Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Yevropada XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davrda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar


Download 0.56 Mb.
bet12/13
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1496723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mesapotamiya tarixshunosligi to\'g\'ri

2.4.Yevropada XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davrda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar
XVIII — XIX asrlarda G ‘arbiy Yevropa va Amerikada yuz bergan inqilobiy o‘zgarishlar bilan tanishdingiz. Bir qator mamlakatlarida feodal tartiblarni bekor qilgan bu inqiloblar mehnatkashlarga haqiqiy erkinlik olib kelmadi. Yollanma ishchilar hayotining katta qismi ishlab chiqarishda yoki ish izlab o‘tardi. Bolalar yosh paytidan bir xil, og‘ir mehnatga ko‘nikishardi. Mehnat sharoiti va uning xarakteri ishchilarning hayot tarzini va iste’molning darajasini belgilardi. Ular boshqa toifa vakillaridan axloqning qattiqligi, ba’zan esa qo‘polligi bilan farqlanadi. Chunki sanoat ishchilarining mehnat sharoiti juda og‘ir edi. XIX asrning 70-yillarigacha ish kunining uzunligi Angliya va AQSHda — 10 soat, Germ aniya va Fransiyada — 10—12 soat, Rossiya va Yaponiyada — 12—16 soatni tashkil qilardi. Ayollar va bolalar mehnatiga teng ish vaqti uchun kamroq haq to ‘lanardi.
«Fabrika ayollari», asosan, 13—14 yoshli qizlar edi. Parlamentlarning qator qarorlariga qaramasdan bolalar mehnatidan og‘ir ishlarda ham foydalanilar edi. 10—12 yoshli bolalar tamaki fabrikalaridan tortib toshko‘mir shaxtalarigacha mehnat qilishardi. Bolalar mehnati uchun ayollarnikidan ham kam haq olardilar. Ularning ko‘pchiligi bolaligidayoq sog‘- lig‘idan ayrilgan «fabrika bolalari» edi. 143 Jamiyatdagi bunday ahvol uning ilg‘or kishilarini adolatli jamiyat to ‘g‘risida yangi g‘oya va ta’limotlarni yaratishga undadi.
XIX asrda paydo bo‘lgan shunday ta’limotlarning asosiylari konservatizm, liberalizm va sotsializm nomlarini oldi. Konservatizm. XVIII asrdayoq paydo bo‘lgan konservatizm (lotincha conservatio — saqlab qolmoq, qo‘riqlamoq) mavjud siyosiy tartib — monarxiya boshqaruvini saqlab qolish zarurligini asoslashga urinardi. Uning ko‘zga ko‘ringan arboblari — ingliz Edmund Berk va fransuzlar Jozef de Mester hamda Lui de Bonald edi. Konservatizm buqua jamiyatidagi aslzodalar mafkurasi edi. Konservatizm vakillari ham mavjud holatni o‘zgarishlarsiz saqlab turish mumkin emasligini yaxshi tushunardilar. Konservatorlar jamiyat taraqqiyotida yuz bergan o‘zgarishlar natijasida individualizm, raqobat mavjudligini tan olishga majbur boMdilar. Ba’zi konservatorlar feodal aristokratiya hukmronligiga qarshi kurash jarayonida yuz bergan burjua o‘zgarishlarini ham ma’qullashga tayyor edilar. Bundaylar neokonservatizm (yangi konservatizm) vakillari bo‘lib, ularning ko‘pchiligi awalgidek shaxsning davlatga bo‘ysunishi zarurligini tan olsalar-da, bu hoi endi ularga xususiy mulkni himoya qilish va hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga qisman aralashishi mumkinligini e’tirof etishlariga xalaqit bermagan. Ammo, ularning fikricha, bu o‘zgarishlar jamiyatning asosi bo‘lgan an’analarga putur yetkazmasligi lozim edi.
Konservatizmning xarakterli belgisi, eng awalo, an’analarni muqaddas deb bilishdir. Konservatorlar jamiyatidagi mavjud sinflar va qatlamlar orasidagi qat’iy chegaralarning saqlanishi jamiyatda tinchlik va tartibni saqlashning zarur shartlaridan biri deb ishonadilar. Liberalizm. Liberalizm (lotincha liberum — ozodlikka mansub) — shaxs erkinligini va bu erkinlikni kamroq cheklaydigan davlat tuzilishini ilmiy asoslaydigan g‘oyaviy-siyosiy oqim. Liberalizm vakillari jamiyatda xususiy mulk shaxs erkinligining zaruriy sharti ekanligini; erkin bozor, erkin raqobat va erkin Sen-Simon. tadbirkorlik, teng imkoniyatlar qaror 144 topishi lozimligini; huquqiy davlat g‘oyasi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, bag‘rikenglik va ozchilik huquqlarining himoyalanishi zararligini; asosiy huquq va erkinliklar (vijdon, so‘z, yig‘ilishlar, turli uyushmalar va partiyalar tuzish) va umumiy saylov huquqi joriy etilishini o‘z g‘oyalarining zarariy sharti deb qarardilar. Liberalizm hokimiyat tepasida turgan sanoat buijuaziyasining g‘oyasi sifatida paydo bo‘ldi. Uning rivojlanishiga ingliz Jon Lokk va fransuz Shari Moteskelar katta hissa qo‘shdi.
XIX asr o‘rtalariga kelib G ‘arbning ilg‘or mamlakatlarida hukmron dunyoqarash bo‘lib olgan liberalizm mutlaq monarxiyaga qarshi faol kurash olib bordi. Sotsializm. Mehnatkashlar erkinligi uchun kurashning dastlabki davridagi achchiq tajriba yangi — sotsialistik va kom m unistik nazariyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Sotsializm faqatgina eski tartiblarni yo‘q qilish zarurligi haqida emas, insonlarning to‘liq ijtimoiy tengligi mavjud bo‘lgan yangi jamiyatni qurish haqidagi ta’limot ham edi.
XIX asrning birinchi yarmidagi sotsialistlar yangi jamiyatni ishlab chiqaruvchilar jamoalarining ittifoqi sifatida tasvirlaydi. Ularning g‘oyasi fanda utopik sotsializm no mini olgan. Utopik sotsializmning yirik namoyandalari fransiyalik Sen-Simon va Shari Fure hamda buyuk britaniyalik Robert Ouen pul hukmronligi, ikkiyuzlamachilik hamda aldovga asoslangan jamiyat o‘rniga kishilar mehnatkash va ekspluatatorlarga ajratilmaydigan yangi jamiyat qurish loyihasini taklif qildilar. Ular g‘oyasining reallikdan uzoq bodganligi uchun utopik sotsializm, ta’limot tarafdorlari esa utopik sotsialistlar nomini oldi. XIX asr o‘rtalarida mavjud sotsialistik g‘oyalar o‘rniga germaniyalik K. Marks va F. Engelslar ishlab chiqqan kommunistik jamiyat qurish haqidagi yangi ta’limot vujudga keldi va u marksizm no mini oldi. Kommunistik g‘oya tarafdorlarini kapitalizmdan sinfsiz jamiyatga o‘tish imkoniyatiga ishonch birlashtirib turardi.
Kommunistlar jamiyatning barcha a’zolarini mehnatkashlarga aylantirish, jamiyat boyliklarini teng taqsimlash insoniy ehtiyojlarning qondirilishini ta’minlaydi, deb o‘ylardilar. R. Ouen. 10 - Jahon tarixi 145 Marksizmning paydo bo‘lishi Yevropaning bir qator mamlakatlarida ishchilar harakatining o‘sishi, ayniqsa, Fransiyadagi inqilobiy voqealar bilan bog‘liq edi. Marks va Engels kapitalizm o‘z rivojlanishida mehnat bilan kapital o‘rtasida kelishib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik tug‘dirishiga ishonardi. Marks kapitalizm taraqqiyoti sinfiy ziddiyatning o‘sishiga olib kelishini ham aytib o‘tgandi.


XULOSA
Mesopatamiyani tarixchilar hududini ikkiga ajratishgan Quyi va Yuqori qismga ajratishgan janubdagi aholi shimoldagi aholigi qaraganda oldinroq janubda yashashgani kurishimiz mumkin.Keyinroq esa Shumer va Akkad shaharlari paydo buldi.shumerliklar eng qadimgi mixxat plitkalari 4 ming yilik aval ixtiro qilingani kurishimiz mumkin.Yozuvlar loydan yasalgan plitkalarga yoki planshetlarga solingan va olovda pishirilgan. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti: siyosiy tarix va davlat qurilishi; sharq davlatchiligining o‘ziga xos xususiyatlari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; madaniyat va diniy e’tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar. Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar muammolari yetarlicha o‘rganilmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meyer fikricha har qanday sivilizatsiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga yetib ichki qarama-qarshiliklari tufayli halok bo’ladi, shundan so‘ng bu sikl yana qaytariladi. Sharqda bu nazariya bo‘yicha jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi. Shu sababli XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholanadi. G'arbdagi nazariyalardan yana bin tarixiy voqealami bilish mumkin emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi natijasida Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotini tub muammo- larini yechishga yordam berdi. Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni yozish kabi yo‘nalishning ustuvor bo’lib qolishi bo’ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo'jalikni tashkil etish, shaharlarni shakllanishi va ularning o‘rni va ro’li, hunarmandchiik, savdo, ibodatxona xo'jaligi kabi qator muammolarga bag‘ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo’ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va boshqalarning asarlari). Mesopotamiya tarixini o'rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada o‘rnashdi. XIX asrda u Germaniyaga ko'chdi. Yevropada fashizmning paydo bo’lishi ko‘pgina olimlarni AQSHga ko'chishiga sabab bo’ldi. Bu yerda hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunoslik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar. Mezolit davrining XI-VIII mingyilliklarda Frot va Dajla daryolari vodiysining tog'larga tutashgan yerlarida aholi termachilik va ovchilik bilangina shug'ullanib qolmay, yovvoyi o'simliklarni madaniylashtirish va yovvoyi hayvonlarni qo'lga o'rgatishga ham urinib ko'rgan. Ular qo'yni qo'lga o’rgatganlar. Ibtidoiy kishilar toshdan boshoqlarni o'radigan o'roq va donni maydalaydigan qo'l tegirmonidan foydalanganlar. Mezolit davri kishilari qish mavsumida g'orlarda, yozda esa daryo sohillarida poya va qamishdan chaylalar qurib, istiqomat qilganlar. Ular keyinchalik paxsadan uylar qurishga kirishganlar. Mesopotamiyadagi Zevi-Chemi-Shanidar, Mlefaat va boshqa yodgorliklar ana shu davrga mansubdir. Miloddan avvalgi VII mingyilliklarda ilk neolit davrida Zagros tog'lari vodiylari, Mesopotamiya tekisligi chegaralarida Jarmo madaniyatiga mansub qishloqlar vujudga keladi. Bu madaniyatga mansub kishilar bug'doy va arpani madaniylashtirib, echki, cho'chqa va itlarni qo'lga o'rgatgan. Loygaqamish somonini qo'shib kulolchilik buyumlari yasaganlar. Mazkur yodgorlikdan metalldan yasalgan buyumlar ham topilgan. Miloddan avvalgi VIII-VII mingyilliklarda chorvador va ilk dehqon qabilalari tog'dan vodiyga tushib, Tell-Sotto kabi o'troq qishloqlarni barpo qilganlar. Miloddan avvalgi VI mingyillikning o'rtalari va ikkinchi yarmida Shimoliy Mesopotamiya neolit qabilalari tomonidan o'zlashtirilgan va bu joylarda Xassuna madaniyati nomi bilan mashhur bo'lgan madaniyat keng tarqalgan. Xassun qabilalari hozirgi Bag'dod chegarasigacha bo'lgan joylargacha kelib o'rnashgan. Bu davrda dehqonchilik va chorvachilik xo'jaligi shakllanib, ular yirik va mayda shoxli chorva boqqanlar, arpaning to'rt, bug'doyning uch navini, shuningdek, tut ekib parvarish qilganlar. Kichik-kichik to'g'onlar va kanallar qurib, sun'iy sug'orishga asoslangan ilk sug'orma dehqonchilikni kashf etgan lar. M.av. V-IV mingyilliklar orasida mesopotamiyaliklar yangi-yangi yerlarni o'zlashtirib, katta-kichik kanal, ariq va suv inshootlari qurganlar. Shuning natijasida dehqonchilik tobora rivojlanib, yerdan mo'l hosil ola boshlaganlar.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling