Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat unversiteti
Il.2. Daraxtzor hayvonlari
Download 33.62 Kb.
|
O`rtа Оsiyo hay-WPS Office
Il.2. Daraxtzor hayvonlari .
Bargli o’rmonlar mintaqasida jayra, ayiq, to’ng’iz, tyanshan bug’usi uchraydi. Ayiq va to’ng’izlar kuzda olma pishig’ida keladi. Ba’zi chakalakzorlarda qirg’ovul galalari uchraydi. Umuman tog’ o’rmonlari qushlarga boy. Qumri, gurrak, zarg’aldoq, kaklik, sa’va, chittak kabi sayroqi qushlar tovushlari yangrab turadi.Yel-pixta o’rmonlarida elik, maral-bug’u, yirtqich hayvonlardan silovsin, tosh suvsari, oqsichqon, Turkiston yirtqich maygasi yashaydi. Bulardan tashqari ayiq, manul-mushuk ham uchraydi.Subalp va alp tipidagi landshaftlarning o’ziga xos ajoyib hayvonlari bor. Qoyali dalalarda va toshloq vodiylarda, Markaziy Osiyo tog’ takasi va kiyigi yashaydi. Tog’ takasi doimiy qor chegarasida ham uchraydi, tog’ kiyigi esa 2500 m balandlikda ham uchraydi. Sug’urlar 2000-4500 m balandlikda to’da-to’da bo’lib yashaydi va o’z hayotini ko’p qismini uyquda o’tkazadi. Subalp va alp tipidagi mintaqada Himolay qora kurkasi bor. Tyanshan va Pomir alp mintaqasida janubiy Yevropa va Janubiy Osiyoning tog’ zag’chasi ham ko’p. Tog’ to’rg’ayi, alp chumchuqsimon qushi, yurok kabi qushlar alp tipidagi mintaqaga mosdir. Yirtqich qushlardan boltayutar bor.Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan Markaziy Osiyo hayvonlari (.Biz hayvonlar atrofimizda doim bo‘lishiga o‘rganib qolganmiz va bu har doim shunday bo‘ladigandek ko‘rinadi. 2014-yilda Jahon yovvoyi tabiat fondi 1970-yildan buyon yer yuzidagi yovvoyi hayvonlar soni ikki barobar kamayib ketganligini ma’lum qildi.“Zakon.kz” Markaziy Osiyoda yaqin kelajakda yo‘qolishi mumkin bo‘lgan hayvonlarning 15 turini chop etdi. Quyida ana shu hayvonlar keltirildi.1999-yildayoq ularning soni 400 tadan kam qolgani qayd etilgan. Tojikistondagi fuqarolar urushi sababli bu mamlakatdagi bug‘ular soni yanada kamaygan. Buxoro bug‘usi Jahon yovvoyi tabiat fondi himoyasi ostiga olingan. Ularning yordami bilan 2017-yilga kelib bug‘ular soni 2700 taga ko‘paygan.Bu hayvonni ko‘pincha go‘shti va shoxi uchun ovlashadi. Turkmaniston va Qozog‘iston davlatlarida jayron yo‘qolib ketish xavfi ayniqsa yuqori. 1980-yilda Turkmanistonda jayronlarni ko‘paytirish markazini yaratishga urinishgan. Biroq jayronlar to‘dasini Bodxiz qirlaridan Kaspiy dengiz hududiga ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin muvaffaqiyatli natijaga erishilgan. Hozirda qo‘riqxona hududida 200 boshdan ortiq jayronlar bor.Qush o‘z nomini yurganida ikki yoniga og‘ib, yo‘rg‘alab yurishi natijasida olgan.Yo‘rg‘a tuvaloq Qozog‘iston Qizil kitobida II toifaga kiritilganiga qaramasdan, hukumat BAA va Qatar shayxlariga o‘z lochinlari bilan tuvaloqlarni ovlashga ruxsat beradi.Burgut Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida bor. Tog‘larda, tekisliklarda yashaydi. Aholi yashaydigan joylarga iloji boricha yaqinlashmaydi.Oxirgi yuz yil ichida burgut avval yashagan joylaridan yo‘qolib ketgan. Buning sababi ularning ommaviy qirg‘in qilinishi, urbanizatsiya va yerdan iqtisodiy maqsadlarda foydalanish hisoblanadi.Cho‘l mushugining ko‘zlari noodatiy tarzda dumaloq, yunglari esa o‘ta qalin bo‘ladi. Manul Markaziy Osiyoda, Janubiy Kavkazortida, g‘arbiy Eronda, Mo‘g‘ulistonda va shimoliy-g‘arbiy Xitoyda uchraydi. Markaziy Osiyoda esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonda yashaydi.Manul asosan insonlar yetkazadigan zarar ta’siridan aziyat chekadi. Uning qalin yungi uchun brakonyerlik yo‘li bilan ovlanadi. Ko‘pincha tulki va quyonlarga qo‘yilgan qopqonlarga tushib qoladi.Uzoq vaqt davomida ushbu hayvon cho‘l silovsini deb hisoblangan. Keyinchalik uning alohida tur ekani aniqlangan. Olimlar qozoq qoraqulog‘ini puma va servalga o‘xshashligini ta’kidlagan.Ushbu hayvonning dumi 35 santimetrgacha bo‘ladi, o‘zining umumiy uzunligi 85 santimetrgacha. Uning oyoqlari juda kuchli, yungi qalin. Quloqlarida esa qora popuklari bor.Yevrosiyoda saqlanib qolgan toqtuyoqlilarning yagona vakili. Tarpan, yovvoyi eshak va otlarning tirik qolgan qarindoshi.Hozirda mintaqada 900 bosh qulon qolgan.Mushuksimonlar oilasiga mansub bo‘lgan yirik yirtqich sutemizuvchi hayvon. Uni tog‘ qoploni deb ham atashadi. Uzoq yillar qoplonning qaridoshi deb hisoblangan. Lekin olimlar genetik tadqiqotlar olib borgach, ilvirs yo‘lbarlarga yaqin ekanini aniqlagan.Olmaxonlar oilasiga mansub sutemizuvchi kemiruvchi G‘arbiy Tyan-Shanning ajratilgan uch qismida yashaydi: Chotqol (O‘zbekiston), Quramin (Qozog‘iston), Talas (Qirg‘iziston).Sug‘urlar katta hayvon emas. Tanasining uzunligi 49 santimetrni tashkil qiladi. Dumining uzunli 13,5 santimetrgacha bo‘ladi. Tana tuzilishi juda murakkab.Tog‘ echkisi turiga mansub qo‘shtuyoqli sutemizuvchi. G‘arbiy Himolay, Kashmir, Kichik Tibet va Afg‘onistonda, shuningdek, Panj daryosi tog‘larida, Bobotog‘da uchraydi.Marxurlar kamayib ketishining asosiy sababi brakonyerlik hisoblanadi.Hozirda oqquyruqlar Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonda ba’zan esa Turkmaniston, Rossiya (Astraxan viloyatida) va Mo‘g‘ulistonda uchraydi.Oxirgi yuz yillikda oqquyruqlar milliontadan 40 mingtaga kamaygan.Mushuksimonlar oilasining eng yirik vakili. Tanasining o‘rtacha uzunligi 1,7 metrni tashkil etadi. Dumi esa 95 santimetrdan 115 santimetrgacha bo‘ladi. Voyaga yetgan qoplon 60—70 kilogramm og‘irlikka ega bo‘ladi.Arxar davlat himoyasida bo‘lgan, ammo kam o‘rganilgan tur hisoblanadi. Qozog‘istonda ushbu turning eng yirik vakillari yashaydi. Og‘irligi 70 kilogrammga yetadi. Boshqa hayvonlardan uzun oyoqlari va spiralsimon shoxlari bilan ajralib turadi. Qish payti erkak arxarlarning yonog‘i va ko‘ksida qalin yung paydo bo‘ladi. Togʻda hayot sharoiti choʻldagiga nisbatan xilma-xil boʻlgani sababli hayvon turlari ham koʻp. Togʻ balandligiga qarab hayvonot dunyosi ham oʻzgarib boradi.Dengiz sathidan 200–600 m balandlikda adirlardagi suv havzalari yaqinda turli xil umurtqasizlar: yalangʻoch shilliqlar, kapalak, ninachi, qitir pashshalar, uzunoyoq chivinlarni, tuproqda yomgʻir chuvalchanglarining bir necha turi, toʻgarak chuvalchanglarni, suv havzalarida buloqchilar, kunliklar lichinkalari, zuluklarning bir necha turi, baliqlar, qisqichbaqasimonlarni uchratish mumkin. Togʻ adirlari endemik va noyob turlarga ham boy. Bu yerda noyob kapalakdan maxaon, apollon, podalariy yoki katta sadafdor ahyon-ahyonda uchrab turadi. Togʻ yon bagʻirlaridagi chala choʻllarda kulrang beshiktervatar tarqalgan. Togʻ chala choʻllari mintaqasida gil tuproqli choʻlda choʻl toshbaqasi, qurbaqabosh taqir kaltakesak, yilqichi, yoʻrgʻa tuvaloq, toʻrgʻaylar, sariq yumronqoziq, qushoyoqlar, qumsichqonlar, sariq ilon, rang-barang chipor ilon, kulrang gekkon, turkiston gekkoni kabi hayvonlar, shuningdek, koʻk qargʻa, kurkinak, sariq chumchuq, toshsirchumchuq kabi qushlar uchraydi. Bu hayvonlarning koʻpchilligi barvaqt uchriydi. Bu hayvonlarning koʻpchiligi barvaqt uchriydi: yoz va qishda uyquga kiradi. Ammo qushlarning bir necha turi (koʻkqargʻa, kurkinak va sariq chumchuq) faqat iyunda joʻja ochadi. Chigirtkasimonlar ham ana shu davrda uchragani sababli qushlar bolalar uchun oziq yetarli boʻladi.Dengiz sathidan 600–1100 m balanda joylashgan togʻ dashtlari mintaqasida sudralib yuruvchilardan turkiston agamasi, olay kaltakesagi, uzun oyoqli stsink, sariq ilon, tojikiston kaltakesagi, koʻzoynakli ilon; qushlardan-bedana, chil, kaklik, kuyka, soch; sut emizuvchilardan-boʻrsiq, sariq, sasssiqkoʻzan, koʻrsichqon, qoʻngʻir olaxurjun, oddiy dala sichqoni va boshqalar yashaydi. Togʻ dashtlarida hasharotlar dunyosi ham juda xilma-xil. Boshoqli oʻsimliklarda har xil chigirtkalar, temirchak, qandala, jizildoqlar; shiralar, oʻsimliklar gulida chanxoʻr qoʻngʻiz, qandala, pardaqanotlilar, toʻrtqanotlilar uchraydi.Togʻ dashtlarining yuqori qismida qanotsiz chigirtkalar:tuya chigirtka va konafimalar tarqalgan.Dengiz sathidan 1200–2500 m balanda joylashgan togʻ oʻrmonlari mintaqasida sudralib yuruvchilardan turkiston agamasi, himolay agamasi, choʻl kaltakesagi, qoʻlborilon, qalqontumshuq ilon va boshqalarni uchratish mumkin. Qushlardan-vyuroklar, sariq chumchuq, dumparast, chittak, potmachumchuq, qizilishton, moyqutlar, penochka, zargʻaldoq koʻproq uchraydi. Jarqanotlar, pishchuxalar, tezoqar soylar yonida esa suvchumchuqlar uchrab qoladi, choʻqqilar va daralar tepasida yirtqich qushlardan tasqara bilan boltayutlar parvoz qilib yuradi. Bu mintaqada yashovchi qushlarning qanotlari kalta boʻlib, uzun dumi havoda uchayotganda boshqarish vazifasini oʻtaydi. Tumshugʻining shakli egilgan bigizga, boltatumshuqning tumshugʻi esa qand ushatadigan qisqichga oʻxshaydi, ikki barmogʻi oldinga, ikki barmogʻi orqaga qaragan. Shu sababli qizilishton, pishchuxa, fotmachumchuq tik daraxtlarda chaqqon oʻrmalab yuradi. Ularning dumi qattiq va egiluvchan boʻlganidan, daraxt tanasiga tayanib tura oladi. Sut emizuvchilardan toʻngʻiz koʻp, ilvirs va qoplonlar ham uchrab qoladi. Koʻhitang togʻining archazorlarida morxoʻr, Bobotogʻ pistazorlari orasida yovvoyi qoʻy — muflon, Chatqol tizmasining yon bagʻirlarida markaziy osiyo togʻ echkisini koʻrish mumkin. Keng bargli oʻrmonlarda turkiston kalamushi, oʻrmon sichqonlari; daraxtsiz togʻ yon bagʻirlarida dala sichqonlari; qoyalar nurab tushgan joylarda latcha va oq suvsarlar; yon bagʻirlarda relikt yumronqoziq, jirgʻanoq; maymunjon chakalakzorlarida suvsar; daraxtlarda esa tiyinlar; togʻ oʻrmonlarida yovvoyi quyon, tulki, boʻrsiq hayot kechiradi. Qoyalarning yoriqlariga quloqdor burmalab koʻrshapalak, ognev koʻrshapalagi, shimol koʻrshapalagi, gʻorlarda esa taqaburun koʻrshapalak uchraydi.Togʻlarning dengiz sathidan 2700–2800 m balandlikdagi alp mintaqasi Chatqol, Koʻksuv, Piskon, Ohangaron, Sangzor daryolari hamda Qashqadaryo hamda Surxondaryoning bosh tomonlaridagi tizmalarning yuqori qismlarida kichik maydonni egallaydi. Alp mintaqasida suvda hamda quruqlikda yashovchilardan yashil qurbaqa ahyonda, sudralib yuruvchilardan — olay kaltakesagi koʻptoq, himolay agamasi va qalqontumshuq ilon kamroq uchraydi. Togʻdagi sudralib yuruvchilar tirik tugʻib koʻpayishi bilan sovuq sharoitda yashashga moslashgan. Qalqontumshuq Ilon va olay kaltakesagi tuxum qoʻyib tirik tugʻadi (yaʼni tuxum qoʻyganidan bir necha minut oʻtishi bilan bolalari chiqadi), himolay agomasi esa tuxum qoʻyadi, biroq uning ichidagi embrioni maʼlum bir shaklga kirib ulgurgan boʻladi. Qushlardan — togʻ dupeli, boltayutar, togʻ qargʻa, alp zapchasi, alp zavirushkasi, brandt vyurogi, shoxdor toʻrgʻay; sut emizuvchilardan — ayiq, yovvoyi qoʻy, markaziy osiyo echkisi va ilvirs uchraydi. Togʻlarning pastroq joylarida sugʻur, dala sichqoni va pishchuxalar koʻp. Goho oq suvsar va latcha koʻzga tashlanadi.og’ chala cho’l –(500-1500m) mintaqasida yog’in cho’ldagidan bir oz ko’proq yog’adi, shuning uchun unda o’simlik zichroq o’sadi, lekin yer yuzasini sidirg’asiga qoplay olmaydi. Bu mintaqaning asosiy o’simliklari Kopetdog’da, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog’larida, Tojikistonning janubi-g’arbidagi Darvoz, Safedkuh, Hazratishox, Mozor, Ko’hitang, Alp tog’ tizmalarida, Farg’ona vodiysi atrofidagi tog’larda, Qirg’iziston va Talas tizmalarida, Toshkent va Chimkent yaqinidagi tizmalarda o’sadigan chala cho’l tipidagi turli o’tlar va bug’doyiqdan iborat. Mintaqada efemerlar ham oz emas, biroq shuvoq uchramaydi. Uning o’rniga boshoqli dag’al o’simlik-bug’doyiq o’sadi. Bug’doyiqning ildiz tanachalari bo’lib, bo’yi 40-50 sm, ildizi yo’g’ondir. Boshoqlilardan taktak (yovvoyi arpa) ham uchraydi: uning bo’yi bir metrga yetadi. Bu mintaqada yarongul, tuberoza, liman sorgosi, jasmin, cho’l yalpizlari ham o’sadi.Tog’ quruq dashtlar mintaqasi (1200-1500m dan 2200-3000 m gacha) Kopetdog’dan Torbo’g’atoy tog’lari qadar bo’lgan barcha tog’larda uchraydi. Boshoqlilar ko’p o’sadigan bu mintaqani chalov betaga dashtlari deyish mumkin. Chalov betaga orasida chalovning boshqa turlari, tikanli bodom, na’matak kabi butalar uchraydi. Toshloq yerlarda esa shuvoq oralarida ebalak va izen o’sadi. Tog’ chala cho’l va tog’ quruq dashtlar mintaqasining janubida Kopetdog’dan to Issiqko’lning g’arbiga qadar bo’lgan yerlarda yovvoyi pistazor va bodomzorlar bor. Farg’onada, janubiy Tojikistonda va ayniqsa Kushka atrofida pistazorlar ko’p. Kushka va Eron bilan Afg’onistonning Kushka yaqinidagi yerlari pistaning haqiqiy makonidir. Tog’ quruq dasht mintaqasida yovvoyi anor va boshqa mavali o’simliklar ham bor. Bu mintaqada lalmikor yerlarida g’alla, paxta va beda ekiladi, tok va mevali bog’largina sug’oriladi.O’rmon o’tlari dasht mintaqasi ancha balandda va yog’in eng ko’p yog’adigan zonadir, shuning uchun bu mintaqaning iqlimi nam va salqin. Tog’larning shimoliy yon bag’irlari mezofit o’tloqlar bilan, janubiy quruq yon bag’irlari va yassi suv ayirg’ichlar esa ko’pincha kserofit dasht o’simliklari bilan qoplangan. Chuqur vodiylarda kotlovinalarda va zaxkash yonbag’irlarida turli tip butazorlar va bargli o’rmonlar o’sib yotadi. Bu mintaqaning bir-biriga ulanib ketgan uloqlaridagi barra o’tlar barq urib o’sadi. O’tloqlar ikkiga shimoliy va janubiy tipga bo’linadi. Birinchi tip o’tloqlar Jung’oriya Olatovidan to Talas Olatovigacha bo’lgan tog’larni, Farg’ona va Oloy tizmalarini, ikkinchi tip o’tloqlar esa O’rta Osiyo tog’li o’lkasining g’arbidagi va janubidagi tog’larni o’z ichiga oladi. Shimoliy tipdagi o’tloq o’simliklari murakkab gullilardan bo’lib, bo’yi 1m ga yetadigan sassiqquvray va baland bo’yga ega bo’lgan shirach-eremusdan iborat.Ikkinchi tip ya’ni janubiy tip o’tloqlarga xos o’simlik chayirdir, u soyabongullilardan bo’lib, bo’yi 1m ga yetadi. Chayirlar orasida ko’rkam shirach, labgullilar va boshqa soyabongullilar ham o’sadi. O’rmon o’tloq dasht mintaqasining quyi yarusida astragal, kovrak va boshqa o’tlar yer yuzasining yoppasiga qoplab olgan. Tog’larda 2200 m gacha bo’lgan joylarda asosan yong’oq va zarang, archa, nama’tak, uchqat kabi daraxt va butalar o’sadi. O’rta Osiyo tog’lariga xos bo’lgan archa daraxti toshloq yon bag’irlarida 3000 m gacha balandlikda o’sadi. Bular orasida olmazorlar ko’p. Chetan, oq qayin, tog’terak, zarang, qayrag’och, o’rik kabi daraxtlar o’sadi.Sub’alp tipidagi o’tloqlar mintaqasi o’rmon-o’tloq-dasht mintaqasidan yuqorida joylashgan va tog’larning geografik o’rni, yo’nalishi va namligiga qarab Orqaili Olatovida 1500-1600 m dan, qurg’oqchil Farg’ona tizmasida 2500-2700 m dan va Oloy vodiysida 3100-3200 m dan boshlanadi. Bu mintaqada o’tloqlar bilan bir qatorda yel’-pixta o’rmonlari, archazorlar, tog’ dashtlari va qoyalar o’sadigan qo’ng’irbosh, sovuqqa chidamli yaron gul, oq animon va pushti qo’qongul o’tlaridir. Quyi poyas o’simliklaridan qizilquloq, sassiquvray, janubiy tog’li o’lkalarda esa chayir o’sadi. Sub’alp tipidagi o’tloqlar mintaqasida yel-pixta daraxtlaridan iborat igna bargli o’rmon, asosan Tayanshan sharqidagi tog’ tizmalarida shuningdek, tog’larning soya salqin shimoliy yon bag’irlarida hamda vodiylardan ko’tarilib turgan tik yon beg’irlarda va tog’ daralaridadir.Alp tipidagi mintaqa sub’alp tipidagi mintaqadan yuqorida bo’lgan tog’ tepalarini ishg’ol etadi va ba’zan doimiy qor chegarasidan ham yuqoriga chiqib boradi. Alp tipidagi o’tloq o’tlarining bo’yi subalp tipidagi o’tloqlarnikidan past bo’ladi, barglari esa ko’pincha yer bag’riga yopishib turadi. Namgarchilik ko’p yerlarda qiyoqning bir turi to’ng’izsirt o’sib yotadi. Alp tipida kichik-kichik zaxkash maysazorlarda son-sanoqsiz oq va ola-bula yulduzo’t, sariq ayiqtovon, erbaho, qo’qongul, sarg’ish yovvoyi ko’knor barq urib o’sadi. Alp tipidagi mintaqada o’tlardan tashqari, yostiqsimon chala butalar, chunonchi qizil tikan, toshyorargul va boshqalar uchraydi. Bu mintaqaning eng baland joylarda qor, muz va qoyalar o’lkasida kuchli sovuq va shamollardan toshlar orasida biqinib astragal, skerda, ostrolodochnik va boshqalar ham o’sadi. Alp tipidagi o’tloqlardan yozgi yaylov sifatida 3-4 oy foydalaniladi.O’rta Osiyo hayvonlarga boy o’lka: bu yerda hayvon turlari ko’p, ular tekislik va tog’larda yashaydi. O’rta Osiyo hayvonlari asosan, dasht, cho’l va chalacho’l sharoitiga moslashgan bo’lib quruq va issiq yozga, sovuq qishga bardosh bera oladi, ular suvi kam o’simligi oz, qumli, gilli va toshli cho’llarda ham yashaydi. Shu sababli tez harakat qilishga, uzoq muddatli suvsiz yurishga odatlangan. Tog’ hayvonlari maxsus zoogeografik oblastni tashkil etib, vertikal mintaqalarda yashaydi. O’rta Osiyoda uning o’ziga xos endemik hayvon turlari bilan bir qatorda atrofidagi qo’shni o’lkalardan Eron hamda O’rta dengiz bo’yi mamlakatlaridan va Markaziy Osiyodan kirib kelgan hayvonlarning vakillari ham bor.Chala cho’l zonasida yozning issiq va quruq, qishning qattiq sovuq bo’lishi hayvonlarning yashash sharoitiga ta’sir etgan va natijada mavsumiy hayvon turlari vujudga keladi. Yozda janubiy issiq o’lkalarning hayvonlari masalan chayon, cho’l kaltakesagi va ba’zi parrandalar shimolga chala cho’lning uzoq ichki qismigacha kirib boradi va yangi mahalliy sharoitga moslanib, tusini o’zgartiradi, ko’pincha malla yoki qo’ng’ir tusga kiradi, ya’ni tuproq tusini oladi. Qish juda sovuqligi sababli chala cho’lda hayvonlar dashtlardagiga nisbatan oz bo’ladi, qishda ularning ko’pi uyquga kiradi, to’rg’ay, loyxo’rak kabi parrandalar boshqa yerlarga uchib ketadi.Chala cho’lda suv kam bo’ladi yoki bor suvni ham issiq va taxirligidan ichib bo’lmaydi, shuning uchun hayvonlar suvga tashnaliklarini turli yo’llar bilan qondiradilar. Masalan, oqquyruq juda chopqir hayvon bo’lib, o’tlab yurgan joydan g’oyat uzoqdagi suvloqqa tez borib kela oladi. Bo’ri, tulki, sassiqko’zan, oqsichqon kabi yirtqichlar odatda suvloqlar atrofida yashaydi. Yumronqoziq, qo’shoyoq, olmaxon singari kemiruvchi hayvonlar yegan ovqatidagi nam bilan qanoatlangani sababli suvni oz ichadi yoki butunlay ichmaydi. Chalacho’ldagi hayvonlarning eng ko’p sonlisi yumronqoziqlardir. Malla va kichik yumronqoziqlar ayniqsa ko’p uchraydi. Ular inlarida yashaydi, efemer, shuvoq va sho’ra o’sgan yerlarda ko’p bo’ladi. Chala cho’lda kichik olmaxon, cho’l olasichqoni, turli dala sichqoni va qumsichqon, kalamush, doimiy yer tagida hayot kechiruvchi ko’r sichqon kabi boshqa kemiruvchi hayvonlar nihoyatda ko’p. umuman chala cho’lda sichqon va kalamushlar yerni ilmateshik qilib tashlashgan.Chala cho’lning obod qilinmagan rayonlarida, chunonchi Betpaqdala, Orolbo’yi Qoraqumi va Ustyurtning shimoliy chekkalarida, To’rg’ay o’lkasida, Balxash bo’yi qumlarida tukli hayvonlar yashaydi, oqquyruq va jayron gala-gala bo’lib o’tlab yuradi. Oqquyruq bilan jayron nihoyatda chopqir hayvon bo’lib dushmanlaridan qochganida soatiga 60-70 km yo’l bosa oladi. Chala cho’lning balandroq joylarida, daralar orasida yovvoyi qo’y (arxar) yashaydi. Chala cho’lda o’tmishda qulon ham uchraydi, lekin uni saqlab qolish maqsadida Borsakelmas orolida oqquyruq bilan birgalikda qulonni ham ko’paytirish mo’ljallanmoqda. Chala cho’lda yirtqich hayvonlardan bo’ri, quloqlari katta, oyoqlari ingichka tulki, sassiqko’zan, oqsichqon yashaydi. Parrandalardan oqto’rg’ay va qora to’rg’ay, chopqir yirik yilqichi qush, oq to’shli va qora to’shli ryabka buldurug’i, bulduruq, turna va boshqalar bor. Bu yerda nihoyatda chiroyli tuvaloq yashaydi.Chala cho’lda toshbaqa, kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bor. Kaltakesak yakkam dukkam o’tlar orasida shipirlab yuradi. Chala cho’lda chipor ilon, bo’g’ma ilon, suv ilon, kabi zaharsiz ilonlar, cho’l qora ilon kabi zaharli ilonlar bor. Chala cho’lda chayon, tarantula, falanga va qoraqurt singari o’rgimchaksimon zaharli hasharotlar nihoyatda ko’p.Cho’l hayvonlari. Cho’lning hayvonlari juda g’alati bo’ladi. Chunki cho’l hayvonlarining ko’pchiligi qurg’oqchilikka va baland haroratga, qumli, gilli, sho’rxokli va toshli yerlarda yashashga o’rgangan. Ba’zilari suvni nihoyatda oz talab etsa, ba’zilari avji issiq yozda uyquga ketadi. Ba’zi birlari tushki jazirama issiqda uyalariga berkinib oladi, kechalari ovqat izlab tashqariga chiqadi, bularni tungi hayvonlar deyish mumkin. Ba’zi bir boshqa hayvonlar esa quduqlarda, g’orlarda umuman soya-salqin yerlarga kirib oladi. Qumda yashayotgan ko’pgina hayvonlarning oyog’i qum ustida tez yurishga moslashgan. Cho’l hayvonlarining tusi ham o’sha yerga moslashgan, masalan, qum hayvoni malla rangda, taqir hayvonni bo’z rangda, toshloq hayvoni olachipor tusda bo’ladi. Ingichka barmoqli qum yumronqozig’I cho’lning hamma yerida uchraydi, u sochilma qumlar ustida tez chopadi.Do’ng qumlar orasidagi chuqurchalarda katta qum sichqonlari to’p-to’p bo’lib yashaydi. Qumlarda urug’ ildiz, ildiz tanacha, o’t va shuningdek hasharotlar bilan oziqlanadigan tungi hayvonlardan qo’shoyoqlarning bir necha turi bor. Qo’shoyoqlar lola piyozchalarini yeb, chanqovlarini bosadi. Ba’zan quyon ham uchraydi.Qum cho’llarda yirtqich hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, barxan mushugi va boshqalar yashaydi. Cho’lning eng yirik va chidamli uy hayvoni tuyadir.Qum cho’llar sudralib yuruvchilar makoni. U yerda toshbaqa va kaltakesaklar g’oyat ko’p. Ko’pchilik kaltakesaklarning gavdasi cho’ziq va ingichka, qo’l oyoqlari uzun, qumda nihoyatda tez chopishga va qum ichiga ko’milib ketishga moslashgan epchil hayvon. Katta quloqli dumaloqbosh kaltakesak kunduzgi hayvon. U kunning issiq vaqtida harorat pastroq, sershabada qum tepalariga chiqib oladi.Qumda oddiy kaltakesaklardan O’rta Osiyo agamasi ham bor. O’rta Osiyo agamasi joyga qarab tusini o’zgartirib turadi. Kaltakesaklarning eng kattasi bo’z echkemar varandir, uning uzunligi 1,5 m dan oshadi. U qumda sang’ib yurib, kaltakesak, ilon, qushcha, har xil tuxumlar va mayda sut emizuvchi hayvonlarni, chigirtka, falang kabi hasharotlarni tutib yeydi. U faqat havo issiq vaqtda yuradi, harorat 150 bo’lganda badani uvishadi, 100 bo’lganda esa to’lg’ib qoladi. Varan yomon tishlaydi va uzun kuchli dumi bilan qattiq uradi. Ilonlar qumda yashovchi tipik hayvonlardir. Ilonlar ham kaltakesaklar singari, birdaniga qumga kirib keta oladi va qumda tez chopadi. Qumli cho’lda uzunligi 1m dan ortiq keladigan bo’g’ma ilon ko’p. u zaharsiz bo’lib, hasharot, kaltakesak, qush bolalari hamda mayday hayvonlarni tutib yeydi va nihoyatda tezlik bilan qunga kirib ketadi.Kobra katta ilon bo’lib, uzunligi 1,5-2 m keladi. U Kopetdog’, Hisor, Zarafshon, Nurota va boshqa tog’ etaklarida, Qoraqum, Badxiz, Qarshi, Surxon-Sherobod cho’llarida ko’p uchraydi. Kobraning ko’zi ostida ko’zoynaksimon belgisi bo’lib uni ko’zoynakli ilon deb ham atashadi. Qum cho’llarida o’rgimchaksimonlardan qoraqurt, falanga, chayon kabi hasharotlar ko’p.Tog’ oldi tekisliklarida efemer o’sadigan dashtlarda ham xilma-xil hayvonlarni, ayniqsa uyasidan chiqib har yerda sang’ib yurgan son-sanoqsiz toshbaqalar ham yugurib yurgan malla yumronqoziqlarni har odimda ko’rish mumkin. Dasht va cho’llarda tog’ oldi zonalarda yirtqichlardan bo’ri ham uchraydi. U qishda quyi zonalarda, yozda esa yuqori zonalarda kezib yuradi.To’qay va daraxtzorlardagi hayvonlarning turi va yashash sharoiti butunlay boshqacha, Sirdaryo, Amudaryo, Ili, Chuv, Sarisuv daryolarining sersuv qayirlaridagi qalin to’qay va daraxtzorlarda har xil hayvonlar yashaydi. To’qaylarning tipik hayvonlari to’ng’iz, yovvoyi cho’chqa, bug’i, yo’lbars, to’qay mushugidir. Cho’chqa shilliqqurt, qurbaqalarni terib yeydi, kuzda esa daraxtlarni paynon qilib, ekinlarni yeb yuradi. Biroz janubroqdagi rayonlarda bug’u-konchul uchraydi.Yirtqich hayvonlarning qo’ng’ir-malla juni qalin va boshqa o’simliklar orasida mutlaqo bilinmaydi. Yo’lbars ilgari Amudaryo, Vaxsh va Ili daryo to’qaylaridagina onda-sonda uchrab turadi. Yo’lbars, to’ng’iz va bug’u ovlab hayot kechiradi. To’qay mushugi, botqoq silovsini, qoplon, suv atroflaridagi qalin butazorlarda yashab kechayu-kunduz o’rdak, g’oz, qirg’ovul, quyonlar ovlaydi. To’qaylarda quyon, suv kalamushi, sichqon, chiyabo’rilar, qirg’ovul, ko’ktarg’oz, mayqurt, karqupoq, chumcuq ham nihoyatda ko’p. Ba’zi bir qushlar chunonchi, qoravoy qishda Afrikaga, Janubiy va Sharqiy Osiyoga, Avstraliyaga uchib ketadi. Suvli yerlarda o’rdak, g’oz, loyxo’rak, baliqchi, baklan, saqoqush, flamingo nihoyatda ko’p. to’qaylarda qurbaqalar ko’p, chigirtka va chivinlar ham oz emas. Esenquli qo’riqxonasining asosiy maqsadi ovlanadigan eng muhim suv parrandalarining qishlashi uchun muvofiq sharoit yaratish va ularni qo’riqlash hamda mamlakatimizda kamdan-kam bo’lgan flamingo, kaklich-to’rach, oqqo’ton, Kaspiy tovug’I, Eron qirg’ovuli kabi mahalliy qushlar va bilologiyasini o’rganishdan iborat. Hayvon va parrandalarni qo’riqlash mobaynida Amudaryo davlat qo’riqxonasi tashkil etilgan edi. Endi bu qo’riqxonani qaytadan tiklash maqsadga muvofiqdir.Tog’li o’lkaning hayvonlari chala cho’l vertikal mintaqalarining hayvonlari cho’lning hayvonlaridan kamroq farq qiladi. Chala cho’lda ham asosan qo’shoyoq, malla yumronqoziq, sug’ur, qum sichqoni va dala sichqonlaridan iborat, kemiruvchilar yashaydi. Bu yerda yashaydigan menzbir sug’urining tuk-qo’ng’ir mo’ynasi qimmatlidir. G’arbiy Tyanshan tog’lariga 1953 yilda keltirilgan mo’ynali hayvonot iqlimiga moslashib tobora ko’payib bormoqda. Yirtqich hayvonlardan tulki, bo’ri, bo’rsiq ko’p uchraydi, yirik tuyoqlilardan yovvoyi qo’y va jayron bor. Parrandalardan so’fito’rg’ay, bo’zdak, ko’kqarg’a, kaklik kabi qushlar g’oyat ko’p. kaltakesaklarning turli xil turlari bor. Chunonchi Turkiston agamasi kaltakesagini hamma joyda uchratish mumkin.Tog’ quruq dashtlarda va cho’llarda tulki, bo’ri, jayra, sirtlon uchraydi ammo bu mintaqada qo’shoyoq, qum sichqoni, ingichka barmoqli yumronqoziq singari tipik cho’l hayvonlari yo’q.Bargli o’rmonlar mintaqasida jayra, ayiq, to’ng’iz, tyanshan bug’usi uchraydi. Ayiq va to’ng’izlar kuzda olma pishig’ida keladi. Ba’zi chakalakzorlarda qirg’ovul galalari uchraydi. Umuman tog’ o’rmonlari qushlarga boy. Qumri, gurrak, zarg’aldoq, kaklik, sa’va, chittak kabi sayroqi qushlar tovushlari yangrab turadi.Yel-pixta o’rmonlarida elik, maral-bug’u, yirtqich hayvonlardan silovsin tosh suvsari, oqsichqon, Turkiston yirtqich maygasi yashaydi. Bulardan tashqari ayiq, manul-mushuk ham uchraydi.Subalp va alp tipidagi landshaftlarning o’ziga xos ajoyib hayvonlari bor. Qoyali dalalarda va toshloq vodiylarda, Markaziy Osiyo tog’ takasi va kiyigi yashaydi. Tog’ takasi doimiy qor chegarasida ham uchraydi, tog’ kiyigi esa 2500 m balandlikda ham uchraydi. Sug’urlar 2000-4500 m balandlikda to’da-to’da bo’lib yashaydi va o’z hayotini ko’p qismini uyquda o’tkazadi. Subalp va alp tipidagi mintaqada Himolay qora kurkasi bor. Tyanshan va Pomir alp mintaqasida janubiy Yevropa va Janubiy Osiyoning tog’ zag’chasi ham ko’p. Tog’ to’rg’ayi, alp chumchuqsimon qushi, yurok kabi qushlar alp tipidagi mintaqaga mosdir. Yirtqich qushlardan boltayutar bor. Download 33.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling