Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti


Eksperimental (instrumental) fonetika


Download 0.51 Mb.
bet4/6
Sana18.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1281500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
106 gurh talabasi Ahmedova Mahliyoning

Eksperimental (instrumental) fonetika.

  • Fonetikaning bu turida nutq tovushlarining fizik-akustik va artikulatsion jihatlari maxsus asboblar (pnevmograf. ossilograf, fonograf, spektrograf va boshqalar) yordamida tadqiq qilinadi. shu asosda tovushlarning sifat va miqdor belgilari (balandligi, kuchi, tembri. spektri. cho'ziqlik darajasi), ularning artikulatsiyasi (hosil bo'lish o’rni. usuli) aniqlanadi. Bunday tadqiqot natijalaridan fonetik birliklarning fonologik jihatlarini tavsiflashda foydalaniladi.

Fonema

  • Fonema (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalarth tanib olish va farklash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy kismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farklaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Mas, oʻzbek tilida k Fonemasi yaqin til orqa, portlovchi jarangsiz undosh tovush boʻlib, chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangli gʻ, lablab, portlovchi jarangli b Fonemalaridan farklanadi. Fonema qandaydir eng sodda element emas, chunki bir paytning oʻzida mavjud boʻladigan belgilardan iboratdir.
  • Fonemaning belgilari farqlovchi (differensial) va farqlamaydigan (integral) turlarga boʻlinadi. Farqlovchi belgilariga koʻra, Fonemalar oppozitsiyalar (zidlanishlar) hosil qiladi. Fonemalar farqlanadigan pozitsiya, yaʼni uni oʻz artikulyatsiyasi bilan aniq talqin etish uchun qulay sharoit kuchli pozitsiya, Fonema farqlanmaydigan, boshqa bir Fonema bilan mos tushib qoladigan pozitsiya, sharoit kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada Fonema morfema va soʻzlarni farqlash vazifasiga (semasiologik vazifaga) ega boʻladi, kuchsiz pozitsiyada esa Fonema bunday vazifaga ega boʻlmaydi. Oʻzbek tilida unlilar oldidan kelgan undoshlar koʻpincha kuchli pozitsiyada (maye., bola, mola, qozon, dor, gul), soʻz oxiridagi jarangli va jarangsiz Fonemalar kucheiz pozitsiyada (tob, sud, maqsad, bugʻ, barg) boʻladi. Kucheiz pozitsiyada Fonemaning variantlari yuzaga chikadi, kuchli pozitsiyada esa uning asosiy koʻrinishi oʻzining barcha farklovchi belgilari bilan namoyon boʻladi. Tafovuti, farqi birgina Fonemaga tayangan morfema va soʻzlar juftida Fonema ayniqsa aniq bilinadi (qoʻl—soʻl, chol— chal—choʻl). Fonemaning mavjudligi yoki yoʻqligi ham morfema va soʻzlarni farqlashi mumkin (darmon—armon, uni—unni).

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling