TAVSIYA ETILADIGAN TAQDIMOT MAVZULARI:
T.Qayipbergenov qoraqalpoq nasrini yangi bosqichga ko‘targan shaxs;
T.Qayipbergenov hayoti va faoliyati haqida;
T.Qayipbergenovning hikoyalarining o‘ziga xosligi;
T.Qayipbergenov qoraqalpoq tarixiy romanchiligi asoschisi;
T.Qayipbergenov ijodida badiiy psixologizm;
T.Qayipbergenovning «Qoraqalpoq dostoni»– qoraqalpoq adabiyotida birinchi tarixiy trilogiya;
T.Qayipbergenovning «Qoraqalpoqnoma» asari- Markaziy Osiyo hududi adabiyotida roman-esse janrining eng daslabki namunasi;
T.Qayipbergenov ijodida ekologiya mavzusi;
T.Qayipbergenov qissalarining badiiy obrazlar tizimi;
T.Qayipbergenov “Bobomga xatlar” asarida Orol fojeasining tasvirlanishi;
T. Qayipbergenovning mustaqillik davri nasrining rivojlanish yo‘nalishlari;
T.Qayipbergenov publitsistikasining g‘oyaviy- tematik o‘ziga xosligi.
VIII. FAKULTATIV KURS MAVZULARINING QISQACHA MAZMUNI
MA’RUZALAR
Birinchi mashg‘ulot: To‘lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodi.
O‘tkazish shakli: ma’ruza
O‘qituvchi talabalarni T.Qayipbergenov hayoti va ijodiga doir eng muhim va asosli ma’lumotlar bilan tanishtiradi. T.Qayipbergenov qoraqalpoq nasrini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shganligini, xususan, bir qancha hikoyalar, qissalar, roman, roman-dilogiya, roman-trilogiya, roman-esse chop qilgani, siyosiy, maʼrifiy-madaniy, ijtimoiy sohalarda birdek xizmat qilganligi xususida aytib o‘tadi. Ijodkor yashagan XX asrning II yarmi XXI asrning boshidagi tarixiy sharoit va davr ijtimoiy-siyosiy jarayonlari to‘g‘risida tasavvur uyg‘otadi. T.Qayipbergenov hayoti va faoliyati tadqiq etilgan ilmiy ishlar bilan tanishtiradi. T.Qayipbergenovning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga kirib kelishida muhim ta’sir ko‘rsatgan omillar izohlanadi. T.Qayipbergenov hayoti va ijodini o‘rganishning ahamiyatini bugungi milliy g‘oya va mafkura negizida tushuntirib o‘tadi.
(Shu o‘rinda T.Qayipbergenov hayoti va ijodi yoritilgan tegishli multimedia materiallari namoyish etiladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |