Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti tulepbergen qayipbergenov hayoti va ijodi


Download 0.56 Mb.
bet23/26
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1604571
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
T.Qayipbergenov hayoti va ijodi

Tayanch tushunchalar: yozuvchi, qissa, g‘oya, mavzu, syujet, konflikt, dialog, qahramon obrazi, lirizm, ma’rifat, madaniyat.


MUNOZARALAR


Birinchi mashg‘ulot: T.Qayipbergenov hikoyalarining qoraqalpoq adabiyotida tutgan o‘rni
O‘tkazish shakli: munozara

Munozara avvalida T.Qayipbergenovning adabiyot sohasiga kirib kelshida turtki bo‘lgan omillar, uning dastlabki hikoyalarining ahamiyati, ildizlari masalalariga to‘xtalinadi. Shundan so‘ng yozuvchining dastlabki hikoyalari “Bloknot gapiradi” to‘plamiga kiritilganligi va ular “Ariza”, “Ishi so‘ziday emas”, “Pochtalon kelganida” va boshqa hikoyalar bo‘lganligi taʼkidlanadi. Yozuvchining hikoyalarining rus, o‘zbek va boshqa tillarga tarjima qilinganligi to‘g‘risida maʼlumot berib boriladi.


Interfaol metod
Mashg‘ulot zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Munozarali dars” metodi asosida o‘tkaziladi. Mashg‘ulot o‘qituvchining kirish so‘zi bilan ochiladi. O‘qituvchining kirish so‘zi tugagandan so‘ng “Munozarali dars”ning talablarini tushuntiradi. Bu quyidagilardan iborat:

  • Guruh talabalari kontingentidan kelib chiqqan holda 3 yoki 4 jamoaga ajratiladi;

  • Jamoa o‘ziga nom tanlaydi (jamoaning nomi falsafiy-estetik ma’noni anglatishi kerak);

  • Har bir jamoa o‘zining yetakchi liderini saylaydi. Jamoaning fikrini lider ayta olishi mumkin, qo‘shimchalar liderning fikridan keyin bildiriladi;

  • Baholashda jamoa a’zolarining javobidagi mustaqil fikrlash, ilmiy asoslash, hayotiy isbotlash masalalari ham hisobga olinishi ta’kidanadi.

Bir jamoa ikkinchi jamoa fikrini tanqid qilishi, sharhlashi, qo‘shimcha fikr bildirish va ilmiy savollar bilan murojaat qilishi mumkin. Munozarali darsda jamoalarga quyidagi savollar beriladi:
1-jamoaga. “Ariza” hikoyasining assosiy g‘oyasi va obrazlar tizimi haqida fikr bildiring?
2-jamoaga. “Ishi so‘ziday emas” hikoyasining assosiy g‘oyasi va obrazlar tizimi haqida fikr bildiring?
3-jamoaga. T.Qayipbergenov hikoyalarining ahamiyati, yozuvchining ijodida tutgan o‘rni haqida gapirib bering.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling