Ikkinchi mashg‘ulot: Kichik janrning katta imkoniyatlari
O‘tkazish shakli: ma’ruza
O‘qituvchi T.Qayipbergenovning adabiyotning kichik janrlarining biri qoraqalpoq hikiyachiligi rivojiga qo‘shgan hissasini yoritib beradi. T.Qayipbergenovning hikoyalari haqida ma’lumot beradi. T.Qayipbergenovning jahon adabiyoti ilg‘or dasturlarini o‘rgangani va uni milliy adabiyot a’nanalari bilan uyg‘inlashtira olgani, natijada uning ijodida 1950-yillarda bir qancha hikoyalar vujudga kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni yetkazadi. T.Qayipbergenovning adabiyot sohasiga kirib kelshida turtki bo‘lgan omillar, uning dastlabki hikoyalarining ahamiyati, ildizlari masalalariga to‘xtalinadi. Shundan so‘ng yozuvchining dastlabki hikoyalari “Bloknot gapiradi” to‘plamiga kiritilganligi, xususan “Ariza”, “Ishi so‘ziday emas”, “Pochtalyon kelganida” va boshqa hikoyalar bo‘lganligi taʼkidlanadi. Yozuvchining hikoyalarining obrazlar tizimi, konflikti, ularda dialogning mohirona qo‘llanishi to‘g‘risida maʼlumot berib boriladi. Milliy hikoyachiligimizning rivojlanishida T.Qayipbergenov roli yoritib beriladi.
(Shu o‘rinda T.Qayipbergenov hikoyalari haqidagi multimedia materiallari namoyish etiladi)
Interfaol metod
Yoshlar uch guruhga bo‘linib, 1-guruh pedagog, 2-guruh ta’lim oluvchi, 3-guruh esa kuzatuvchi mansub vakillar sifatida ishtirok etishadi. Mashg‘ulot davomida olingan tushunchalar asosida T.Qayipbergenov hikoyachiligining ilk ko‘rinishlari, ularning g‘oyalari, badiiy obrazlari xususida fikr yuritishadi. Talabalar tomonidan bildirilgan fikrlarning asosli ekanligiga qarab ruhan rag‘batlantiriladi.
Qo‘llash: tajribali pedagog, adabiyotchi mutaxassislar bilan birgalikda interfaol uslubda mashg‘ulot olib boriladi.
Natija: T.Qayipbergenovning yozuvchi sifatida olib borgan ishlari, uning qalamiga mansub hikoyalaridagi g‘oyalarning o‘ziga xosligi, badiiy obrazlarining mukammalligi, syujet va konflikt yaratishdagi mahoratini tushunib yetadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |