Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


O’zbekistondagi eng yirik GESlar


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana17.02.2017
Hajmi0.79 Mb.
#615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

O’zbekistondagi eng yirik GESlar. 

Nomi O’rnatilgan 

quvvatlar MVt 

Turbina-lar 

soni 

Qurilgan 



yillari 

Suv 


manbai 

Chirchiq GES 

620,5 



1970-1972 



Chirchiq 

Xo’jakent GES 

165 



1976 



Chirchiq 

G’azalkent GES 

120 



1980-1981 



Chirchiq 

Farhod GES 

126 



1948-1949 



Sirdaryo 

Yo

qilg’i sanoati. 

Mamlakatimiz yoqilg’i sanoati er qaridan topilgan va qazib olinayotgan ko’mir, neft, 

tabiiy gaz konlari negizida shakllandi va rivojlanib bormoqda. O’zbekistonda 160ga 

yaqin neft-gaz koni topilgan, ularning 115 tasi Buxoro-Xiva geologik provintsiyasida, 27 

tasi Farg’ona vodiysida, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Konlarning 

ggaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va naft-gaz kondensatli turlari 

mavjud. Hozir 71 neft, gaz va gaz-kondensat konlari ikki ko’mir konidan 

foydalanilmoqda 50 dan ortiq neft, gaz va gaz kondensat koni esa yaqin kelajakda ishga 

tushirish uchun tayyorlab qo’yilgan.  

Respublika yoqilg’i sanoati O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmuining asosiy 

tarmog’ini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg’i qazib olish, neft mahsulotlari ishlab 

chiqarish korxonalaridan iborat. Ular xalq xo’jaligining barcha bo’g’inlarida xizmat 

ko’rsatadi. Uning yirik korxonalari Toshkent, Buxoro, Farg’ona, Surxondaryo, 

Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan. Respublika sanoat mahsulotining umumiy 

hajmida yoqilg’i energetika majmui mahsulotlari hajmi 26,8%ni tashkil etadi. Mamlakat 

sanoatida band bo’lgan ishchi-xizmatchilarning neft-gaz-kondensat konining ochilishi va 

unga tushirilishi bilan neft sanoatining yoqilg’i sanoat majmuidagi mavqesi ortib 

bormoqda.  



Neft sanoati. 

Respublikada ilk bor neft koni 1904 yilda (Farg’ona vodiysidagi Chimyon neft 

konida 278 m chuqurlikdan sutkasiga 130 tonna neft olingan) ochilgan. Shu yili 

Vannovsk (Oltiariq) temir yo’l stantsiyasida neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 

So’ngra- Farg’ona botig’ida Seldoxo yorkushton konlari osildi. Neyat-Vannovsk neft 

quvuri qurildi, neftni qayta ishlash zavodi kengaytirildi. Ana shu davrda rus va chet el 

kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni to’la o’z 


 

69

nazoratiga oldi. O’zbekistonda 1913 yilda jami 13 ming tonna neft qazib olindi. İkkinchi 



jahon urushi yillarida yangi (Farg’ona vodiysida, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, 

Andijon) neft konlari ochildi. 1959 yilda Surxondaryo va Farg’ona vodiysida 9 ta neft 

konining o’zidan 1460 ming tonnadan ziyod neft olindi. 

Ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida 70-yillar boshidan neft qazib 

olish kamaydi. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazish o’zlashtirildi. 

Voruxda 5200 metr, Gumxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m 

o’ta chuqur neft quduqlari o’zlashtirildi. 

1985 yili Buxoro-Xiva provintsiyasida yirik neft-gaz kondensatli Ko’kdumaloq koni 

ochildi. 1993 yili Mingbuloq tuzilmasidan neft otilib chiqdi. Hozir O’zbekiston neft 

sanoati xalq xo’jaligining neftga bo’lgan talabini qonlirish imkoniyatiga ega. 



Neftni qayta ishlash sanoati. 

Hozir Respublikada bu sohada Buxoro, Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash 

zavodlari ishlab turibdi. Farg’ona zavodi yonilg’i va surkov moylari ishlab chiqarishga 

ixtisoslashgan. Olitariq zavodi yonilg’i ishlab chiqaradi. Ko’kdumaloq neft-gaz koni 

ochilgandan so’ng Frantsiyaning TEKNEP firmasi bilan birgalikda 1993 yilda Buxoro 

viloyatining Qoravulbozor tumanida neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlanib, bir 

yilda 2,5 mln. Tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan korxona 

barpo etildi va birinchi navbatda 1997 yil avgustda ishga tushirildi. Respublika, neft 

mustaqilligi taminlab, korxonalar o’rtacha bir yilda 11 mln. Tonna neftni qayta ishlash 

imkoniyatiga ega. 



Gaz sanoati. 

Tarmoqning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi xissasi 87,2% 

tashkil etadi. Sanoat usulida qazib chiqarish asosan 50-60 yillarda boshlandi. Qazib olish 

sanoati joylashgan asosiy rayonlar- Farg’ona va Surxondaryo viloyatlari, Buxoro, 

Qashqadaryo hamda Qoraqalpog’iston respublikasidir. 50 yillar oxirida Jarqoq-Buxoro-

Samarqand-Toshkent magistral gazaprovodi qurilishi bilan respublika sanoat markazlari, 

shahar va qishloqlarni gazlashtirish boshlandi. 1862 yil Gazli koni ishga tushirildi va 

magistral gazoprovodlar qurilib O’zbekiston gazi Sobiq ittifoqning Evropa qismi, Ural, 

Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojtkiston, Boltiq respublikalariga va boshqa hududlarga 

uzluksiz jo’natib turildi. Nihoyatda qisqa muddatlarda Buxoro-Ural, O’rta Osiyo-Markaz, 

Buxoro-Toshkent-Frunze-Olmaota gazoprovodlari qurib foydalanishga topshirildi. 1970 

yilga kelib respublika jami 32 mlrd.m

3

 gaz qazib olindi. 



Bizda tabiiy gaz murakkab geologik qatlamlarda (3500 m va undan chuqurda, bosim 

600 (atmosferagacha) joylashgan bo’lib tarkibida vodorod sulfid (6% ga qadar), kordanad 

kislota kabi agressiv aralashmalar bo’lgan) konlarni ishga tushirishda bir qancha ilmiy-

texnikaviy muammolarni hal qilishga to’g’ri keladi. 

Respublikamizda eng yirik bo’lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi 

navbati 1972 yil ishga tushirilib, gazni aralashmalarda tozalash imkoniyatlari yaratildi. 

Hozir respublikamizda yiliga Muborak zavodida, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida 

hamda Sho’rtang gaz majmuasida 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab 

chiqarilmoqda. 

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga 

bo’lgan ehtiyojini o’z resurslari hisobiga qondirish asosiy masala bo’lib qoldi. 1991 yili 

O’zbekiston neft va gaz sanoati davlat kontserni tashkil etildi, keyinroq 1992 y. Kontsern 

negizida O’zbekiston neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi ("O’zbekneftgaz") tuzildi. 


 

70

Korporatsiya tarkibida tsirik birlashma va boshqarmalar hamda korxonalar faoliyat 



ko’rsatib kelmoqdalar. Korporatsiya qator xorijiy mamlakatlarning eng yirik firmalari 

bilan xamkorlik qilmoqda. 



Ko’mir sanoati. 

Mamlakatimizda ko’mirni sanoat usulida qazib olish 1930 yillar oxiridan boshlangan. 

Toshkent viloyati Ohangaron vodiysida Angern qo’ng’ir ko’mir, Surxondaryo viloyatida 

Sharg’un, Boysun toshko’mir konlari bor. Angren konidan 40 yillarda ko’mir ochiq va 

yopiq usulda qazila boshlandi. Sharg’un shaxtasida {riltosh fabrikasi (yillik quvvati 150 

ming t.) ishlaydi. 

Respublikamizda 1950 yilda 1,4 mln.t. ko’mir qazilgan bo’lsin 1990 yilga kelib 6,4 

mln. t.ga etdi. Bu ko’rsatkiya keyingi yillarda pasayib 1997 yilda 3 mln.ga tushib qoldi. 

Respublika mustaqillikka erishgandan keyin O’zbekiston ko’mir konlari negizida 

"Ko’mir" ko’mir qazib olish va sotish (1994 yil) aktsiyadorlik tuzildi. 



Metallurgiya sanoati. 

Sohani mamlakatimizda rivjlana boshlagani 4 ming yillik tarixga ega. Qadimda mis, 

oltin, qalay, kumush va boshqa metallarni eritishi va q yishi va qizdirib ishlatish bo’lgan. 

Chirchiq, Farg’ona, Zarafshon, Ohangaron shaharlarida misgarlik, zargarlik, temirchilik 

rivojlangan. Yagona Beobod shahridagi metallurgiya shahridagi qora metallurgiya 

sohsida faoliyat ko’rsatuvchi korxonadir. Bu erda asosan metal chiqindilari eritilib po’lat, 

cho’yan, quvurlar, po’lat prokat ishlab chiqariladi. Korxonada dastlabki mahsulot 1944 

yilda olingan. Zavodda asosiy mahsulotdan tashqari 50 dan oshiq turdagi xalq istemoli 

buyumlari ham ishlab chiqariladi. 

Metallurgiya sanoatining etakchi tarmog’i rangli metallurgiya hisoblanadi,soha 1930 

yillarda mahalliy mineral xom ashyo resurslari negizida shakllana boshlanadi. 

O’zbekistonda rangli kamyob va qimmatbaho metallar(oltin, mis, qo’rg’oshin, volfram, 

simob, molibden, va boshqalar) konlari, Obiraxmat, Oqtuz, Taqob,Qo’ytosh, 

Burchmullo,  İngichka, Langar rangli metallar, Ko’k patas, Qizilolmalisoy, Kauldi, 

Chodak, marjonbuloq, Zarmiton oltin, Qalmoqqir mis, Oltintopgan, Qo’rg’oshinkon 

qo’rg’oshin ruh konlari va boshqalar topilib, ular sanoat miqyosida o’zlashtirilib, tarmoq 

shakllanib mamlakatimiz rangli metallar ishlab chiqarish bo’yicha jaxonda yuqori 

o’rinlardan birini egalladi. 

Oltin qazib olish va undan taqinchoqlar, zargarlik buyumlari bezaklar yasash 

O’zbekiston qadimdan mavjudligi arxeologik topilmalardan malum. Erkin uchraydigan 

oltin konlari o’zlashtirishga qadar oltin asosan sochma konlarda juda eski usullurda - 

qo’yterisi qoplangan yog’och tog’aralarda oltin zarrali qumlarni yuvib, ajratib olingan. 

Bunday qumlar X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, So’x, Darvoz, Zarafshon 

daryolari vodiylarida bo’lganligi haqida malumotlar bor. 

Shu bilan birga erkin uchraydigan oltin o’rta asrlarda Chotqol-Qurama, Nurota 

tog’larida, markaziy Qizilqumdagi konlarda qazib olingan. Bu konlar laximlari hozir ham 

bor. 

O’lkamiz mineral hom-ashyo resurslarini o’rganishda jonlanish 1880 yillarda Rossiya 



imperiyasi bosib olgan davrda yuz berdi. Oktyabr to’ntarishigacha Chirchiq-Pskom va 

Chotqol daryolari vodiylarida oltin izlovchilar korxonalari oltin olish bilan 

shug’ullanganlar, 1913-17 yillarda Obiraxmat darasi (Toshkent viloyati) oltin konidan 

foydalanilgan. 

Mamlakatimiz mineral hom-ashyo aniqlash va uni qazib olib tashib ketish Oktyabr 

to’ntarishidan keyin ham davom etdi. 



 

71

Urush yillari oltin izlash va uni qazib olish jadal olib borildi. 50-yillarda konlarni 



izlash bo’yicha tadqiqotlar natijasida Marjonbuloq, Kauli, Qizilolmalisoy, Sarmich, 

Qoraqo’tan, Bichanzor, Pirmirob, Kuchbuloq, Go’zaksoy, Muruntov, Charmiton va 

boshqa rudali oltin konlari topildi. 1965 yilda "O’zbekoltin" birlashmasi tashkil etildi. 

1970 yil Chodak, 1972 yil Kuchbuloq, 1977yil Kauli, 1980 yilda Marjonbuloq, 1989 

yilda Zarmitan va Qizilolmalisoy konlari ishga tushirildi. 

O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilan xukumat tashkiliy choralarni ko’rdi. " 

O’zbekiston" birlashmasi negizida O’zbekiston respublikasining qimmatbaho metallar 

davlvt qo’mitasi tashkil etildi(1992y). Bu qo’mita 1994 yil "O’zolmosoltin" uyushmasiga 

aylantirildi. İkkinchi yirik markaz "Qizilqumkamyobmetaloltini" kontsernidir. 

1993 yil Zarafshonda tashkil etilgan oltin qazib olish bo’yicha O’zbekiston  AQSh 

"Zarafshon-Nyument"qo’shma korxonasi 1995 yilningmay oyida mahsulot bera boshladi. 

Buyuk Britaniyaning "Lonro"firmasi bilan hamkorlikda markaziy qizilqumda oltin 

rudalari konini ishga tushirish va oltin ajratib olish bo’yicha katta q shma korxona 

"Almantaytu Goldfilda" loyihasi amalga oshirildi. 

 Qo’rg’oshin, mis, rux sanoati asosan Ohangaron-Olmaliq kon-sanoat rayonida 

shakllangan. Asosiy korxona Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidir. 

Volfram va molibden sanoatning yirik korxonasi O’zbekiston qattiq qotishmalar va  

o’tga chidamli metallar kombinati (Chirchiq)dir. Korxona ingichka volfram (Samarqand) 

va Qo’ytosh volfram-molibden (Jizzax) konlari rudalar asosida ishlaydi. Kombinat 

mahsulotlari (100 turdan ortiq) po’lat eritish, kon burg’ulash, elektrotexnika sohalarida 

keng qo’llaniladi. Kombinatda 1996 yilda Respublika ehtiyojlarini to’la qoplaydigan 

elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.  



Mashinasozlik sanoati 

Tarmoqning dastlabki korxonalari O’zbekistonda 20 yillarda shakllandi. Metallga 

ishlov berish, tamirlash ustaxonalaridan iborat. Toshkentda 1927 yilda mexanika zavodi 

(hozirgi "Qishloqmash") ishga tushiriladi. 

Unda paxta tozalash zavodlari uchun asbob uskunalar ishlab chiqariladi. 1932 yil 

Ekskavator zavodi, -yillar oxirida "Komunar" (Andijon) "kolxozchi" (Samarqand), 

"bolshevik" (Qo’qon) zavodlari ishga tushirildi. Urushdan keyin irrigatsiya qurilish va 

paxtachilik mashinalari hamda to’qimachilik kimyo va xalq xo’jaligining boshqa 

tarmoqlari uchun yangi jihozlar ishlab chiqarila boshladi. 

Sanoat mahsulotlarining umumiy hajmida mashinasozlik sanoatining xissasi 1997 

yilda 12%ga chiqdi. 

Avtomobilsozlik. 

Bu tarmoq bizda asosan mustaqillikka erishganimizdan keyin, shakllana boshladi. 

"Uzavtomash" uyushmasi 1994 yilda tuzilib hozir uning sharoitda 18ta korxona va 

tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda. 1992 yilda "UzDEU" avto qo’shma korxonasi 1993 yil 

"avtoehtiyotqism" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ish boshladi. Samarqandda "Sam 

Koch-avto" ishga tushdi va yangi "UzavtoVAZ agregat" korxonalarida "LİAZ" (Rossiya) 

ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlikda avtobus va trolleybuslar ishlab chiqarish 

mo’ljallanmoqda. 1997 yilda O’zbekistonda 65 ming dona engil avtomobil ishlab 

chiqarildi. 

 

Qishloq xo’jaligi mashinasozligi. 

Tarmoqda 20% mashinasozlikning mahsulotini ishlab chiqariladi. Sobiq İttifoq 

respublikalari uchun g’o’za seyalkalari paxta terish mashimnalari, paxtachilikka 

moslashtirilgan chopiq traktorlarining asosiy qismi 1990 yillar boshigacha O’zbekistonda 

ishlab chiqarilgan.  



 

72

Hozir mamlakatimizda juda ko’plab qishloq xo’jaligi uchun mashina va ehtiyot 



qismlar ishlab chiqaruvchi quyidagi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda: TTZ, 

Toshqishloqmash, Agregat zavodi, "Uzitalmator", Chirchiq qishloq xo’jalikmash, 

Bog’dorchilik mashinasozligi zavodi, "O’zqishloqloqxo’jalikxolding" kompaniyasi bilan 

birgalikda 7 ta qo’shma korxona . 



To’qimachilik mashinasozligi. 

Mahsulotlari "O’zbekto’qimachilikmash" birlashmasida ishlab chiqariladi. Birlashma 

tarkibida "ToshTo’qimachimash", "Qo’qonTo’qimachimash" Gagarin kukun 

mahsulotlari zavodi (Jizzax). Toshkent maxsus to’qimachiligi Konstruktorlik byurosi 

ishlab turibdi. 

Radioelektronika, elektrotexnika sanoati. 

Tarmoq asosan urush yilarida shakllana boshladi. Kabel zavodi "Faton" (lampa, 

generatorlar, radiolampalar) Chirchiq transformator zavodi mahsulot berdi. Urushdan 

keyin "Mikont" (radiodetallar, shisha izolyatorlar) ishga tushdi. 1982 yil Algoritm 

(EHMlar) ishga tushdi. Undan keyin "Zenit", so’ngra bu zavodda qo’shma korxona 

(Jan.Koreyaning "Goldstar" firmasi bilan videomagnitafon va videopleyerlar, Xitoyning 

Sintsiyan radio zavodi bilan hamkorlikda rangli telivizorlar ishlab chiqarila boshladi. 

Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotning 80-90% eksport qilinadi va 

20dan ortiq boshqa mamlakatlar (Jan.Koreya, AQSh, Turkiya, Rossiya, Singapur) 

firmalari bilan qo’shma korxonalar barpo etilagan. 



Samolyotsozlik. 

O’zbekistonda urush yillari jangovor samolyotlar ishlab chiqarilgan Toshkent 

aviayiya zavodi 1941 yilda barpo etilagn, zavodda İL-14, AN-22, İL-76,  İl-114 

samalyotlari ishlab chiqariladi. 1996 yildan "Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish 

birlashmasi" davlat AJ deb ataladi.  

 

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 



 

1. 


Sanoat tarmoqlari qanday guruxlarga bo’linadi? 

2. 


Undiruchi sanoat tarmoqlari qaysilar? 

3. 


Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari? 

4. 


Agrosanoat majmua qaysi tarmoqlarni o’z ichiga oladi? 

5. 


©qilg’i-energetika majmuiga kiruvchi asosiy tarmoqlarni tariflang? 

6. 


Mustaqillik yillarida sanoatimizda qanday yangi tarmoqlar vujudga keldi? 

7. 


Sanoat tarmoqlari tuzilmasini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari qaysilar? 

 

  O’zbekiston qishloq xo’jaligi geografiyasi. 

Reja: 

1.  Qishloq xo’jaligini mamlakat xalq xo’jaligida tutgan o’rni va ahamiyati. 

2.  Qishloq xo’jaligida yangi xo’jalik yuritish shakllari. 

3.  Qishloq xo’jaligining moddiy texnika bazasi. 

4.  Qishloq xo’jaligi er fondi va asosiy tarmoqlarining joylashishi. 

1.Qishloq xo’jaligining mamlakat xalq xo’jaligida tutgan  

o’rni va ahamiyati 

Qishloq xo’jaligi respublika xalq xo’jaligining eng muhim va yirik tarmog’i, aholini 

oziq-ovqat mahsulotlariga, engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining xom-ashyoga 

bo’lgan talabini qondiradi. Qishloq xo’jaligi o’simlik va hayvonot mahsulotlarini 

dastlabki va to’liq qayta ishlashning turli jarayonlarini ham o’z ichiga oladi va xalqning 

moddiy farovonligini taminlashda muhim ahamiyatga ega. 

Qishloq xo’jaligi ichida mamlakatning iqlim, er-suv va mehnat resurslaridan hamda 

xalqning asrlar davomida to’plagan dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish 



 

73

negizida paxtachilik etakchi tarmoqqa aylandi. Ayni paytda g’allachilik, sholikorlik, 



kanopchilik, lavlagikorlik, mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalari, 

chorvachilikning qoramolchilik, qo’ychilik, xususan qorako’lchilik, echkichilik, 

parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik, pillachilik sohalari ham asosiy 

tarmoqlarga kiradi. 

O’zbekiston jahonda  yalpi  paxta  hosili  etishtirish  bo’yicha 4-o’rinda, paxta tolasi 

eksporti bo’yicha 2-o’rinda (AQShdan keyin) turadi. Respublika aholisining 60% dan 

ziyodrog’i qishloq joylarda yashaydi. Yalpi ichki mahsulotning 26,8%i qishloq 

xo’jaligiga to’g’ri keladi. 3,8 mln. kishi yoki respublika xalq xo’jaligidagi ish bilan band 

bo’lganlarning 43,7%i qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qiladi. 

Respublika qishloq xo’jaligida mulkchilik shakllariga ko’ra kooperativ (jamoa 

xo’jaliklari, xo’jaliklararo korxonalar, shirkat uyushmalari, davlat xo’jaliklari negizida 

tashkil etilgan xo’jaliklar, jamoa mulkiga aylantirilgan fermalar va boshqalar), davlat 

(davlat xo’jaliklari, naslchilik zavodlari, o’quv tajriba hamda tajriba xo’jaliklari), xususiy 

(dehqon va fermer xo’jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar), aholining shaxsiy 

yordamchi xo’jaliklari mavjud. 

Respublika qishloq xo’jaligi mahsulotining 98,7%i iqtisodiyotning nodavlat sektorida 

ishlab chiqarilmoqda. Yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotning 60,3% i aholining shaxsiy 

yordamchi xo’jaligida, 35,8%i qishloq xo’jaligi korxonalarida va 3,9% i fermer 

xo’jaliklarida yaratilmoqda. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida 1043 jamoa 

xo’jaligi, 31090 dehqon fermer xo’jaligi, 444 shirkatlar uyushmasi, 270 chorvachilik 

aktsiyadorlik jamiyati, 87 ijrachilar uyushmasi, 288 davlat xo’jaligi, 155 xo’jaliklararo 

korxonalar, 764 xususiylashtirilgan fermalar, 751 qurilish tashkilotlari ishlamoqda. 

Respublika bo’yicha fermerlarga birkitilgan er maydoni 665,7 ming gektarga teng bo’lib, 

har bir fermerga o’rtacha 21,4 ga. er maydoni to’g’ri keladi. 

O’zbekiston dunyoda dehqonchilikning eng qadimgi makonlaridan biridir. 

O’zbekiston hududida g’o’za million yil avval VII-VI asrlardan beri etishtirib 

kelinayotganligi malum. Xususan O’rta Osiyoda bundan qariyb 3 mln. yil avval g’alla 

ekinlari, sholi, kunjut, qovun va boshqa ekinlar o’stirilgan. 

XX asrning 20-yillarida O’zbekistonda ham er-suv islohatlari o’tkazildi, dehqon 

xo’jaliklarini amalda majburiy bo’lgan kollektivlashtirish boshlandi. Mamlakat qishloq 

xo’jaligida asrlar davomida shakllangan ukladlar tubdan o’zgartirilib, qishloqda yirik 

davlat xo’jaliklari tuzildi va yakka dehqon xo’jaliklari asta-sekin kollektiv xo’jaliklariga 

birlashtirildi. 

Birinchi 5 yillik deb atalmish davrda sobiq İttifoqning paxta mustaqilligi taminlandi. 

1,2 mln tonna paxta xom-ashyosini yoki jamiga nisbatan 65 %ini O’zbekiston etkazib 

berdi. 


Respublika qishloq xo’jaligida paxta yakka hokimligini qaror topishi oqibatida 1987 

yilga kelib 2107,7 ming gektarga yoki sug’oriladigan ekin maydonining 60% dan 

ko’prog’iga paxta ekildi. Natijada ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi izdan chiqdi, 

mineral o’g’irlar, gerbitsidlar, ayniqsa inson salomatligiga zararli bo’lgan butifos 

ishlatilishi natijasida dehqonchilik qilinadigan joylarda ekologik sharoitlar buzildi. 

2. Qishloq xo’jaligida yangi xo’jalik yuritish shakllari 

 

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin  mamlakat qishloq xo’jaligida chuqur 



islohatlarni amalga oshirish davri boshlandi. 

Respublika hukumati mamlakat iqtisodini eng muhim tarmog’i bo’lgan qishloq 

xo’jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o’tish, 


 

74

mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon fermer xo’jaligi 



faoliyatini yo’lga qo’yish kabi masalalarni hal etishga etibor bermoqda. 

Respublika parlamenti qishloq xo’jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini 

yaratadigan qonunlarni qabul qildi. Jumladan “Er to’g’risida”, “O’zbekiston 

Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida”, “İjara to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi 

to’g’risida”, “Er solig’i to’g’risida” va h.k. 

1998 yil aprel oyida Oliy Majlisning XI sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston 

Respublikasining “Er kodeksi”, “Qishloq xo’jaligi kooperativi to’g’risida”, “Dehqon 

xo’jaligi to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlari qishloq xo’jaligida ko’p 

ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo’l ochdi. 

Birinchi navbatda paxta yakka hokimligini bartaraf etish va ekin maydonlari tarkibini 

ilmiy asosda tuzish tadbirlari ko’rildi. 

Respublikada g’alla mustaqilligini taminlash yo’lida katta dastur ishlab chiqildi va u 

bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmoqda. 

Paxta maydonlari qisqartirildi, tarkibiy tuzilishi o’zgartirilib, g’alla maydonlaining 

ulushi 40 % ga etkazildi va yiliga o’rtacha 4,0 mln. tonna g’alla tayyorlanmoqda. 

Qishloq xo’jaligi mahsuloti etishtirishda dehqonlarning shaxsiy tomorqa 

xo’jaliklariga 500 ming ga. dan ko’proq hosildor er ajratib berildi, uning umumiy 

maydoni 750 ming gektarga etkazildi. 

Qishloq xo’jaligi sohasidagi zarar ko’rib ishlayotgan davlat xo’jaliklari, iqtisodiy 

jihatdan o’zini oqlamagan xo’jaliklar xo’jalik yuritishning shirkatlar, ijarachilar 

uyushmalari, xususiylashtirilgan fermalar kabi iqtisodiy samarasi ko’proq shakllarga 

o’tkazildi, jamoa xo’jaliklari rivojiga sharoit yaratildi. Bankrotlik yoqasida turgan 

korxonalar uchun sanatsiya choralari ko’rildi. Davlat xo’jaliklari mulkchilikning boshqa 

shakllariga o’tkazildi. İslohatlarning birinchi bosqichida qishloqda fermerlar va dehqon 

xo’jaliklari paydo bo’ldi. Respublika 2000- yil oxirida 30 mingdan ortiq fermer xo’jaligi 

ishladi. 

Respublika Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi “İqtisodiy islohotlarni yanada 

chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish 

chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995 yil 24 martdagi ”Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish 

va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida” va boshqa 

qarorlari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor tamoyillarining erkin ishlashi 

uchun shart-sharotlar yaratish, xo’jaliklarni nodavlat shakllariga aylantirish, 

mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoa mulki qilib berish yo’li bilan qishloq 

xo’jaligida islohatlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon va fermer xo’jaliklari ishini 

yo’lga qo’yishga keng imkoniyatlar ochib beradi. 

Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish bo’yicha O’zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18-martidagi Farmoniga muvofiq respublika 

komissiyasi tuzilgan. Darhaqiqat qishloq xo’jaligida islohatlar chuqurlashmas ekan, 

iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham bu masalani hal etish oson ko’chmaydi. 

İ.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 

shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida takidlaganidek: “Hozirgi vaqtda aynan 

iqtisodiyotning agrar sektorida katta-katta zaxiralar mavjud. Ularni ishga solish yaqin 

vaqt ichidayoq sezilarli natija berishi mumkin. Bugun iqtisodiy o’zgarishlarning yakuni, 

barqarorlik va xalq farovonligi ko’p jihatdan tub o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni 


 

75

qanchalik qamrab olishiga, qishloqda islohatlar qanchalik chuqur borishiga bog’liq 



bo’ladi”.

5

 



Qishloq xo’jaligini rivojlantirish imkoniyatlari sanoatda, umuman iqtisodiyotda 

mujassamlashgan. Qishloq xo’jaligini jadal olg’a siljitish uchun juda katta miqdorda 

moliyaviy resurslar zarur. Bu resurslarni xorijiy davlatlardan yoki mamlakat ichkarisida 

ishlab topilishi, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz olish hisobiga amalga oshirilishi 

mumkin. Qaysi yo’lni tanlashni, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, o’sha davlatning 

o’zi hal qiladi. Deyarli barcha mamlakatlarda, hatto rivojlangan mamlakatlarda ham 

qishloq xo’jaligi norentabel hisoblanadi, shuning uchun ham davlatdan ko’mak oladi. 

Qishloq xo’jaligiga yordam ko’rsatish uchun, avvalo umumiy iqtisodiyotda, sanoatda 

jiddiy o’zgarishlar, siljishlar yuz berishi kerak. 

Jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, sanoatsiz qishloq 

xo’jaligini rivojlantirib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligi barcha xalq xo’jaligi tarmoqlari eng 

avvalo, sanoat bilan bog’liq. U hozir sanoatdan boshlanib (ishlab chiqarish vositalari, 

mineral o’g’itlar ishlab chiqarish), sanoat bilan tugallanadi (etishtirilgan xom ashyo va 

mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotga aylantirish). Bu ikki tarmoq o’rtasidagi 

aloqa vertikal integratsiya yoki agrosanoat integratsiyasi jarayoni bo’lib, borgan sari 

chuqurlashib boraveradi. 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 avgustdagi qarori 

asosida qabul qilingan va tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari kontraktatsiya 

shartnomalarini tuzish va bajarish shartlari to’g’risida”gi Nizom mahsulot ishlab 

chiqarish bilan istemolchilar o’rtasidagi munosabatlarni bozor talablariga javob 

beradigan bosqichga ko’tarishda dastlabki qadam bo’ldi. 

Qishloq xo’jaligi (jamoa xo’jaliklari, turli kooperativlar, qayta ishlash korxonalari)da 

mulkning muayyan qismini pay va ulush haqida xodimlarga biriktirib qo’yishga 

asoslangan xo’jalik yuritishning yangi shakllari asosida xo’jaliklarni yopiq turdagi 

aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish boshlandi. Bu tadbirlar esa xo’jalik yuritish 

mexanizmini takomillashtirishga, xo’jaliklarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga, 

qishloq mehnatkashlari turmush darajasini oshirishga hamda xo’jaliklarda qishloq 

xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga yo’l ochdi. Natijada qishloq 

xo’jaligida yalpi mahsulot etishtirishda pasayish holati to’xtatildi. Respublikada 1999 

yilda 4,0 mln t don, 0,7 mln t kartoshka, 0,4 mln t poliz, 0,8 mln t go’sht, 3,5 mln t sut, 

1075,3 mln dona tuxum etishtirildi. 

Hozir qishloq xo’jaligida band bo’lgan ortiqcha mehnat resurslarini sanoatga, xizmat 

ko’rsatish sohasiga jalb etish davlat agrar siyosatining g’oyat muhim yo’nalishi 

hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib sanoatda qishloq xo’jaligi taraqqiyoti uchun mustahkam 

negiz hozirlandi. Urushdan keyingi yillarda Germaniyada ham, Yaponiyada ham shunday 

yo’l tanlangan edi. 

Er davlatniki, er jamoa va davlat xo’jaliklariga foydalanish uchun berib qo’yilgani 

sababli, xarid narxini belgilash davlat monopoliyasi bo’lib keldi. Shuning uchun qishloq 

xo’jaligi mahsulotlariga belgilanadigan xarid narxlari uzluksiz ravishda industrial ishlab 

chiqarish vositalariga belgilanadigan sanoat ulgurji narxlaridan, ana shu qishloq xo’jaligi 

mahsulotlardan ishlab chiqariladigan xalq istemoli mollariga belgilanadigan davlat 

chakana baholaridan uzluksiz orqada qolib ketdi. 

Qishloq xo’jaligida xususiylashtirish, ayniqsa, erni sotish va sotib olish obektiga 

aylantirish masalasi ancha murakkab, etti o’lchab bir kesishni talab qiladigan, shoshma-

                               

5 И.А.Каримов “Ўзбекистон XXI аср бөсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 

кафолатлари”. Т.: Ўзбекистон, 1997 й. 133 бет 


 

76

shosharlikni xush ko’rmaydigan masaladir. Bizning sharoitimizda dehqonchilik asosan 



sug’orishga asoslangan, ekinga yaroqli er maydonlari ko’p jihatdan cheklangan, katta 

miqdorda ekiladigan texnika ekinlari – paxta kollektiv bo’lib mehnat qilishni taqozo 

etadi. Respublikada er kadastrini ishlab chiqilishi, erlar baholanishi kerak. Bular esa 

malum vaqt talab qiladigan katta yumushlardir. 

Yuqorida aytilgan fikrlardan shuni aytib o’tish kerakki, Prezident İ.A.Karimov 

shunday deb yozadi: “Qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohiblik 

hissini uyg’otish mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo’jaliklarning 

o’zida ijara munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo’jaliklarning o’zida ijara 

munosabatlarini chuqurlashtirish, erni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod 

foydalanishga berib qo’yish orqali, dehqon fermer hamda shaxsiy yordamchi 

xo’jaliklarni keng rivolantirish asosida ro’y berishi lozim”. 

Rivojlangan mamlakatlarda aholining 3-5%ini tashkil etadigan fermerlar oziq-ovqat 

mahsulotlari bilan o’z xalqini to’la taminlabgina qolmay, uni boshqa davlatlarga ham 

eksport qiladi.   

Qishloqda xizmat ko’rsatish sohasini etarli darajada tashkil etish zarur, davlat 

dehqonlardan yordamini ayamasligi lozim. 2000- yil yalpi  qishloq xo’jaligi 

mahsulotlarining 60,3% i aholi shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida etishtirildi. 


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling