinliklar, ijtimoiy islohotlar hamda ichki va tashqi siyosatda mustaqil yo'l tutish uchun kurashgan vatanparvar kuchlar ancha o'sdi, ikkinchi tomondan esa ular AQShning yanada shafqatsiz zulmiga duchor bo'ldilar. Bu davrda Lotin Amerikasi davlatlari o'rtasida o't olgan nizolar qit'ada demokratik harakatning rivojla-nishiga to'g'anoq bo'ldi. 1932-yiI sentabrida Kolumbiya va Peru o'rtasida Kolumbiya janubi, Amazonkaning yuqori tomoni — Letisiya hududidagi boy neft koni orqasidan qonli urush boshlandi. Bu yerga Peru qo'shinlari kirib keldi.Ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar to'xtatildi. Harbiy harakatlar 9 oy davom etdi, minglab askarlar va o'n minglab tinch aholi halok bo'ldi, yuzlab qishloqlar vayron etildi. Faqat 1934-yilning may oyida ikki mamlakat o'rtasida sulh tuzildi va unga ko'ra Letisiya Kolumbiyaga qaytarildi. Urush natijasida ikkala mamlakatda ham reaksion kuchlar o'z mavqelarini mustahkamladi-lar. Kolumbiyada hokimiyat tepasiga prezident Eduard Santos keldi va oldingi prezident boshlagan islohotlarni to'xtatdi. U prezidentlik qilgan davrda mamlakatda AQSh monopoliyalarining hukmronligi qaror topdi. Peruda hokimiyat fashizm tarafdori bo'Igan general Oskar Benavides (1933—1939) qo'liga o'tdi. U mamlakatda ter-rorga asoslangan tuzumni o'rnatdi va demokratik erkinlik-larni deyarli tugatdi. Shundan so'ng Peruda ham AQShning mavqei mustahkamlandi. Download 26.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling