Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat unversiteti


I.BOB. O‘rta Osiyo hayvonlarining tasnifi


Download 33.62 Kb.
bet2/8
Sana25.02.2023
Hajmi33.62 Kb.
#1230352
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O`rtа Оsiyo hay-WPS Office

I.BOB. O‘rta Osiyo hayvonlarining tasnifi.
I.1.Chala cho’l hayvonlari.
Yer sharini zoogeografik rayonlashtirish xaritasiga ko’ra, O’rta Osiyo hududi Palearktika oblastining Markaziy Osiyo kichik oblastida joylashgan. Uning hayvonot dunyosi biz chegaradosh O’rta dengiz, Yevropa, Sibir, Mo’g’uliston, Hindiston va Tibet faunasining vakillarini ko’plab uchratamiz.O’rta Osiyoda o’ziga xos endemik hayvon turlari ham anchagina. O’lka tabiati turli tuman bo’lganligi uchun uning hududida o’ziga xos turli tuman hayvonlarni uchratish mumkin. Ular o’lkada hududning zonal va regional xususiyatlariga mos tarqalgan.O’rta Osiyo hayvonlarga boy o’lka: bu yerda hayvon turlari ko’p, ular tekislik va tog’larda yashaydi. O’rta Osiyo hayvonlari asosan, dasht, cho’l va chalacho’l sharoitiga moslashgan bo’lib quruq va issiq yozga, sovuq qishga bardosh bera oladi, ular suvi kam o’simligi oz, qumli, gilli va toshli cho’llarda ham yashaydi. Shu sababli tez harakat qilishga, uzoq muddatli suvsiz yurishga odatlangan. Tog’ hayvonlari maxsus zoogeografik oblastni tashkil etib, vertikal mintaqalarda yashaydi. O’rta Osiyoda uning o’ziga xos endemik hayvon turlari bilan bir qatorda atrofidagi qo’shni o’lkalardan Eron hamda O’rta dengiz bo’yi mamlakatlaridan va Markaziy Osiyodan kirib kelgan hayvonlarning vakillari ham bor.Chala cho’l zonasida yozning issiq va quruq, qishning qattiq sovuq bo’lishi hayvonlarning yashash sharoitiga ta’sir etgan va natijada mavsumiy hayvon turlari vujudga keladi. Yozda janubiy issiq o’lkalarning hayvonlari masalan chayon, cho’l kaltakesagi va ba’zi parrandalar shimolga chala cho’lning uzoq ichki qismigacha kirib boradi va yangi mahalliy sharoitga moslanib, tusini o’zgartiradi, ko’pincha malla yoki qo’ng’ir tusga kiradi, ya’ni tuproq tusini oladi. Qish juda sovuqligi sababli chala cho’lda hayvonlar dashtlardagiga nisbatan oz bo’ladi, qishda ularning ko’pi uyquga kiradi, to’rg’ay, loyxo’rak kabi parrandalar boshqa yerlarga uchib ketadi. Chala cho’lda suv kam bo’ladi yoki bor suvni ham issiq va taxirligidan ichib bo’lmaydi, shuning uchun hayvonlar suvga tashnaliklarini turli yo’llar bilan qondiradilar. Masalan, oqquyruq juda chopqir hayvon bo’lib, o’tlab yurgan joydan g’oyat uzoqdagi suvloqqa tez borib kela oladi. Bo’ri, tulki, sassiqko’zan, oqsichqon kabi yirtqichlar odatda suvloqlar atrofida yashaydi. Yumronqoziq, qo’shoyoq, olmaxon singari kemiruvchi hayvonlar yegan ovqatidagi nam bilan qanoatlangani sababli suvni oz ichadi yoki butunlay ichmaydi. Chalacho’ldagi hayvonlarning eng ko’p sonlisi yumronqoziqlardir. Malla va kichik yumronqoziqlar ayniqsa ko’p uchraydi. Ular inlarida yashaydi, efemer, shuvoq va sho’ra o’sgan yerlarda ko’p bo’ladi. Chala cho’lda kichik olmaxon, cho’l olasichqoni, turli dala sichqoni va qumsichqon, kalamush, doimiy yer tagida hayot kechiruvchi ko’r sichqon kabi boshqa kemiruvchi hayvonlar nihoyatda ko’p. umuman chala cho’lda sichqon va kalamushlar yerni ilmateshik qilib tashlashgan.Chala cho’lning obod qilinmagan rayonlarida, chunonchi Betpaqdala, Orolbo’yi Qoraqumi va Ustyurtning shimoliy chekkalarida, To’rg’ay o’lkasida, Balxash bo’yi qumlarida tukli hayvonlar yashaydi, oqquyruq va jayron gala-gala bo’lib o’tlab yuradi. Oqquyruq bilan jayron nihoyatda chopqir hayvon bo’lib dushmanlaridan qochganida soatiga 60-70 km yo’l bosa oladi. Chala cho’lning balandroq joylarida, daralar orasida yovvoyi qo’y (arxar) yashaydi. Chala cho’lda o’tmishda qulon ham uchraydi, lekin uni saqlab qolish maqsadida Borsakelmas orolida oqquyruq bilan birgalikda qulonni ham ko’paytirish mo’ljallanmoqda. Chala cho’lda yirtqich hayvonlardan bo’ri, quloqlari katta, oyoqlari ingichka tulki, sassiqko’zan, oqsichqon yashaydi. Parrandalardan oqto’rg’ay va qora to’rg’ay, chopqir yirik yilqichi qush, oq to’shli va qora to’shli ryabka buldurug’i, bulduruq, turna va boshqalar bor. Bu yerda nihoyatda chiroyli tuvaloq yashaydi.Chala cho’lda toshbaqa, kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bor. Kaltakesak yakkam dukkam o’tlar orasida shipirlab yuradi. Chala cho’lda chipor ilon, bo’g’ma ilon, suv ilon, kabi zaharsiz ilonlar, cho’l qora ilon kabi zaharli ilonlar bor. Chala cho’lda chayon, tarantula, falanga va qoraqurt singari o’rgimchaksimon zaharli hasharotlar nihoyatda ko’p.



Download 33.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling