Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
1
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Tursınov M.J.
Jah’on xo’jaligi geografiyaci fanidan
Nukus -2010 yil 3
Jahon xo’jaligi geografiyasi jahon xo’jaligining rivojlanishi, umumiy tarifi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Jahon xo’jaligining asosiy belgilaridan mehnat taqsimoti, uning bo’limlarini o’rganadi.
Jahon xo’jaligi geografiyasida jahon xo’jaligining shakllanish bosqichlari va rivojlanishining hozirgi davrdagi hususiyatlarini o’rganadi.
Jahon xo’jaligi geografiyasida xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanish omillari va hususiyatlari, tarixiy iqtisodiy-ijtimoiy geografik va siyosiy jihatdan rivojlanishi taxlil qilinadi. «Jahon xo’jaligi geografiyasi» fanidan jahon xo’jaligining asosiy bo’limlar hisoblangan moddiy va nomoddiy tarmoqlar keng tahlil qilinadi. Jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishida sanoatning tutgan wrni va uning hududiy rivojlanishi tasir qiluvchi omillar o’sti. Jahon xo’jaligining rivojlanishida fan- texnika taraqqiyotining tutgan o’rni. Jahonning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, ularning dunyo xo’jaligida tasirida tutgan o’rni va rivojlanish xususiyatlari hisoblanadi. Jahon xo’jaligi rivojlanishida foydali qozilma boyliklari, yoqilg’i energetik resurslar va xomashyo resurslari ahamiyati talqin qilinadi. Jahon xo’jaligi tizimida muhim o’rin tutgan transport omili va uning xududiy joylashuvi, xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni o’sti. Jahon xo’jaligi rivojlanishida rivojlangan davlatlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, siyosiy tashkilotlar va hokoza. Fanni o’rganishda jahon mineral resurslar, ularning joylashish xususiyatlari, mehnat resurslari, xo’jalik tarmoqlarining rivojlanish xususiyatlarini o’rganadi.
4
shakllari, omillari
1. İshlab chiqarish jarayoni. 2. Mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi. 3. İshlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari. 4. İshlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari. 5. İshlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari.
İshlab chiqarish - bu jamiyat faoliyatining eng muhim jihatidir. İshlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat xayotiy nematlar yaratiladi. İshlab chiqarish yuz berishi uchun uning omillari harakatga kelishi shart. Frantsuz iqtisodchisi J.B.Sey ishlab chiqarishning uch omili nazariyasini asoslab, ularga er, kapital va mehnatni kiritgan hamda ularning o’zaro tasiri ishlab chiqarish ekanligini qayd etgan. İshlab chiqarishning 3 omili borlig’idan K.Marks talimoti ham kelib chiqa-di, lekin ularni ish kuchi, mehnat predmetlari va mehnat vositalari deb ataydi. Hozirgi G’arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy resurs degan tushunchani olg’a surib, ularga er, kapital, mehnat va nihoyat tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar. Yani, to’rtinchi omil ham mavjud deydilar. İshlab chiqarishning umuminsoniy faoliyat deb qaralishi, uning shaxsiy-insoniy va moddiy-ashyoviy omillari borligidan dalolat beradi. Shaxsiy-insoniy omil deganda, ish kuchini, uning amal qilish natijasi bo’lgan mehnatni tushuntirish kerak. İsh kuchi- bu insonning mehnat qilishga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. İsh kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili hisoblanadi, chunki inson mehnatsiz, uning ijodisiz eng mukammal mashinalar bo’lganda ham, tirikchilik buyumlarini yaratib bo’lmaydi. İnson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Ammo ishlab chiqarish uchun moddiy shart-sharoitlar talab qilinadi. Shu sababli, ishlab chiqarishning moddiy ashyoviy omillari ham borki, ularga tabiiy boyliklar, yaratilgan ashyolar (mehnat predmetlari) va nihoyat mehnat vositalari - qurollari kiradi. İshlab chiqarish har doim tabiatga tayangan. Er, suv, er osti boyliklari, o’rmonlar va boshqalar unga materiallar etkazib beradi. Tabiat qanchalik boy bo’lmasin, baribir, bu boylikni mehnatsiz ishlab chiqarishga jalb etib bo’lmaydi. Mehnat orqali tabiatdagi narsalar inson ehtiyojiga moslashtiriladi. Mehnat bilan tabiatni boylik manbai sifatidagi ahamiyati bir xil emas. Bir mamlakat ishlab chiqarishi u erdagi tabiiy boylikka tayansa, boshqasiniki asosan mehnatga tayanadi. Masalan, Quvayt yoki Saudiya Arabistonining iqtisodiy rivojiga asosiy hissa qo’shgan omil – bu ular tabiatining neftga boy bo’lishidir. Aksincha, tabiiy resurslar kamyob bo’lgan Yaponiya, Koreya respublikasini iqtisodiy “gullashi”ning asosiy omili - bu mehnat, aniqrog’i intellektual mehnat, yani shaxsiy-insoniy omildir. Moddiy-ashyoviy omillar shaxsiy-insoniy omil bilan birikkan taqdirdagina ishlab chiqarish yuz beradi, hayotiy nematlar yaratiladiki, ular birinchidan moddiy mahsulotlardan, ikkinchidan har xil xizmatlardan iborat bo’ladi. İshlab chiqarish ikki qismga bo’linadi: 1. Moddiy ishlab chiqarish - moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xizmatlarni yaratish, masalan yuk tashish, yo’l xizmati ko’rsatish, ishlab chiqarish
5 axborotini uzatish va hokozolardir. Mazkur sohaga sanoat transport, aloqa, qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi. 2. Nomoddiy ishlab chiqarish - bu moddiy shaklga ega bo’lmasada, aholi uchun zarur xizmatlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Mazkur sohaga maishiy va tibbiy xizmat, sport, bilim berish va shular kabi xizmatlar kiradi.
Har qanday ishlab chiqarish avvalambor umuminsoniy iqtisodiy faoliyat bo’lib, unga xos belgilardan biri – bu ixtisoslashuvdir.
ko’rsatishga moslashuvidir. İxtisoslashuv asosida mehnat taqsimoti turadi. Har bir mehnat turi aniq bir mahsulotni yoki uning bazi-bir qismini yaratishga qaratiladi. Masalan, duradgor mehnati yog’och buyumlar, chevar mehnati kiyim-kechak, chorvador mehnati go’sht-sut yaratishga, vrach mehnati tibbiy xizmat ko’rsatishga qaratilgandir. Jamiyat azolarining mehnati- bu ijtimoiy mehnat bo’lib, uning turlari ixtisoslashadi. Mehnat taqsimoti - ijtimoiy mehnatni mustaqil vazifalarni bajaruvchi mehnat turlariga ajralishi jarayonidan iboratdir. Mehnat taqsimoti mehnat turlarini ko’paytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida birkitib qo’yadi. İshlab chiqarishda har xil mehnatni bajaruvchi kishilar qatnashadiki, ularni ingliz iqtisodchisi Adam Smit “İqtisodiy individlar” deb atagan. Mehnat taqsimoti ana shu kishilarning o’zaro munosabatda bo’lishini taqazo etadi. Uning vositasida kishilar o’z faoliyati bilan bir-biriga xizmat qiladi, yani kishilar boshqalarning aniq mehnati natijalaridan bahramand bo’ladilar. Faoliyat turlari bo’yicha qaraganda, mehnat taqsimoti uch yo’nalishda rivojlanadi: umumiy, xususiy, qisman.
ahamiyat kasb etishi, mehnatning yirik sohalarga bo’linishidir. Bunga mehnatning moddiy va nomoddiy, sanoat va qishloq xo’jaligi, transport va qurilish, savdo va maishiy xizmat, xalq talimi va sog’liqni saqlash sohalaridagi mehnat turlariga ajralishi misol bo’lishi mumkin. Shu jihatdan olganda, industrial mehnat, agrar mehnat, xizmat ko’rsatish mehnati mavjuddir. Xususiy mehnat taqsimoti - yirik sohalar ichidagi mehnat taqsimoti. Muayyan sohadagi bir mehnatdan boshqasi ajralib chiqib ixtisoslashadi, mehnat turlari ko’payadi. Masalan, qishloq xo’jaligidagi agrar mehnat chorvachilik, dehqonchilik, bog’dorchilik mehnat turlariga ajraladi. Sanoatda ham shunday jarayon yuz beradi, xususan undirish va qayta ishlash, og’ir va engil sanoat mehnat turlari ajralib chiqadi. Mashinasozlikni olsak, u erda avtomobilsozlik, taktorsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlarga xos mehnat turlar paydo bo’lgan.
ajralib, ixtisoslashishi. Bunda mehnat muayyan mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari bo’yicha, aniqrog’i mahsulot uchun kerak bo’lgan ayrim qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turlariga ajraladi. Masalan, qurilish korxonalarida mehnat g’isht teruvchi, suvoqchi, bo’yoqchi, duradgor, elektrik, santexnik mehnati kabi turlarga ajraladi. Mehnatning faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi bilan birgalikda, uning muayyan hudud doirasida ham taqsimlanishi yuz beradi. Mehnatning hudud miqyosida taqsimlanishi ikki xil bo’ladi: 1. Hududiy mehnat taqsimoti - muayyan mamlakat doirasida ayrim hududlar yoki mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi. Sanoat va qishloq xo’jaligi hududlari borki, ular industrial yoki agrar mehnat sohasida ixtisoslashadilar. Har bir hudud doirasida ham ichki
6 ixtisoslashuv yuz beradi. Masalan, agrar hududda bog’dorchilik, donchilik, sabzovotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan kichik bo’limlar ham bo’ladi. 2. Xalqaro mehnat taqsimoti - mehnatning miqdori va sifatini hisobga olib, uning malakatlar o’rtasida malum nisbatda va iqtisodiy nafni ko’zlagan holda taqsimlanishi. Bu mehnat turining bir-biridan ajralishi emas, balki mavjud mehnat turlarining ayrim mamlakatlarga ularning ustivor faoliyati sifatida biriktirilishidir. Xalqaro mehnat taqsimoti- ijtimoiy mehnatning turli davlatlar yoki davlatlar guruhi o’rtasida taqsimlanishi, ishlab chiqarishning baynalminal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi. Xalqaro mehnat taqsimoti mehnat taqsimlanishining eng yuksak darajasi hisoblanadi. Mehnat taqsimoti qanchalik chuqurlashsa, mehnat unumi shunchalik yuqorilashadi. İshlab chiqarish kuchlarining naqadar rivoj topganini mehnat taqsimotining rivojidan ko’rish mumkin. Agar mehnat qanchalik tor ixtisoslashgan bo’lsa, uning sir-asrorlarini chuqur egallab, mahoratni oshirib, ish unumini ko’tarish mumkin, ish operatsiyalarini aniq bajarib, mahsulot sifatini taminlash mumkin. Xullas, mehnatning ixtisoslashuvi uning unumdorligini oshirish shartiga aylanadi. Mehnat taqsimotining muqarrar yuz berishi va davom etishi malum iqtisodiy qonun tasirida boradi. Umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga mehnat taqsimoti qonuni ham kiradi, unga binoan mehnat turlari uzluksiz ravishda bir-biridan ajralib, yangi mehnat turlari uzluksiz paydo bo’lib, mehnatning ixtisoslashib borishi uning unumdorligini oshiradi. Mazkur qonun iqtisodiyot taraqqiyotining hamma bosqichlariga xosdir.
İshlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy rivojlantirish qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: 1. İshlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati. Bunga muvofiq ishlab chtqarish korxonalarini ilmiy texnika taraqqiyotining yutuqlari asosida, iloji boricha manbalarga yaqin joyda joylashtirish maqsadga muvofiq. Masalan,Suvni ko’p talab qiladigan tarmoqlarni imkon qadar yirik va samarali suv manbalariga yaqin joylashtirish maqul. Mehnatni ko’p talab qiluvchi (sermehnat) tarmoqlarni esa mehnat resurslari shakllangan markazlarga yaqinroq. Kundalik istemol qilinuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni istemolchilarga yaqinroq joylashtirish va hokazo. 2. İshlab chiqarishni hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qonuniyati. Bunda biron bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar o’rtasida eng takomillashgan ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatish hamda ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda keng ishtiroki ko’zda tutiladi. 3. Hududlarni majmuali (kompleks) rivojlanish qonuniyati. Bunda hududni (respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) majmuali rivojlanishi deganda xo’jaligidagi mutanosiblik (proportsionallik), ishlab chiqarish korxonalarini mahalliy tabiiy va iqtisodiy sharoitga mos kelishi, ixtisoslashgan tarmoqlarni, infrastrukturasini (infratuzilma), turli masshtabdagi shaharlarni rivojlanishini va tabiiy muhitni foydalanish va hokozolar nazarda tutiladi. 3. İshlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari İshlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllari- kontsentratsiya (mujassamlashuv), ixtisoslashuv, kooperatsiyalashuv va kombinatlashuv ayni paytda ijtimoiy va hududiy tomonlarga egadir. 7 Biz uchun albatta ishlab chiqarishni hududiy tomoni etakchi rol o’ynaydi. O’zaro bog’liq jarayonlarni uyushtirgan holda o’rganish, tahlil qilish biridan ikkinchisiga o’ta bilish geografik fikrlashning muhim xususiyatidir. İshlab chiqarishni tashkil etish shakllari tahlilini mujassamlashuvdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Zero qolgan shakllarning negizida ham u yoki bu ko’rinishdagi mujassamlashuvni ko’rishimiz mumkin. Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to’planishi, yig’ilishi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga tegishlidir. Ammo geografik jihatdan u eng avvalo sanoat, qishloq xo’jaligi transport, yani moddiy sohalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Qolaversa, fanimiz obektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, ularning joylashish xususiyatlari belgilab beradi. İjtimoiy (sotsial) obektlarning hududiy tashkil etilishi esa yuqoridagi tarmoqlar joylashuvi bilan belgilanadi. Masalan, aholi va unga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning hududiy tizimlari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa tarmoqlarning to’g’ri joylashtirish asosida amalga oshiriladi. Biz bu erda mujassamlashuvning hududiy tomoniga etibor berdik. Uning ijtimoiy tomoni ham xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo’ladi. Umuman olganda, mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq yoki sezilarli ko’rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari,
sof xoldagi ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlarda joylashuvini esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko’rsatish o’rinli. Mujassamlashuvning bu shakllari bir-biriga o’tib turadi va turli rayon yoki mamlakatlarda har xil birikmada bo’ladi. Masalan, shaharning markazlashuv darajasi malum bir bosqichga etgandan keyin o’ziga xos vaziyat vujudga keladi, yani endi mazkur shaharda qo’shimcha korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, transport muammolari keskinlashadi, qurish uchun er maydoni etishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham hohlamaydi. Demak, yirik shaharda ham emas undan uzoqda ham emas, shaharning imkoniyati yo’q, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Natijada yangi korxona yoki muassasalar, oliy o’quv yurtlari yirik shaharlarning tasir doirasida o’rnashadi. Natijada shahar aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga keladi. Yuqorida keltirilgan mulohazalarga misol qilib Toshkent atrofida joylashgan go’sht kombinati (O’rtaovul shaharasi), ToshGRES, Toshkent agrar universiteti (Yalang’och shaharchasi), Yadro fizikasi instituti (Ulug’bek shaharchasi), alkogolsiz ichimliklar kombinati (Qibray) va hokazolarni ko’rsatish mumkin. Toshkent aholisi ehtiyoji va xo’jaligi uchun zarur bo’lgan bu korxonalarni poytaxtda qurishning iloji yo’q. Lekin bu korxonalar istemolchi, sanoat, ilm-fan markaziga yaqin bo’lmog’i lozim. Bundan yana bir xulosa, yani ishlab chiqarishning mujassamlashuvi bilan shahar rivojlanishi o’rtasida munosabat kelib chiqadi. Dastlab shaharning vujudga kelishi va uyg’onishida ishlab chiqarishni joylashtirish etakchi rol o’ynaydi keyinchalik o’zi ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish omiliga aylanadi. Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiramiz. Masalan, O’zbekiston sanoat mahsulotining yarmidan ko’pini har birida 2000 dan ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar ishlab chiqaradi deb faraz qilaylik. Bu ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvdir. Toshkent shahrida mavjud korxonalar respublika sanoat mahsulotining taxminan 21 %ni beradi – bu urbanistik mujassamlashuv bo’ladi. Agar Farg’ona vodiysini respublikamizning asosiy pilla yoki meva maskani, neft mahsulotlari yoki o’simlik moyi ishlab chiqaruvchi rayoni sifatida ko’rsak, u holda hududiy mujassamlashuvni nazarda tutgan bo’lamiz. Mujassamlashuvning yuqori va pastligi ayni paytda malum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu erda “umumiy mahraj” bo’lib shahar, viloyatda yashovchi aholining ulushi, xissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg’ona vodiysida respublika aholisining
8 27 %i joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko’rsatkichi shu raqamdan yuqori bo’lsa, u holda mazkur ishlab chiqarish tarmog’i vodiyda rivojlangan, mujassamlashgan bo’ladi. Korxona urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon va mamlakatlarda turlicha birikma hosil qiladi. Past darajadagi korxona yoki ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori urbanistik mujassamlashuvga to’g’ri kelish hollari ham uchraydi. Bu holda shaharda kichik korxonalar soni juda ko’payadi. Aksincha, urbanistik mujassamlashuv past, ammo ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori bo’lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda, masalan, Xivada katta gilam kombinatini joylashuvi misol bo’ladi. Shunday qilib, yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa o’ta yirik korxonalarni barpo etish hamma vaqt ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday hollarda ham harajatlar ko’payadi, ishchi kuchi etishmaydi va eng muhimi – ekologik muvozanat buziladi. Qaysi darajadagi mujassamlashuv maqul degan savol tug’iladi. Axir ayni bir hajmdagi mahsulotni turli xil yiriklikdagi korxona, shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin- ku. Bu erda ham bir tomonlamalik, qatiylik zararli bo’lsa kerak. Binobarin, turli xil yiriklikdagi korxonalar, shaharlar bo’lgani maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Demak, mujassamlashuv obektiv qonuniyat, biroq u barcha mamlakatlarga xos va iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lsada uning malum chegarasi, ko’lami, doirasi bo’lishi shart. İshlab chiqarishning bir tomonlama yoki nomutanosib hududiy tarkibi o’ta markazlashgan mujassamlashuvni bildiradi. Respublikada ham faqat Toshkent yoki Toshkent viloyatini rivojlantirib, qolgan mintaqalarni o’z holiga qoldiriaverish ham yaramaydi, albatta. Shu bois Qoraqalpog’iston Surxandaryo, Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi jadallashtirish zamon talabi bo’lib bu masalalar mustaqil davlatimizning ilmiy asosda ishlab chiqilgan hududiy siyosatida ham o’z aksini topmog’i lozim.
mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan chambarchars bog’liqdir. Uning uch bosqich va uch turi mavjud. İxtisoslashuvning uch bosqichi deganda
aytganda ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida malum bir mahsulotni ishlab chiqarish biriktiriladi. O’z navbatida ixtisoslashuv shu korxona, shahar va rayonlarning “qiyofasini” ularning mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi. İxtisoslashuvning uch turi – 1) Bu qism (detal) 2) Texnologik yoki yarim mahsulot Predmet (tovar mahsuloti ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir. İxtisoslashuvning bunday ko’rinishi bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. İxtisoslashuv oqibatida xalq xo’jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtsodiy rayonlar, shaxarlarning funktsional turlari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi transport, iqtisodiy aloqalarni taqazo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy istemoldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda etishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi.
faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay balki ortiqchasi boshqa rayonlarga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu tarmoq mazkur joy uchun ixtisoslashgan soha bo’lmasligi mumkin. Aytaylik rayon yoki viloyat, jamoa xo’jaligida, respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot shu erning o’zida batamom istemol qilinsa yoki anksincha ushbu mahsulot 9 mahalliy sharoit ehtiyojini qondirmay, balki chetga chiqarilsa har ikkala holda ham to’laqonli ixtisoslashuv bo’lmaydi. Birinchi misolda oddiy natural xo’jalik, ikkinchi holda esa hom-ashyoga asoslangan qaram rayon yoki mamlakat ekanligini guvohi bo’lamiz, chunki ko’p degan so’z har doim ham ortiqcha manoni anglatmaydi. Masalan, Rossiyaning markaziy iqtisodiy rayonida Belorussiyadan ko’proq kartoshka yoki Boltiqbo’yi davlatlariga ko’ra ko’proq sut ishlab chiqariladi. Ammo na kartoshka, na sut Rossiyaning markaziy rayoni uchun ixtisoslashgan tarmoq hisoblanmaydi, zero bu mahsulotlar o’z joyida istemol qilinadi, chunki rayonning o’zida 30 mln. dan ziyod aholi yashaydi. Ayni paytda kartoshka Belorussiya uchun, sut Boltiqbo’yi davlatlariga ixtisoslashgan tarmoq bo’lib xizmat qiladi. Bu erlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan mahalliy talab qondiriladi, ortiqchasi esa chetga chiqariladi. Shunday tartibda mulohaza yuritib, O’zbekistondagi ixtisoslashgan tarmoqni aniqlash mumkin. Masalan, Respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling