Berdiyeva dilnoza abdiyusupovnaning
Download 125.5 Kb.
|
BI-51-2-gr Yusupov Iskandar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT-2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOShKENT MOLIYA INSTITUTI “BI-53-2” guruhi talabasi BERDIYEVA DILNOZA ABDIYUSUPOVNANIng “Bank menejmenti va marketingi” fanidan bajargan MUSTAQIL ISHI TOSHKENT-20211. Bank menejmentining nazariy asoslari.Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit tashkilotlarining faoliyati o‘ziga xos boshqaruvni talab etadi. Banklarning oldiga qo‘ygan masadlari amalga oshirish va vazifalarini bajarish boshqaruvning ahamiyati oshadi. Banklar faoliyatini boshqarish rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish va nazorat qilish kabilardan iborat bo‘lib, ular banklar faoliyatining samaradorligini va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, menejment so‘zi, inglizcha «management» so‘zidan olingan va o‘zbek tilida “boshqarish” ma’nosini anglatadi. Ilmiy adabiyotlarda ba’zi hollarda “korxonani boshqarish” deb tushunilsa, ba’zida “korxonani boshqarish shakli, vositalari, tamoyillari va bilimlar yig‘indisi” deb ta’riflanadi. Ushbu yondashuv hozirgi sharoitda korxonalar faoliyatini boshqarish chuqur bilim va vositalarga ega bo‘lishni talab etadi. Tijorat korxonasi sifatida banklar faoliyatini boshqarish ma’lum bir sohadagi bilimlar bilan kifoyalanmasdan, barcha tarmoq va sohalar bo‘yicha bilimga va tushunchalarga ega bo‘lishni talab etadi. SHunday qilib, bank menejmenti – bu banklar faoliyatida xodimlarni, moliyaviy xizmat va operatsiyalarni hamda bankning moliyaviy natijalarini boshqarish shakli, vositalari va maxsus bilimlar yig‘indisidir. Bank menejmenti boshqaruv faoliyatining ob’ekti bo‘lib, nazariy va amaliy soha hisoblanadi. Bank menejmenti fan sifatida o‘zida ma’lum soha faoliyatining nazariy va uslubiy asoslarini o‘zida ifoda etadi. Amaliy faoliyat sifatida esa, ma’lum tijorat bankini boshqarish va tashkil qilish shakli hisoblanadi. Boshqaruv sohalari menejmentning yo‘nalishlari hisoblanib, o‘z ichiga moliyaviy menejment, xodimlar menejmenti, ko‘chmas mulkni boshqarish va boshqalarni boshqarish. Bank menejmenti ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi. Ular quyidagilar: Bank menejmentining tarkibiy qismi hisoblangan moliyaviy menejment alohida yo‘nalish sifatida XX asrning 50 yillarida shakllangan. Bunda asosan aktiv va passivlarni boshqarish, kapitalni boshqarish, portfelni boshqarish kabilarni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy menejmentning asosiy maqsadi bank operatsiyalarini boshqarish va ushbu jarayonda bank faoliyatidagi risklarni minimallashtirishga xizmat qiladi. Banklarda moliyaviy menejmenti bankning pul mablag‘larini boshqarishga asoslanadi. Unga banklarning iqtisodiyotdagi roli, maqsad va vazifalari, ob’ektlari, usullari va bank faoliyatini boshqarishni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy menejment orqali tijorat banklari likvidliligini boshqarishi, moliyaviy resurslarini boshqarish, kredit, investitsion va valyuta portfelini boshqarishi, moliyaviy natijalarini va balansdan tashqari operatsiyalarini boshqarishi mumkin. Tijorat banklari kutilayotgan daromad darajasini ushlab turgan holda risk darajasini minimallashtiradi. Demak, moliyaviy menejment bank menejmentining ajralmas va muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bank menejmenti o‘z tarkibiga moliyaviy menejmentdan tashqari xodimlar menejmentini o‘zida mujassamlashtiradi. Xodimlar menejmentida bank mutaxassislari va yollangan xodimlarn boshqarish amalga oshiriladi. Bank menejmenti boshqaruv faoliyati sifatida o‘z ichiga quyidagi elementlarni oladi: ob’ekt, sub’ekt, vositalar (instrumentlar), protsedura va huquqiy ta’minot. Biz yuqorida keltirilgan bank menejmentining elementlarini tasniflab o‘tamiz. Bank menejmentining ob’ekti. Banklar faoliyatida boshqaruvning ob’ekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar (aktiv, passiv va balansdan tashqari operatsiyalar); tijorat banklari faoliyati natijalari (bankning daromadlari, foydasi va samaradorlik ko‘rsatkichlari); bank xizmatlari va operatsiyalari amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlar va mutaxassislar. Hozirgi sharoitda tijorat banklari o‘rtasida raqobatning kuchayib borishi, ular faoliyatini boshqarishni va boshqaruv sifatini takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, tijorat banklari faoliyatini boshqarishning ob’ekti hisoblangan aktiv va passivlar hajmi bilan emas, balki uning sifati, risk darajasi, likvidliligi va daromadlilik darajasini ta’minlashni talab etadi. Demak, boshqaruv ob’ektlarini aniqlashtirish boshqaruv sifatini oshiribgina qolmasdan, balki boshqaruvni soddalashtirish va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Bank menejmentining sub’ektlari – bu bank faoliyatini boshqarishda va boshqarish jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar. Bank menejmenti sub’ektlarini ishtirok etishiga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi: - tashqi sub’ektlar; - ichki sub’ektlar. Tashqi sub’ektlar bilvosita banklarni boshqarish jarayonida ishtirok etadi va davlat organlari bo‘lib hisoblanadi. Banklar faoliyatini boshqarishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki turli usullar orqali ta’sir o‘tkazadi. Ayniqsa, banklarning xizmatlari va operatsiyalari bo‘yicha o‘rnatilgan iqtisodiy normativlar shu turdagi xizmatlar ko‘rsatishni boshqaradi va tartibga soladi. Masalan, tijorat banklari tomonidan beriladigan yirik kreditlarning quyi va yuqori chegarasiga qo‘yiladigan talablarni olaylik. Bunga asosan, tijorat banklari kredit operatsiyalarini boshqarishda Markaziy bank belgilagan normativga rioya etishi shart, ya’ni quyidagi nortivlarni bajarishi lozim: - tijorat banklari tomonidan beriladigan ta’minlanmagan kreditlar birinchi darajali bank kapitalining 5 % idan oshmasligi lozim; - tijorat banklari tomonidan beriladigan ta’minlangan kreditlar esa, birinchi darajali bank kapitalining 25 % idan oshmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu normativlar asosida tijorat banklarining kredit operatsiyalari tashqi tarafdan tartibga soladi va kredit risklarini boshqarishga yordam beradi. Bundan tashqari, tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bog‘liq operatsiyalari, valyuta bilan bog‘liq operatsiyalar, ko‘chmas mulkka qo‘yiladigan investitsiyalari va boshqalar Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan talablar asosida tartibga solinadi va boshqariladi. Bank menejmentining ichki sub’ektlari, bankning ichki boshqaruv tarkibi – aksionerlar yig‘ilishi, Bank kengashi, bank boshqaruvi hisoblanadi. SHuningdek, banklarda tashkil qilingan departamentlar, boshqarmalar va qo‘mitalar boshqaruv jarayoning sub’ektlari hisoblanishi mumkin. Bank menejmentining vositalari (instrumentlari). Bank menejmentining vositalari – bu banklar faoliyati va operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan ma’lum tartib qoida va me’yorlar majmuasidir. Bank menejmentining vositalari umumbank faoliyati va aniq bir operatsiya yoki xizmatga tegishli vositalarga bo‘linadi. Umumbank faoliyatiga tegishli vositalar yoki me’yorlar majmuasi bank ustavidir. CHunki bankning ustavida bank amalga oshirishi mumkin bo‘lgan xizmatlar, operatsiyalar va boshqa yo‘nalishlar o‘z aksini topadi. SHundan kelib chiqqan holda boshqa xizmat va operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tartiblar ishlab chiqiladi. Masalan, kredit siyosati, depozit siyosati, investitsion siyosat va kadrlar siyosati kabilarga bo‘linishi mumkin. Banklar o‘z siyosatida tegishli boshqaruv ob’ektlarini boshqarish usullarini o‘zining ichki siyosatida aks ettiradi va shu asosda boshqaradi. Bank menejmentini amalga oshirish tadbirlari. Bankfaoliyatini boshqarish jarayonida bank menejmenti vositalarini ma’lum ketma-ketlik asosida amalga oshirish boshqaruv tadbiri hisoblanadi. Masalan, mijozlar talabini o‘rganish va bankning holatidan kelib chiqib ularga xizmatlar ko‘rsatish. Boshqaruv tadbirlari aynan bank ichki siyosatida keltirilgan tartiblarni bajarishning natijasidir. Bu orqali, tijorat banklari oldiga qo‘yilgan maqsad va bankni rivojlantirish masalalarini hal qilishga yordam beradi. Huquqiy ta’minot. Bozor munosabatlarini qaror topishi va rivojlanishi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan bank tizimi va ular faoliyatini boshqarishning qonuniy asoslarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqardi. Bank va bank faoliyatiga oid huquqiy islohotlar respublikamizda bozor iqtisodiyoti jarayonlariga moslashayotgan hozirgi rivojlanish davri bilan uzviy bog‘liq holda vujudga kelmoqda. Huquqiy ta’minot bank menejmentining muhim elementi hisoblanib, banklar faoliyatini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Har qanday munlsabatlar singari banklar va ularning boshqa sub’ektlar bilan bo‘ladigan munosabatlari albatta huquqiy asosga ega bo‘lishi lozim. CHunki bank va mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan turli holatlar ma’lum bir me’yorlar asosida muvofiqlashtirilishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida huquqiy asosni shakllantirishni talab qiladi. Banklar faoliyatini tartibga soladigan qonunchilik hujjatlariga “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi, “Ipoteka to‘g‘risida”gi va boshqa shu kabi qonunlar kiradi. Huquqiy asoslarini yoritishda ularni 4 ta bo‘limga bo‘lib o‘rganamiz. Ular quyidagilar: 1- bo‘lim. Kodeks va qonunlar. Biz yuqorida keltirib o‘tgan qonunlar 1 blokka kiritiladi. 2- bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari kiritiladi. 3- bo‘lim. Qonun osti hujjatlarni ishlab chiquvchi davlat organlari – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va boshqa shu kabi organlar tomonidan ishlab chiqiladigan yo‘riqnoma, nizom va tartiblar kiradi. 4- bo‘lim. Tijorat banklari tomonidan mustaqil ishlab chiqiladigan ichki tartib va siyosatlari kiradi. Banklar ichki tartib va siyosatini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqadi va o‘z faoliyatida ulardan foydalanadi. Bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish, ularni ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish dolzarb masalalardan bo‘lib, ushbu muammolarni rivojlangan mamlakatlarning bank qonunchiligi bilan solishtirish asosida ularni tajribasini o‘rgangan holda xulosa va tavsiyalar berish, respublikamiz bank qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qiladi. Download 125.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling