Berdoq nomidagi qaraqalpoq davlat universiteti


Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash soʻrovnomasi


Download 0.62 Mb.
bet10/14
Sana08.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1178377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5287752035897185746

2.3.Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash soʻrovnomasi.
Mazkur soʻrovnoma shaxsga nizolashuvchanlik xususiyati qanchalik xos ekanini aniqlashga xizmat qiladi.
1. Jamoat transportida boshlanib ketgan tortishuvga sizning munosabatingiz qanday boʻladi?
A) ishtirok etaman; b) qaysi tomonni haq deb bilsam, uning oldini olib, biror narsa deyman, v) faol aralashib, butun zarbani oʻzimga olaman.
2. Majlislarda rahbariyatni tanqid qilib chiqasizmi?
A) yoʻq; b) yetarli asosga ega boʻlsam, tanqid qilaman; v) har qanday sabab bilan nafaqat rahbariyatni, balki uning oldini olganlarni ham tanqid qilaman.
3. Doʻstlaringiz bilan tez – tez tortishib turasizmi?
A) hafa boʻlmaydiganlari bilan tortishaman; b) faqat ayrim jiddiy masalalarda tortishaman; v) tortishuv menga suv va havodek zarur.
4. Yaqinda kelib, navbat boshiga suqilib kirayotgan kishiga munosabatingiz qanday boʻladi?
A) Ichimdan norozi boʻlaman-u, indamayman; b) eʼtiroz bildiraman; v) oʻzim navbat boshiga turib, odamlarni tartibga chaqiraman.
5. Uyda dasturxonga tuzi past taom tortilganda, reaksiyangiz qanday boʻladi?
A) arzimagan narsani deb dod – voy solmayman; b) indamay tuzdonni olaman; v) piching qilaman, ovqatlanishdan namoyishkorona bosh tortaman.
6. Koʻchada yoki transportda oyogʻingizni bosib olishsa, reaksiyangiz qanday boʻladi?
A) aybdor odamga kinoyali qarab qoʻyaman; b) ikki ogʻiz eʼtiroz bildiraman; v) bisotimdagi hamma “chiroyli” soʻzlarni toʻkib sochaman.
7. Yaqinlaringizdan biri sizga yoqmaydigan narsa harid qilganda reaksiyangiz qanday boʻladi?
A) indamay qoʻya qolaman; b) qisqacha fikr bildirib qoʻyaman; v) tanqid qilib tashlayman.
8. Lotoreyada omadingiz chopmasa, bunga qanday munosabatda boʻlasiz?
A) oʻzimni xech narsa boʻlmaganday koʻrsataman, ammo ichimda boshqa oʻynamaslikka oʻzimga vaʼda beraman; b) hafaligimni berkitmayman va bir kunmas alamimni olmasam boʻlmaydi deb oʻylab qoʻyaman; v) anchagacha kayfiyatim buzuq boʻlib yuraman.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling