Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi
Download 0.56 Mb.
|
mesapotamiya tarixshunosligi to\'g\'ri
RuhoniylarDinning ahamiyati ruhoniylarni eng qudratli sinflardan biriga aylantirdi. Uning vazifasi har kuni tegishli marosimlarni bajarish va diniy bayramlarni tashkil qilishni oʻz zimmasiga olish edi. Kohinlar, erkaklar va ayollar har doim yuqori sinf oilalaridan edilar. Mesopotamiya aholisining dinlari sehrlarini oʻz eʼtiqodlari qatoriga kiritgan. Shu sababli, ular ruhoniylar maʼlum kuchlarga ega deb oʻylashdi, masalan, jinlarni chiqarishga imkon berishdi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikdan Mesopotamiya dinida yana bir muhim omil. bu muqaddas fohishabozlikning mavjudligi edi. Bu Ishtar kultiga aloqador edi. Sodiq ruhoniyga u bilan jinsiy aloqada boʻlish uchun pul toʻlagan va shu tariqa maʼbudani ulugʻlagan. Ushbu ruhoniy lavozimlarini egallagan ayollar ijtimoiy jihatdan juda obroʻli edilar. Haykaltaroshlik Mesopotamiya haykaltaroshligining asosiy mavzusi xudolar va hukmdorlar boʻlgan. Har bir ish mukammal individualizatsiya qilingan va aksariyat hollarda aks ettirilgan personaj nomini oʻz ichiga olgan. Monumental va parietal, stela, emalli gʻisht va muhr eng yengil usullar edi. Ikkinchisi ularda toʻliq tarixni rivojlantirishga imkon berdi. Odamlarni tasvirlashda rassomlar mukammal mutanosiblikni izlamaganlar. Kontseptual realizm deb nomlangan uslubda bosh va yuz mutanosib edi. Jismlar, aksincha, umuman nosimmetrik edi. Yana bir takrorlanadigan mavzu yirik buqalarning vakili edi. Bunday holda, haykaltaroshlar realizmni tanladilar. Ushbu hayvonlar mintaqada himoya daholari deb hisoblangan. Ⅱ.bob.Ikki daryo oralig’i (Mesopatamiya) 2.1.Mesopatamiya manbashunosligi va tarixshunosligi. Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf-odatlari, diniy e'tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari to'g'risida qimmatli ma'luraotlar yozuvlar qoldirdilar. Eng batafsil ma'lumotlami Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi Gerodot qoldirgan (er. av V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko'p yillar Eronda bo'lgan knidlik Ktesiy 23 kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o'rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilish afsonaviy an'analarga asoslangan bo'lib voqealarni soxtalashtirish, xatolarni ko'pligi uchraydi. Er.av. V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo'shinida askar bo'lib Mesopotamiyaga kelgan yunon Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to'g'risida ma'lumotlar beriJgan. Strabonning «Geografiya»sida(er. av. I asr-eramizning I asri) 16 kitob Mesopotamiyaga maxsus bag'ishlanib boy ma'lumotlar beradi. Mesopotamiya tarixi bo'yicha bir qancha ma'lumotlar losif Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog asarlarida uchraydi. Mixxatni deshifrovkasi (o'qilishi). Mesopotamiya, Eronga birinchi ilmiy safar qilgan kishi XVII asrda daniyalik olim K.Nibur edi. U Yevropaga qadimgi Eron poytaxti Persepol saroyidan mixxat yozuvlarini olib keldi1. 1802-yilda klassik fanlar o'qituvchisi nemis olimi Grotofend 39 ta belgidan 10 ta mixxatni o'qidi. XIX asrning 30—40-yillarida Yaqin Sharqda uzoq yillar ishlagan ingliz harbiysi va diplomat! G.Roulingson mixxatlarni o'qilishlJa katta hissa qo'shdi. U Eronda Xamadon (Midiyaning qadimgi poytaxti Ekbatana) shahri yaqinida Behistun qoyasida Doro I ning uch tildagi ulkan yozuvini topdi. 1947-yilda Roulingson yozuvning Bobil qismidagi 600 belgidan 250 tasini aniqladi. Olimlar J.Oppenxeym, E.Xinks va boshqalar Mesopotamiyaning Akkad mixxatlarini o'qishga o'z hissalarini qo'shdilar. 1855-yilda Behistun yozuvining uchinchi qismi elam tilidagi mixxatlar ham olimlar tomonidan o'qildi. XIX asrning 90-yillarida nemis olimi F.Delich akkad tilining grammatikasi va lug'atini yaratdi. Shumer mixxat yozuvini o'qish keyinroq XIX asrning I yarmida F. Tyurgo-Danjan, O. Pepel, A. Daymel va A. Falkenshteynlar tomonidan amalga oshirildi. Arxeologik ma'lumotlar Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr o'rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842-yil fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Chunki bu joy mahalliy afsonalarga ko'ra Osuriya davlatining poytaxti Ninevrya bo'lgan. Ammo tepalikni qazish aytarli natija bermagach, u bu yerda ishni tugatib Xorsabod qishlog'ida qazish ishlarini boshladi. U bu joyda 1843-yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharrukin saroyi qoldiqlarini topdi. Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Osuriya kolleksiyasining asosi bo'ldi. 1845—1847-yillar ingliz diplomati G. Leyyard sharq tillarini yaxshi bilgan holda Nimrud tepaligini qazishni boshladi. Ulkan odam, ho'kiz, odam-sher haykallari bo'lgan podsho saroylari bilan Osuriya poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan, Osuriya podshosi Sinaxxerib (er. av. VII asr) saroyini uning nevarasi Ashshurbanipalning «Loy kitob»lar bilan to'la kutubxonasi bilan birga topildi. Leyayrd topilmalari Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi sharq kolleksiyasining asosi bo'ldi. Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida qazish ishlarini davom ettirdi va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib relyefli boy podsho kutubxonasi bilan Ashshurbanipalning saroyini topdi. Rassom tomonidan Nimrud yaqinidagi Balavat degan joyda er. av. IX asrga oid Osuriya yodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez plita Balavat darvozasi qoplamasi topildi. Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi shumer shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrning oxirida fransuz arxeologlari Shumer shahri Lagash va img hukmdorlarini ko'p sonli haykallarini asosan, Gudeaning kumush va alebastr vazalarini, «Kalxatlar stelasi»ni, ibodatxona xo'jaligi va 3000 yillik tarixga ega Nippur shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan umumshumer xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy taxtachadan iborat ibodatxona-kutubxona, saroy, maktab, bozor, do'konlar uy-joylar va xo'jalik binolari topildi. XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi. Ammo arxeologik izlanishlar ishqiboz qiziquvchan kishilar tomonidan hech qanday ilmiy rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi. Ilmiy usuldan xabarsizlik butun-butun madaniy qatlamlarni yo'qotishga olib keldi. XX asrning boshlaridan arxeologik izlanislilar qat'iy ilmiy usullarga suyangan holda olib borila boshlandi. Nemis arxeologi Koldevey Bag'dod yaqinida qadimgi Bobil xarobalarini ochdi. 1899-1917-yillar shahar devorlari, Navoxudonosor II (er. av. VII asr) saroyi, diniy marosimlar ko'chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi, ulkan zikkurat qoldiqlari topildi. Nemis arxeologi V. Andre 1903—1914-yillar Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshurni qazib ochdi. 1933—1939-yillar fransuz Parro Mari shahri qoldiqlarini qazib bu yerda podsho Zimrilim saroyi (er.av.H ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan iborat xo'jalikdiplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922—1924-yillar ingliz olimi D.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, ma'buda Ningal ibodatxonalarini, podsho Ur-Nammu er. av. Ill ming yillik oxirida qurgan zikkuratni, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy-joylar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng Yevropa va Amerika tadqiqotchilari bilan birgalikda Iraq olimlari arxeologik izlanishlarda ishtirok eta boshladilar. Iroq olimlari Eredu shahrini, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini ochdilar. XIX asrning 50—80-yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan yodgorliklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o'rganila boshlandi. Shu bilan birga Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigacha bo'lgan paleolit davri (Shanidar manzilgohi), neolit (Jarmo, Xassun manzilgohlari) yodgorliklari o'rganila boshlandi. XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator tadqiqotlarni nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar A. Almeted, A. L. Oppenxeym e'lon qildilar. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti: siyosiy tarix va davlat qurilishi; sharq davlatchiligining o'ziga xos xususiyatlari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; madaniyat va diniy e'tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar. Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar muammolari yetarlicha o'rganilmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meyer fikricha har qanday sivilizatsiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga yetib ichki qarama-qarshiliklari tufayli halok bo'ladi, shundan so'ng bu sikl yana qaytariladi. Sharqda bu nazariya bo'yicha jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi. Shu sababli XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholanadi. G'arbdagi nazariyalardan yana biri tarixiy voqealarni bilish mumkin emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi natijasida Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotini tub muammolarini yechishga yordam berdi. Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni yozish kabi yo'nalishning ustuvor bo'lib qolishi bo'ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo'jalikni tashkil etish, shaharlarni shakllanishi va ular-ning o'rai va roli, hunarmandchiJik, savdo, ibodatxona xo'jaligi kabi qator muammolarga bag'ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo'ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va boshqalarning asarlari). Mesopotamiya tarixini o'rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada o'rnashdi. XIX asrda u Germaniyaga ko'chdi. Yevropada fashizmning paydo bo'lishi ko'pgina olimlarni AQSHga ko'chishiga sabab bo'ldi. Bu yerda hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunosjik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling