- Fonemaning farqlovchi belgilari juda xilma-xil, lekin har bir tilda ularning toʻplami cheklangan boʻladi. Masalan, rus tilida undoshlarning qattiklik— yumshoklik belgisi farklovchi belgi hisoblansa, oʻzbek va fransuz tillarida bu belgi deyarli ahamiyatsiz, yaʼni farklovchi belgi emas. Muayyan bir Fonemani roʻyobga chiqaruvchi barcha tovushlar uning allofonlari (yun. allos — boshqa va ...fon) deyiladi. Ular Fonemaning variantlari oʻlaroq uning asosiy koʻrinishiga oʻxshamasligi mumkin.
- Hozirgi termin maʼnosidagi "Fonema" tushunchasi, shuningdek, fonologiya nazariyasi birinchi marta 19-asrning 70—80 yillarida ruspolyak til shunosi Boduen de Kurtene tomonidan ishlab chiqilgan. Fonemafonologiya va morfonologiyaning oʻrganish obʼyektidir. Fonema tovushlarni farqlashga xizmat qiladigan jihatlar
Tovush va fonema - Tovush va fonemaning o‘zaro farqi ham nutq va til o‘rtasidagi o‘zaro farqqa borib taqaladi. Boshqacha aytganda, tovush nutqqa tegishli tushuncha bo‘lsa, fonema tilga tegishli tushunchadir.
- Soʻzlar tarkibidagi nutq tovushlari ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu ularning asosiy vazifasidir: tob, toj, toy, tok, tol, tom, tor, top, tot, tosh, tog‘, toq. Ko‘rinyaptiki, bu so‘zlar o‘zaro bitta (oxirgi) tovush bilan farq qilyapti. So‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush (https://fayllar.org/qonuniyatiga-kora.html)fonema (https://fayllar.org/qonuniyatiga-kora.html) deb ataladi. Fonemaning aniq talaffuz qilingan, quloqqa eshitilgan ko‘rinishi tovush yoki fon (allofon) deb yuritiladi7 (https://fayllar.org/yoki-ota-ona-ornini-bosuvchi-ortasida-tuziladigan-son-shartnom-v3.html). Masalan, bir, bilan soʻzlaridagi qisqa i, biy, tiy soʻzlaridagi choʻziq i, qirq, Gʻirot soʻzlaridagi ruscha ы ga yaqin aytiladigan i fon (allofon) hisoblanadi. Jorj Yul yuqorida zikr qilingan darsligida yozishicha (https://fayllar.org/i-bob-1-4-sinflar-oqish-kitobi-darsligida-keltirilgan-jahon-ad.html), fonema ongda mavhum tushuncha sifatida mavjud boʻlgan paytda, real nutqda uning turli variantlari hosil boʻladi.
- Fonemalarini tasnif qilganda ularni bir-biridan farqlantiruvchi belgilar farqlovchi (differensial) belgilar hisoblansa, shu tovushlar uchun umumiy belgilar esa birlashtiruvchi (integral) belgilar sanaladi: b va p tovushlari uchun lablar ishtirokida hosil bo‘lish va portlovchilik belgilari birlashtiruvchi belgilar sanalsa, jarangli- jarangsizlik belgisi farqlovchi belgidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |