birinchidan, xom-ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan
mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlardagi o’zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib
beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o’rtasida an'anaviy
iqtisodiy aloqalar mavjud bo’lib, ularning o’zaro munosabatlar modeli
quyidagicha edi: xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport
qilib,
olingan
valyuta
tushumlaridan
sanoat
mahsulotlari
importini
moliyalashtirganlar.
O’tgan asrning 70-yillarida "Rim klubi" nomi bilan mashhur G’arbiy Yevropa
olimlari "dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga
keladi", deb bashorat qilgan edilar.
Ushbu mulohazalarga asoslanib ko’pgina xom-ashyo yetkazib beruvchi
mamlakatlar xom-ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida
kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo’jalik
sohasining keskin rivojlanishi, xom-ashyoga bo’lgan talabning qisqarishiga ta'sir
ko’rsatdi va natijada xom-ashyo bahosining pasayishi yuz berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |