Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari  va ularga xos


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana17.02.2017
Hajmi0.79 Mb.
#615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

3. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari  va ularga xos 

ko’rsatkichlar 

Sanoat ishlab chiqarishda yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo’lishi aholining 

hayoti va ijtimoiy ehtiyojini qanoatlantirish bilan birga qo’shni davlatlar bozoriga 

raqobatbardosh istemol talablarini qanoatlantiradigan mahsulotlar ishlab chiqarish 

imkoniyatini berdi. Shu o’rinda O’zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarishni yanada 

kengaytirishga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda jahon andozasi 

talablariga javob beradigan texnologiyalarni jalb qilishga va xalq xo’jaligining boshqa 


 

83

tarmoqlariga keng yo’l  berishga qaratilgan etibor o’z ifodasini topmoqda. 



O’zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy 

mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqada bo’lishidir. Shunga ko’ra davlatimiz valyuta-kredit 

munosabatlarini, yani chet el sarmoyalarini xalq xo’jaligining   ko’pgina tarmoqlariga 

jalb qilish, xo’jalik korxonalarini birgalikda ko’rish va savdo-sotiq ishlarini amalga 

oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. 

O’zbekiston o’zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligini himoya qilishdagi 

dastlabki say-harakatlari bois respublikadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari endi 

yig’uvchi emas balki, mustaqil faoliyat yuritishi va o’zi ishlab chiqargan mahsulotlari 

ustidan o’zi egalik qilishi imkonini berdi. Bugungi kunda Samarqand, Zarafshon

Andijon, Asaka kabi yirik sanoat markazlari paydo bo’ldi,mavjudlarining rivojlanganlik 

darajasi yana ham oshdi. 

Ayniqsa, alohida tarmoqlar eksport va import ko’rsatkichlarini taxlil qilinganda, energiya 

manbalari eksporti va importi o’rtasidagi saldo shu tarmoq eksportining 94,1 foizini, xizmatlar 

eksporti va importi ko’rsatkichlari saldosi esa tarmoq eksportining 47,1 foizini tashkil etgan. 

Biroq, turli regionlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo oborotida tarmoqlar ko’rsatkichlaridan 

biri ikkinchisidan keskin farq qiladigan xususiyatlarga ham egaligi kuzatilmoqda.  

1998 yil eksport va import ko’rsatkichlari saldosi +239,5 mln AQSh dollarini tashkil 

etgani holda, mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati va ko’lami yanada kengaygan. 

Ayniqsa, alohida tarmoqlar eksport va import ko’rsatkichlari tahlil qilinganda, energiya 

manbalari eksporti va importi o’rtasidagi saldo shu tarmoq eksportining 94,1 %ni, 

xizmatlar eksporti va importi ko’rsatkichlari saldosi esa tarmoq eksportining 47,1 %ni 

tashkil etgan. Biroq, turli regionlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo oborotida 

tarmoqlar ko’rsatkichlari biri ikkinchisidan keskin farq qiladigan xususiyatlarga egaligi 

kuzatilmoqda. Masalan, energiya manbalari 95,8 % yaqin xorij davlatlariga eksport 

qilingan bo’lsa, xizmatlar eksportining 60,1 % uzoq xorij davlatlariga yo’naltirilgan. 

Shuningdek, xizmatlar eksporti va importidagi saldoning 71,5 % aynan uzoq xorij 

davlatlari hissasiga to’g’ri kelishi kuzatiladi.  

Maxsulotlar tarkibi bo’yicha eksport va import ko’rsatkichlari   

(mln AKSh doll

 ) 


 

Jami 


Uzoq xorij 

Yaqin xorij 

Eksport 

shundan 


3528,2 2611,1 

917,1 


paxta tolasi 

1361,0 


1282,8 

78,2 


oziq-ovqat mahsulotlari 

111,9 


6,5 

105,4 


Kimyo mahsulotlari va plastmassalar 

51,7 


17,2 

34,5 


energiya manbalari 

277,8 


11,5 

266,3 


qora va rangli metallar 

180,7 


141,5 

39,2 


mashinalar va uskunalar 

146,6 


10,3 

136,3 


xizmatlar  

310,1 


186,4 

123,7 


boshqalar 1088,4 

954,9 


133,5 

İmport 


Shundan 

3288,7 2373,2 

915,5 

oziq-ovqat mahsulotlari 



512,2 

382,4 


129,8 

Kimyo mahsulotlari va plastmassalar 407,2 

275,2 

132,0 


Energiya manbalari 

16,3 


9,2 

7,1 


qora va rangli metallar 

303,6 


85,5 

218,1 


Mashinalar va uskunalar 

1553,7 


1309,5 

244,2 


Xizmatlar  

164,1 


117,3 

46,8 


Boshqalar 331,6 

194,1 


137,5 

O’zbekiston Respublikasi yosh iqtisodiy rivojlanayotgan davlat sifatida dunyo 



 

84

hamjamiyati tomonidan yuksak baholanmoqda. Bu o’rinda yurtimiz tabiiy resurslarga 



boy, iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish uchun qulay imkoniyatlarga egaligi, 

barqaror tinchlikning mavjudligi, iqtisodiy islohatlardan og’ishmaydigan jamiyatning 

shakllanganligi chet ellik sarmoyadorlarga iqtisodiyotni izchillik bilan rivojlantirishda 

o’z sarmoyalarini taklif qilish uchun zamin yaratdi. Amalga oshayotgan iqtisodiy 

islohatlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Respublikamizda tashqi savdo oborotining kattagina 

qismi Evropa bilan bog’liq. 1998 yildagi tashqi savdo oboroti qitalararo 

taqsimlanishining tahlilida jami savdo oborotining 66,3 foizi Evropa davlatlariga to’g’ri 

kelganligini ko’rsatmoqda. 



 

O’zbekiston tashqi savdo aylanmasining qitalararo taqsimlanishi /% hisobida/ 

Shundan: 



 

Tovar aylanmasi 

eksport 

İmport 


saldo 

Jami 


Shundan: 

Evropa  


Osiyo 

Amerika 


Boshqa qitalar   

100 


 

66,3 


27,9 

5,4 


0,4 

51,7 


 

75,2 


23,4 

0,9 


0,5 

48,3 


 

49,3 


41,1 

9,5 


0,1 

+3,4 


 

+25,9 


-17,7 

-8,6 


0,4 

 

  Tashqi investitsiya resurslarni sanoat ishlab chiqarishiga jalb qilish uning ishlab 

chiqarish ko’lami va samaradorligining ortishiga, bu esa o’z o’rnida eksport 

salohiyatining kengayishiga olib keldi. Bugunga kelib uzoq va yaqin xorijiy davlatlar 

bilan tashqi savdo aloqalarida kamida 300 mln AQSh dollari miqdoridagi mahsulot 

eksport qilinayotgan davlatlar safiga Koreya Respublikasi, Shveytsariya, Buyuk 

Britaniya davlatlarini kiritishimiz mumkin.  

  Biroq, yaqin xorij yoki MDX davlatlari bilan iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik 

aloqalarining sekin kechishi tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim muammosi sifatida 

qolib kelmoqda. 

  MDX davlatlari orasidagi birtomonlama va ko’ptomonlama aloqalarni ko’rib 

chiqayotganda, ayniqsa O’zbekistonning hamdo’stlik davlatlari bilan aloqasini 

ko’rayotganda quyidagi omillarni hisobga olish kerak: 

1.  Hamdo’stlik mamlakatlari iqtisodiyoti tubdan o’zgarish yo’lidan bormoqda. 

Bunda bozor infrastrukturasi institutlarining yuzaga kelishi, iqtisodni boshqaruvchi yangi 

davlat mexanizmlarining paydo bo’lishi tabiiydir. MDH da ushbu jarayonlarning turlicha 

kechishi kuzatilmoqda. Mulkchilikning o’zgarishidagi muhim yo’nalishlardan biri 

mulkni yangi shakllarini davlat  tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdir. 

Xususiylashtirilgan korxonalar tarkibida savdo sotiq korxonalari asosiy o’rinni egallaydi. 

Umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari ham katta 

ko’rsatkichni tashkil qiladi. Ayni paytda bunday korxonalar hissasi Belorus, Qozog’iston 

va Moldavada 48-50%, Qirg’iziston va Rossiyada 57-59%. Ukrainada 66%, Gruziyada 

79%, O’zbekistonda 85% ni tashkil qilar ekan. 

O’tish davrining murakkabligi, iqtisodiy rivojlanishning turli sharoitlar va resurslar 

bilan taminlanganligi,  savdo-sotiq va to’lovlarning o’zgaruvchanligi iqtisodiy 

integratsiya jarayoniga tasir qilmay qolmayapti. 

2. Sobiq İttifoq parchalanib, mustaqil davlatlar tashkil topganga qadar MDH dek 

xalqaro tashkilot tuzilishi tarixda ko’rilmagan, bugungi kunda bu tashkilotga oldin bir 

davlat bo’lgan o’n ikkita respublika kirgan. Bu esa mehnat taqsimotida o’ziga xos 

noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda, binobarin og’ir sanoat Boltiqbo’yi va Belorus 



 

85

davlatlarida rivojlangan bo’lsa, unga xom-ashyo Sibir, Qozog’iston va O’rta Osiyo 



respublikalaridan keltirilgan, bu esa ishlab chiqaruvchi uchun ham, etkazib beruvchi 

uchun ham noqulay bo’lgan. 

İttifoq tugatilgandan so’ng bazi davlatlar zarur xom-ashyo qazib olishda va kerakli 

mahsulot ishlab chiqarishda yakka xokim bo’lib qoldilar. Rossiya hisobiga neft (gaz 

kondensatini hisobga olgan holda) qazib olishning 90 foizi, gazning 75 foizi yog’och 

mahsulotlarning 91 foizi, qog’oz va yog’ochning 80 foizi  to’g’ri kelar edi. Ukrainaga   

umumittifoq  miqiyosida metal,  prokat, metal quvurlar ishlab chiqarishning 60-65 foizi, 

O’zbekistonga paxta etishtirishning 60 foizi to’g’ri kelgan. 

MDH doirasidagi o’zaro aloqalarning muvffaqiyatli bo’lishi ixtisoslashtirish  darajasi 

va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kabi omillarga bog’liqdir. 

Shubhasiz, MDH davlatlari aloqalarining ko’p tomonlamaligi, iqtisodiy va siyosiy 

muammolarni hal qilishning ko’p qatlamligi hududiy va mahalliy ishlab chiqarish 

aloqalarning rivojlanishiga tasir ko’rsatadi. 

Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarning yangi shakllari qidirilmoqda. Bu avvalo 

moliyaviy-sanoat guruhlarini   (MSG) yoki  xalqaro moliyaviy-sanoat guruhlari 

(XMSG)ni  vjudga keltirishda o’z aksini topmoqda.   

İqtisodiy guruhlarni tuzishdan maqsad MDH ishtirokchilarining milliy iqtisodiy 

imkoniyatlarini kengaytirish yangi bozorni o’zlashtirish, uni yuksaltirishdan iboratdir. 

XMSG ishlab chiqarilgan mahsulotlarni va moliyaviy mablag’larning bozorda 

aylanishini jadallashtirishni taminlaydi.   

1992 yildan boshlab O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi davlatlararo savdo-sotiq, 

iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama kelishuvlar asosida olib borilmoqda. 

Biroq O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi aloqalar har doim bir xil bo’lgan emas . Bu 

avvalo paxta tolasini sotishga tegishlidir. So’ngi yillarda O’zbekiston paxta tolasini 

Rossiyaga eksport qilishda barter (almashuv) va kliring (naqd pulsiz) kelishuvlari asosida 

olib bormoqda. Tovar ayriboshlashdagi bunday munosabat O’zbekiston uchun noqulay, 

chunki mamlakat tashqi savdosidagi moliyaviy harakatni qiyinlashtiradi va o’z navbatida 

paxtani qayta ishlashga, agrosanoat majmuasi faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatadi. 

İmport qiluvchi tomon ham paxta tolasini to’qimachilik korxonalariga etkazishda 

muammolar keltirib chiqarmoqda. Ular mablag’ni tez aylantirish maqsadida paxta 

tolasini uchinchi tomonga sotmoqdalar (1996 yilda Rossiya 70% o’rta Osiyodan olgan 

paxta tolasini AQSh davlatiga eksport qilgan). Albatta dunyo bozorida paxta-tolasini 

ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun, shu qatori O’zbekiston uchun ham Rossiya raqib 

bo’ladi. O’zbekiston Rossiya Federatsiyasiga paxta-tolasini sotishdan kecha olmaydi, 

chunki mazkur davlat hissasiga eksport qilinadigan tolaning 50 foizi to’g’ri keladi. 

 Bu muammoni hal qilish uchun Respublikada paxta tolasini qayta ishlovchi 

korxonalarni rivojlantirish bilan chegaralanib qolmasdan, balki Rossiyadagi qator 

to’qimachilik va tikuvchilik korxonalarini ham sotib olish kerak. Yani yagona struktura 

yaratish kerakki u O’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarni ham, mahsulot istemolchilarni 

ham, mahsulotini bozorga chiqishini taminlovchilarni ham qamrab olsin.  

  

4. Tashqi iqtisodiy aloqalarning geografik xususiyatlari 

 

Mustaqillik sharofati ila iqtisodiy-ijtimoiy va manaviy hayotimizda o’ziga xos milliy 

mazmun kasb etuvchi. ajdodlarimiz asriy orzusi sifatida o’z fursatini kutib kelayotgan tub 

o’zgarishlar davrining guvohi bo’layapmiz. Bu o’rinda barcha o’zgarishlar asosi iqtisodiy 

islohotlar ayniqsa sezilarli bo’layotganligini takidlab o’tish zarurdir. Respublikamizda 


 

86

tashqi faoliyat, avvalambor tashqi iqtisodiy aloqalarning yo’nalishlari, tovar ayirboshlash, 



sarmoyalar hajmini ko’paytirish hamda valyuta operatsiyalarini chuqurlashtirish yo’lida 

dastlabki yillardanoq muvaffaqiyatli ish olib borilganligining guvohimiz. 

O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishni va amalga oshirilayotgan islohatlar samarasini 

jahonning rivojlangan davlatlari yuqori baholamoqda, Buning boisi, mamlakatimizdagi 

mavjud siyosatning tinchlik va o’zaro manfaatli hamkorlik homiysi ekanligi, o’zining 

qulay geografik o’rniga, noyob va boy xom ashyo manbalarining ko’pligi, mavjud 

qazilmalarni o’zlashtirish imkoniyatlarining qulayligi bilan asoslanganligidir.  

O’zbekiston o’zining mustaqilligi yillarida jahon ham jamiyatiga qo’shilish 

jarayonini faol davom ettirdi. Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatining strategik 

manfaatlarini taminlovchi, dunyoning ko’pchilik  regionlaridagi davlatlar bilan iqtisodiy 

aloqalarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga qaratilgani holda jahon xo’jaligining 

geografik «Modeli» va xalqaro geografik mehnat taqsimotining ko’p yillik tajribalarida 

sinalgan qonuniyatlari asosida o’z tashqi iqtisodiy munosabatlarini shakllantirmoqda. 

Bugungi kunda jahon xo’jaligi aloqalari shunday darajaga etdiki, keyingi yillarda 

qitalararo tovarlar eksporti va importida mamlakatlar faolligi bir necha hissaga ortib ketdi 

va shu o’rinda davlatlarning iqtisodiy geografik o’rni rivojlanish va tashqi iqtisodiy 

aloqalarning muhim omiliga aylanib qoldi. 

Uning muhim jihatlari birinchidan davlatlarning geografik joylashuvi; ikkinchidan, 

tabiiy sharoiti va resurslari; uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish darajasi, 

xo’jaligining tuzilishi, mehnat resurslari, tarixiy ananalari va boshqa xususiyatlari bilan 

bog’langan bo’lib alohida xududlar dirasida bir-biridan farq qiladi. Bu o’rinda 

mamlakatdagi mavjud tarmoqlar o’zidagi mavjud resurslar, imkoniyatlari, ishlab 

chiqarish xususiyatlari va jahon andozalari talablarini etiborga olgan xolda, hamkor 

tanlashi mamlakatlar o’rtasidagi muammolarning betaraf etish va iqtisodiy hamkorlikni 

rivojlantirish uchun xizmat qiladi. 

İntegratsiyaning xolisligi tarixiy, geografik, iqtisodiy va boshqa omillarni 

umumiyligidadir. Evropa bankining bahosiga ko’ra yillik qayta qurishdan so’ng «oldingi 

ittifoq respublikalari regioni uzluksiz iqtisodiy pasayishdan so’ng, krizis chizig’idan 

chiqib, 1997 yildan ijobiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. 

Yalpi milliy mahsulot (YaMM) tushishi sekinlashdi, milliy valyutaning muomala 

qiymati o’sdi, mahsulot eksporti va xizmat ko’rsatish tizimi yuksaldi. Evropa qayta 

tiklash va rivojlantirish banki fikricha 1998 yilda O’zbekiston, Qirg’iziston, Ozarbayjon 

va Gruziya davlatlarida  iqtisodiy o’sish yuzaga keldi. 

MDH –yosh tashkilot va unda ko’plab o’zaro aloqalar endi rivojlanmoqda iqtisodiy 

aloqalarni chuqurlashtirish, uzoq muddatli xamkorlik, ko’ptomonlama aloqalarni 

rivojlantirish. hamdo’stlik davlatlarining asosiy maqsadi va istagidir. 

1999 yilni MDH davlatlaridan 5 tasida ishlab chiqarish hajmi (Armaniston 5.1%, 

O’zbekiston 4.3%, Tojikiston 3,6%, Ozarbayjon 2,3%, va Belorusda 0,1%ga o’sganligi, 6 

tasida (Ukrainada 0,4%, Qirg’izistonda 2,2%, Qozog’istonda 3.5%, Rossiyada 4,9%, 

Gruziyada 14,6% va Moldovada 18%ga) pasayganligi kuzatildi. 



 

 

 

87

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 

1.  Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qachon tuzilgan va uning vazifalari nimalardan iborat? 

2.  O’zbekistonda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlik tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida 

qanday o’rin tutadi? 

3.  O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarga doir qanday qonun va qarorlar qabul qilingan? 

4.  O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari ko’proq qaysi regionlar bilan kechmoqda? 

5.  Sizningcha tashqi iqtisodiy aloqalarda qaysi tarmoqlar istiqbolli va raqobatbardosh mahsulot 

ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega? 

6.  Dunyoning yozuvsiz xaritasiga O’zbekiston bilan iqtisodiy aloqadagi davlatlar tashqi savdo 

aloqalari tartibi va miqdorini belgilang. 

7.  Tashqi iqtisodiy aloqalardagi ustivor yo’nalish va geografik jihatlarni asoslang. 



 

Adabiyotlar ro’yxati. 

1.  Karimov İ.A. O’zbekiston – milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: O’zbekiston, 1996. 

2.  Karimov İ.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.:  O’zbekiston. 1995.. 

3.  Chjen V.A., Maqsudov F.N., Karimova G.İ., Perper M.M. Bozor va ochiq iqtisodiyot. T.: 1996. 

4.  E.Nabiev, A.Qayumov. «O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati». T.: O’zbekiston, 2000. 

 


 

88

 



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling