Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati____________________________________73
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy xojalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiya
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati____________________________________73
Kirish Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirib, qator xalqaro moliyaviy institutlar (XMI) va xorijiy banklar bilan o`zaro manfaatli aloqalar o`rnata boshladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, kengaytirish uchun huquqiy asoslarini yaratib bergan asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Ko`plab Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari ishlab chiqildi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart-sharoitni yaratish, xorijiy kredit liniyalarini investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga faol jalb qilish imkonini berdi. Shuni ta`kidlash joizki, O`zbekistonning XMIlar bilan aloqasi ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli ahamiyatga ega bo`lgan eng muhim vazifalarni birga qo`shish maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bunda, birinchidan, O`zbekistondagi barcha xo`jalik sub`ektlarining tashqi dunyo bilan o`zaro aloqalari uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keladigan shart-sharoitlar yaratish asosida xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga qo`shilish nazarda tutiladi. Ikkinchidan, respublikaning joriy muammolarini hal etishga bevosita kqmaklashish, mavjud xalqaro tajriba asosida moliyaviy, texnikaviy yordam va maslahatlashuv yo`li bilan o`tkazilayotgan islohotlarni qo`llab-quvvatlash ko`zda tutiladi. XX asrning sunggi yillarida sobik, Ittifokning parchalanishi, mamlakatlar urtasida iktisodiy va siyosiy alokalarning sifat jixatdan yangi boskichga chikishi, milliy xujalik alokalarining integratsiyalashuvi bilan globalizatsiya jarayonlarining jadal-lashuvi yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jaxon xujaligining tarkibiy kismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormokda. Bu milliy darajadagi xukukiy, iktisodiy xamda texnologik tusiklar yo`qolishiga, uning o`rniga xalkaro iktisodiy xujalikning umumiy iktisodiy konuniyatlari va xalkaro xujalikning funktsional alokalarini tatbik, etilishiga olib kelmokda. Mamlakatlar xayotidagi globalizatsiya — iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital xamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orkali namoyon bulmokda. Tashqi savdo alokapari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda. Bu haqida Prezidentimiz I. A. Karimov «Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o`zgarishlar mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibida ijobiy o`zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi. Jahon bozoridagi kon`yunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013 yilda eksport hajmining o`sishi 10,9 foizdan iborat bo`ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy sal`do 1 milliard 300 million dollarni tashkil etdi. 2013 yilda qimmatbaho metallar narxining keskin pasayganiga qaramasdan, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxirasi o`tgan yil davomida 2 foizga ko`paydi. So`nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur`atlar bilan o`sib borayotgani yaqqol ko`zga tashlanmoqda. 2013 yilda umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig`i tayyor tovarlar hissasiga to`g`ri kelgani iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolati, desam, xato bo`lmaydi» deb ta kidlaydi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling