Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


N.A.Bogoroditsskiy  tasnifi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana26.06.2017
Hajmi0.7 Mb.
#9903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

N.A.Bogoroditsskiy  tasnifi. Professor N.A.Baskakov tasnifi boshqa tasniflarga qaraganda 

birmuncha mukammalroq. Baskakov turkiy tillarni tarixiy rivojlanish jihatidan ikki katta 

tarmoqqa ajratadi: 

1. G`arbiy xun tarmog`i. 

2. Sharqiy xun tarmog`i. 

Turkiy tillarning g`arbiy xun tarmog`i sharqiy xun tarmog`idan fonetik, leksik, grammatik 

xususiyatlari bilan farq qiladi va unga quyidagi til guruhlari kiradi: 

1. Bulg`or tillar guruhi. Bu guruhga kiruvchi tillar bulg`or, xazar va hozirgi chuvash tili. 

2. O`g`uz tillari. Bu guruhga kiruvchi tillar 3 qismga bo`linadi: 

    1. o`g`uz-turkman tillariga o`g`uz tili, turkman tili va Kavkazdagi truxman tillari kiradi. 

    2. o`g`uz-bulg`or tillariga qadimgi pecheneg, hozirgi gagauz tillari kiradi. 

    3. o`g`uz-saljuq tillariga o`lik saljuq tili, qadimgi turk tili va hozirgi ozarbayjon tili, 

hozirgi turk tili kiradi. 

3. Qipchoq tillari guruhi. Bu guruh ham 3 qismga ajratiladi:  

a. qipchoq-bulg`or guruhi unga qadimiy oltin o`rda adabiy tili (g`arbiy), hozirgi tatar, 

boshqird tillari kiradi. 

b. qipchoq-o`g`uz guruhi bunga qadimiy polovets (qipchoq) tili, qorayim, qumiq tillari 

kiradi. 


v. Qipchoq-no`g`ay guruhi: bunga hozirgi no`g`ay, qoraqalpoq, qozoq tillari kiradi. 

4. Qorliq tillari guruhi bu guruh ham 2 qismga ajratiladi:  

a. qorliq-uyg`ur guruhi: bunga qadimiy qoraxoniylar davlati adabiy tili va qoraxoniylardan 

keyingi adabiy til kiradi. 

B. qorluq-xorazmiy guruhi: bunga qadimgi qoraxoniy xorazmiy tili, oltin o`rda dabiy tili 

(sharqiy), eski o`zbek tili, hozirgi tillardan o`zbek tili (qipchoq shevalaridan tashqari), uyg`ur tili. 



Sharqiy xun tarmog`i. Bu tarmoqqa kiruvchi tillar quyidagilar:  

1. Uyg`ur tillar guruhi. Bu guruh 3 qismga bo`linadi: 

a.uyg`ur tubyug tillari: bunga qadimiy lokun enisey yozuvlari tili, qadimiy uyg`ur tili, 

hozirgi tillardan tuva tili, qoragas tili kiradi. 

b.yoqut tili guruhiga hozirgi yoqut tili kiradi. 

v.xakas guruhi bunga xakas, tamasin, kyuerin, shor, oltoy tilining shimoliy shevalari va 

sariq uyg`ur tili kiradi. 


-8- 

 

2. Qirg`iz-qipchoq tillari guruhi bunga qirg`iz tili oltoy tilining, oltoy, temut, telengit 

shevalari kiradi. 

Turkiy tillar tasnifini yaratish ko`rib o`tganimizdek ko`p vaqtlardan beri davom etib 

kelgan. Bunga tilshunos olimlar mehnati singan. Lekin shunday bo`lsada, ishlab chiqilgan 

tasniflar orasida N.A.Baskakovniki har tomonlama pishiq ishlaganligi, mukammalligi bilan 

ajralib turadi. 

Bizning ona tilimiz bo`lgan o`zbek tili ham kelib chiqishiga ko`ra turkiy tillar oilasiga 

mansubdir. Shunday bo`lsada, uning o`ziga xos boshqa turkiy tillardan farkli tomoni bu uning 

singormanizm hodisasidan uzoqlashgani, ya`ni arab va fors tillari ta`sirining o`zbek tiliga 

bo`lgan munosabatlari bu tilning boshqa turkiy tillar orasida alohidaligini belgilaydi. O`zbek tili 

Baskakov tasnifida g`arbiy-xun tarmog`ining qarluq tillar guruhini qarluq-xorazm guruhiga 

kiritilgan. 

Shunday qilib, turkiy tillar, ularning har birining xususiyatlari, ular orasidagi farklar 

o`xshashliklar va boshqa belgilari asosida bu turkum tillar ma`lum bir qolipga tushurilgan, ya`ni 

tasnif qilingan. 

Bu shuni Maxmud Qoshg`ariy boshlab bergan bo`lsada, V.Radlov birinchi bo`lib ilmiy 

tarzda asoslangan. Muvoffaqiyat esa, N.Baskakovning mehnatlari evaziga unga nasib qilgan. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.Muxtarov A., Sanaqulov U. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995.  

2. Paxratdinov Q. Turkiy tilles xaliqlar. Nukus, 1999. 

3. Reshetov V.V., Shoabdiraxmanov Sh. O`zbek dialektologiyasi. Toshkent, 1978. 

4. Tursunov U., O`rinboev B., Aliev A. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995. 

5. Turkiy tillarning o`zaro bog`lanishi masalalari. Nukus, 1998. Ilmiy maqolalar to`plami.  

 

O`zbek tilining turkiy tillar orasida tutgan o`rni 



 

REJA: 

1. O`zbek tiliga umumiy tasnif. 

2. O`zbek tilining grammatik xususiyatlari. 

3. Xulosa



 

Til insonga va inson jamiyatga xos hodisadir. Til insonlar orasida o`zaro aloqa vositasi 

bo`lgan quroldir. 

Til tizimdir. Uning turli sohalari tovushlari, so`zlari, qo`shimchalari, gap qo`rilishi bir-biri 

bilan bog`lanib, yagona bir sistemani tashkil etadi. 

Tarixda o`z tiliga ega bo`lmagan birorta eng kichik, juda ibtidoiy jamoa ham bo`lmagan.  

Taxminiy hisoblarga ko`ra, dunyoda 1300 xalq va elat bo`lgan holda, 3000 ga yaqin til bor. 

Olimlar qadimgi davrlardan boshlab dunyo tillari va ularning tarixi bilan qiziqib keladilar. 

Turli va rang-barang tillar o`rtasidagi yaqinlik va noo`xshashlikni ko`rsatuvchi ko`plab faktlarni 

yig`adilar. Kuzatishlar natijasida tillarning qiyosiy-tarixiy usul yo`li bilan o`rganish uslubi 

shakllandi. 

Shu asosda dunyo tillarining ikki xil tasnifi berildi: 



1. Geneologik tasnif: tillar orasidagi fonetik, leksik, grammatik o`xshashlikka asoslanadi. 

2. Morfologik tasnif: tillarning tuzilishiga asoslanadi. 

Dunyo tillarini geneologik tasnif bo`yicha 16, ba`zilar esa 20-25 oilaga bo`ladilar. 

Morfologik tasnifga ko`ra to`rtga guruhga bo`ladilar. Bular amorf tillar, aglyutinativ tillar, 

orlektiv, polisintetik til guruhlaridir. Bizning suhbatda olib boradigan mavzuimiz ham ayni shu 

tillarning aglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Shuning uchun aglyutinatsiya tushunchasiga bir oz 

aniqlik kiritsak. Bu tillarning xususiyati shuki, affikslar bevosita o`zak yoki negizga qo`shiladi, 

asosan bir grammatik ma`no ifodalaydi, prefikslar o`rnida ko`makchilar qo`llanadi, grammatik 

jins kategoriyasi bo`lmaydi va boshqalar. 



-9- 

 

Bizning ishimiz asosi bo`lgan o`zbek tili turkiy tillar oilasining turkiy tillar oilasiga kiradi. 

Turkiy xalqlar ichida o`zbek xalqining shakllanishi muammosi murakkab masalalardan biri 

byalib qolmoqda. 

Bir necha yillar davomida o`z tarixi, madaniyati va tiliga beparvolik va mensinmaslik bilan 

qarash, hadiksirash va qo`rquv hozirgi paytda muhim milliy masalalarni keskin qo`yilishiga, 

narozilik va keskinlikning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. 

O`zbek xalqi va tilining genezisidagi murakkab jarayon hozirgi zamon o`zbek adabiy 

tilining shakllanishida ham o`z aksini topdi. 

O`zbek adabiy tili to`rt xil sheva guruhidan tashkil topgan bo`lib, bular Samarqand-

Buxoro, Toshkent, Farg`ona va Xorazm shevalaridan iborat. 

O`zbek tilining boshqa turkiy tillar orasidagi o`ziga xos bo`lgan tomonlari va ularning 

boshqa turkiy tillar orasida farqli tomonlarini ochishni ishimiz mavzusi qilib oldik, bu 

xususiyatlarni baholi qudrat ochishga harakat qildik. 

O`zbek tilining boy imkoniyati, xususiyatlarini uning fonetik tomonini ko`rishdan 

boshlasak. 

Avvalo, o`zbek tili boshqa turkiy tillarning boshqalarida uchraydigan singormanizm, ya`ni 

(ohangdoshlik hodisasi o`zbek tilida uchramaydi). 

Masalan:  bordim-so`zida i unlisi talaffuz paytida qattiq aytilyapti. Singormanizm 

hodisasiga ko`ra, bordыm shaklida bo`lishi kerak. Bu hodisa qozoq tillarda juda yaxshi saqlanib 

qolgan. Qoldar, qөlder kabi. Qoraqalpoq, qirg`iz tillarida ham uchraydi. Aytish joizki, tillarning 

boshqa oilalarida bunday hodisa uchramaydi. O`zbek tili fonetikasini va grammatikasini bilish 

ona tili va adabiyoti mutaxassisliklari uchun zarur narsadir. 

Unlilar haqida to`xtasak. Eski turkiy tilda 8 ta unli uchraydi. 

Ular: a, ə, o, ү, u, ы, e, i

Hozirgi o`zbek adabiy tilidagi unlilar oraliq qattiq-yumshoqlik bilan farqlanmaydigan 

tovushlardir. 

Unlilarning qattiq-yumshoqligi hozirgi o`zbek adabiy tilidan boshka turkiy tillarda, 

shuningdek eski turkiy tilda ham katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat aloxida-alohida, ya`ni 

mustaqil fonemalarni tovush tomonini farklaydi. 

Shuni aytish kerakki, boshqa turkiy tillardan i,  ү,  ө,  ə unlilari o`zbek tilida uchramaydi. 

Balki, ayni shu tovushlarning yo`qligi singormanizmning yo`qolishiga sababdir. Ayni mana shu 

tovushlar bizdagi uo`, a tovushlardan yumshok talaffuz qilinishi bilan farqlanadi: өtken-o`tgan, 

ərman-armon kabi. Ы tovushi ham ishlatilmaydi. Turkiy tillar ichida hozirgi o`zbek adabiy tili 

lovchi hisoblanadi. 

Buning sababi shundaki, umumturkiy qattiq a hozirgi o`zbek adabiy tilida ko`pgina 

hollarda ə ga o`tadi.  

O`zbek tilining morfologik tomoni ham juda boy, ayni paytda boshqa turkiy tillardan ba`zi 

bir xususiyatlari bilan farqlanadi. 

Turkiy tillarda ot, sifat, olmosh kabi so`z turkumlari bir xil tuslanish xususiyatiga ega.  

O`zbek tilida 7 ta kelishik emas, 6 ta kelishik bo`lishi bilan farqlanadi. 

O`zbek tilida boshqa turkiy tillarda uchraydigan vositali kelishik ishlatilmaydi. Og`iz, 

ko`ngil, burun, singil kabi so`zlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda negizidagi bir(-i) e(-u) 

tovushi tushadi: o`g`lim,  og`zim, ko`nglim kabi so`zlarga –a yoki –la qo`shimchalari 

qo`shilganda, o tovushi a tovushiga aylanadi va yuqoridagi so`zlar boshqa so`z turkumlari 

vazifasidagi so`zlarga aylanib qoladi: angla-fe`l, ota-fe`l, sana kabi. 

Fe`l nisbatlari yasovchi qo`shimchalari qanday eshitilsa, shunday yoziladi: kuldir, o`tkaz, 

tutqaz  kabi. O`zbek tili so`z yasovchi affikslarga boy bo`lib, yangi so`zlar yasash imkoniyati 

kengdir: ko`rgaz-ma, tezlat-chi kabilar. 

Har bir tilning boyligi uning so`z boyligidan bilinadi. Hozirgi zamon o`zbek tilida 

so`zlarning miqdori to`g`risida turli fikrlar bayon qilinadi. 

R.Abdurahmanov 80 ming so`z bor desa, E.Ferlov bu miqdorni  100-120 mingga etkazadi. 

«O`zbekcha-ruscha lugatda» 40 ming, «O`zbek tilining izohli lug`ati»da 60 ming so`z, «O`zbek 



-10- 

 

tilining imlo lug`ati» esa 65 ming so`z keltiriladi. Bu lug`atlarda asosan adabiy tilda 

qo`llaniladigan so`zlar keltiriladi. 

Ammo har bir tilning boyligi so`zlarning miqdori bilangina belgilanmaydi. So`zlarning 

ko`p ma`noli bo`lishi, yangi so`z yasash imkoniyatlarining kengligi ham tillar boyligidir. 

Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili so`z boyligi ikki qatlamdan tashkil topgan: o`z qatlam va 

o`zlashma qatlam. 

O`zbek tilining o`z qatlami umumiyturkiy va tub o`zbek so`zlardan tashkil topadi. 

Umumiyturkiy so`zlarga muz, ona, og`iz, sog`, suv, temir, jil, til, tosh kabi so`zlar kirib, bu 

so`zlar har bir turkiy tilning fonetik xususiyatiga ko`ra, ma`lum darajada o`zgargan holda 

talaffuz qilinadi. 

O`zbek tilining turkiy tillarning ichida o`ziga xos va farqli tomonlaridan biri bu-

shevachilik-dialektizmning mavjudligidir deb o`ylayman. Chunki boshqa turkiy tillarda 

so`zlashuv va adabiy til bilan bir xiddek. O`zbek tiliniki adabiy tillar me`yorlariga yaqin bo`lib, 

ayni adabiy tildek ishlatilmaydi. 

Masalan, narvon so`zini olsak, adabiy tilda narvon, Farg`onada shoti, Xorazm va 

Qoraqalpog`istonda yashovchi o`zbeklarda esa zangi so`zi shaklida ishlatiladi. Yoki egat so`zi, 

birlikda chel tarzida ishlatiladi. 

O`zbek tilining har bir shevasi lahjasi o`ziga o`ziga xos leksik, grammatik xususiyatlariga 

ega bo`ladi. Ana shu sheva xususiyatlardan uslubiy vosita sifatida ayrim yozuvchilar ustalik 

bilan foydalanidilar. 

- Sen bizga xiyonat, qilding, it uvli. 

- O`luvdan ham qaytmaysanmi?!-dedi zaxarxanda qilib xon (A.Qodiriy «Mehrobdan 

chayon»). 

Agar shevalardagi juda boy so`zlarni hisobga olinsa, u so`zlardan zarurlari adabiy tilga 

kiritilsa o`zbek tilidagi so`zlarning umumiy soni 200000 dan kam bo`lmaydi, deya 

ma`lumotlarni tilshunos olimlarimiz o`z ilmiy tajribalarida ko`rsatib beradi. 

1989 yil 21 oktyabrda o`n birinchi chaqiriq O`zbekiston Oliy Kengashning o`n birinchi 

yig`ilishida O`zbekistonning Respublikasi Davlat tili haqidagi Qonunni qabul qiladi. 

Qonun o`zbek tiliga davlat tili maqomini berdi.Shu vaqt mobaynida ko`pgina chetdan 

kelgan, ayniqsa rus tilidan o`zlashgan so`zlar o`zbekchaga tarjima qilindi. O`zbek tilining boy 

imkoniyatlari har sohada ko`zga tashlanmoqda. O`zbek tili turkiy tillar ichida shirador, talaffuzi 

chiroyli, ravon va aniq, badiiy asarlar yozish uchun eng yaxshi tillar deb bilaman. 

O`zbek tilining bundan keyingi boy imkoniyatlarini ochish, ularni xalqimiz ommasiga 

bekamu-ko`st qilib tanishtirib berish, o`zbek tilining boshqa tillarga aralashtirilmasdan sof holda 

saqlash shu yurtda yashovchi har bir insonning yuksak burchidir. 

Zero, xalkning tirikligi, rivoji, jamiyatning gullab-yashnashi, muloqatimiz go`zalligini 

ko`rsatib turadigan narsa bu-tildir. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Sanaqulov U. O`zbek tili tarixi. Toshkent, 1998. 

2. Abduraxmanov G`., Mamajanov S. O`zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995. 

3. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali. 1992 yil, 8-son. 

4. Ne`matov. O`zbek tilining tarixiy fonetikasi. Toshkent, 1996. 

5. Irisqulov K. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 1985. 

6. Aliev A., Sodiqov Q. O`zbek tilshunosligi tarixidan. Toshkent, 1998. 

 

 



 

 

 

 

 

-11- 

 

O`zbek tilining shakllanishida turkiy bo`lmagan  

tillarning o`zaro ta`siri 

 

REJA: 

1. O`zbek tilining shakllanishida tojik tilining tutgan o`rni. 

2. O`zbek tili taraqqiyotiga arab tilining ta`siri. 

3. Mo`g`ul tili bilan tarixan qarindosh. 

4. O`zbek tili lug`ati tarkibidagi ruscha-evropacha so`zlarning mavqei. 

    


Umumxalq tilining taraqqiy etishi hamma vaqt uning boshqa tillar bilan o`zaro 

aloqalarning kengayishi bilan bog`liq holda davom etadi. Ma`lum tilda boshqa chet til 

unsurlarining kirib o`zlashib qolishi tarixiy va qonuniy hodisa hisoblanadi. Mamlakatlar va 

xalqlar o`rtasida ijtimoiy-siyosiy va madaniy munosabatlarning rivojlanishi, ayniqsa bir-biriga 

qo`shni xalqlarning yaqin madaniy aloqalari natijasida yangi g`oyalar hamda fikrlar, yangi 

tushunchalar qabul qilinadi. Bu jarayon esa yangi fikr va tushunchalarni ifodalovchi yangi 

so`zlar qabul qilishni taqozo etadi. Bu tarixiy jarayon ma`lum xalq yoki tilning o`ziga xos 

xususiyatlarini cheklab qo`ymay, aksincha, ularning yana ham rivojlanishiga, til lug`at 

tarkibining boyib borishiga, o`zgarishlar bo`lishiga olib keladi.  

Turkiy va turkiy bo`lmagan tillar orasidagi aloqani va bu aloqaning kengayib borishi 

natijasida turkiy tillarda paydo bo`lgan ba`zi bir fonetik o`zgarishlarni M.Qoshg`ariy ham o`z 

vaqtida to`g`ri ko`rsatib o`tgan.  

O`zbek tilining boshqa tizimdagi tillar bilan birinchi navbatda, tojik tili bilan o`zaro 

munosabati juda muhim masalalardan biridir. Bu o`zbek tilshunosligi bilan bog`liq bo`lmay, 

balki umumiy tilshunoslikka oid g`oyat muhim nazariy masaladir.  

Ma`lumki, metisatsiya (qardosh bo`lgan tillarning aralashuvi) va gibridizatsiya (turli 

sistemadagi tillarning chatishuvi) muammosi umumlingvistik REJAda hal qilinishi zarur. O`zbek 

va tojik xalqlarining etnik va til aloqalarini belgilamasdan turib, o`zbek adabiy tilining 

shakllanishini aniqlash mumkin emas.  

O`zbek xalqining tojik xalqi bilan aloqasi qadimdan buyon asrlar bo`yi davom etadi. 

Bunga bir necha tarixiy asoslar va sabablar bor.  

O`zbek va tojik tillarining bir-biriga ta`sirini ikki katta davrga bo`lish mumkin, deb 

ko`rsatadi prof. M.S.Andreev: 

1. Arablar istilosigacha bo`lgan qadimgi tojik tili yoki so`g`diy tiliga yaqin bo`lgan tillar 

davri; 

2. Arablar istilosidan so`nggi tojik va o`zbek tillari munosabati davri; 



O`zbek xalqi bilan tojik xalqi O`rta Osiyoning eng qadimgi va mahalliy xalqlaridandur. Bu 

ikki xalqning turmush sharoiti bir xil yoki bir-biriga juda yaqin bo`lganligi sababli hayotning 

turli sohalarida hamkorlik qilib keldilar. Bu hamkorlik o`zbek va tojik xalqlarining tillarida-

fonetikasi, lug`at qurilishi va grammatik qurilishida o`z aksini topdi. Bularning eng 

muhimlaridan biri sifatida bevosita tojik tilining ta`siri ostida etakchi shahar shevalarida turkiy 

til fonologik tizimiga xos bo`lmagan tovushlarning paydo byalishini ko`rsatish mumkin. Chetdan 

kirib qolgan bu qo`shimcha omil ta`sirida til oldi unlilarning konvergentsiyasi yuzaga keladi. 

Buning natijasida Toshkent tipidagi shahar shevalarining vokalizmi tojik tili unlilarga 

yaqinlashib bordi. Bu hodisa o`zbek tilida singormanizmning qisqarishiga, shahar shevalarida 

esa asta-sekin kuchsizlanib yo`qola borishiga olib keldi. 

O`zbek tiliga tojik tilidan fakat ot turkumiga oid so`zlargina emas, balki sifat, ravish, 

bog`lovchi va yuklamalarda ham o`zlashtirildi. Masalan, shudgor, joy, chora, jon, jonajon, 



askar, devor, dasht, bekor, don, hamroq, hammom … kabilar. 

O`zbek tilida tojik tilidan o`zlashtirilgan so`z yasovchi morfemalar sifatida –bon, -boz, -



do`z, -paz, -furush, -simon, -parvar, -xo`r kabi affikslar ishlatiladi. (ariqboz, etikdo`z, oshxona, 

xudbin, odamsimon, g`amxo`r kabilar). 

-12- 

 

O`zbek tiliga tojik tilidan –ser, -kam, -be, -bar, -bo, -no, -xush kabi prefikslar ham 

o`zlashtirilgan: sergap, beburd, badavlat, barvaqt, beodob, noto`g`ri, hamnafas kabi. 

Bu morfemalarning ko`pchiligi o`zbek tiliga forscha-tojikcha so`zlar tarkibida kirib kelgan 

bo`lib, o`zbekcha so`zlardan so`z yasashda ishtirok etmaydi.  

Turkiy (o`zbek) va fors-tojik xalqlarning bir-biri bilan qo`shilib aralashib ketishi, bu 

xalqaro tillarning o`zaro ta`siri natijasida forsiy va turkiy izohlar, aralash forsiy-turkiy so`z 

birikmalari keng qo`llangan: mahbubi dil, ayemi avasl, sharhi vasl, junu vadisi, shiq ahli, 



muxabbat siri, jondin batang. 

Ko`p asrlar davomida bu hududda yashash, bir xil turmushi tarzi va madaniy hayot bu 

xalklarning tillarida yaratilgan hikmatli so`zlar, maqol va iboralarda ham o`z aksini topdi. 

Odamning qo`li gul-Dasti odam gul; Orzuga ayb yo`q-Orzu aybpodarad; Mehmon otangday 

ulug`-Mehmon az padarat buzrug kabi hikmatli so`z va iboralar mazmunan ham, tuzilishi 

tomonidan ham bir-biriga o`xshaydi. Bu kabi hikmatli so`z va iboralar bu tillarda bir vaqtda yoki 

olinma-keyin yuzaga kelgan. O`zbek va tojik-fors tillarining o`zaro bir-biriga ta`siri bizning 

davrimizgacha davom etdi, yana ham mustahkamlanib berdi. Buning natijasida ikkitillilik 

hodisasi yuzaga keldi, shiru-shakar usulida yozilgan asarlar payda bo`ldi. 

Turkiy tillarga, jumladan, o`zbek tiliga kyaproq uning lug`at tarkibi boyishiga arab til ham 

sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Mahalliy xalklarning tillariga arab tilining ta`siri bevosita VIII asr 

boshlarida arablarning O`rta Osiyoni bosib olishi, arab xalifaligi hukmronligining boshlanishi va 

bu erdagi xalqlarning musulmonlikni, islom dinini qabul qilishi bilan bog`langan. 

Arab tili ilm-fan tiliga oylangan. Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Farobiy, M.Qoshg`ariy 

kabi olimlar o`z asarlarini tilda yozdilar. 

Arab tilidan o`zbek tiliga asosan, ot va fe`l turkumiga oid so`zlar o`zlashgan: intizom, 

daftar, maktab, kashf, karor, fan, g`ayrat, g`alaba, millat, musobaqa, majlis kabilar. 

Arab tilidan o`zbek tiliga o`zlashgan ba`zi grammatik kyarsatkichlar, jumladan, -iy, -viy, -



ot, -iyat, -an kabilar o`tatil so`zlari tarkibida qo`llangan va shundayligicha o`zbek tiliga qabul 

qilingan: amoliy, madaniy, ommaviy, hayvonot, shaxsan, xususan. 

Mustaqillik sharofati tufayli arabcha so`z-atamalarining mikdori kundan-kunga ortib 

bormoqda. Ma`lum sabablar bilan majburan iste`moldan chikarib yuborilgan so`z-atamalarning 

ayrimlari qayta tiklanmokda. Masalan, tijorrat (savdo), doilfunun (universitet), rieznet 

(matematika), dorilhikmat (akademiya), tabobat (meditsina), munaqqid (tanqidchi) va sh.k. 

Ba`zi arabcha so`zlar o`zbek adabiy tili va uning shevalarida o`z asl ma`nosida qo`llanishi 

bilan birga, ma`nosi kengaygan, toraygan va o`zgargan holda ham uchraydi. Masalan, 

g`assoleo`zi arab tili va uning dialektilarida, umuman «yuvuvchi, tozalovchi» ma`nolarida 

ishlatiladi; idehum g`assolno`nen-ular qo`llarini yuvishdi kabi. Namangan shevasida esa g`assol 

so`zi fakat «o`lik yuvuvchi» ma`nosini bildiradi.  

Arab tilidan kirib kelgan yangi o`zlashtirmalar dastlabki paytlarda ko`proq islom bilan, 

diniy-axloqiy akidalar bilan bog`liq tushunchalarni ifodalovchi so`zlardan iborat bo`lgan: 

hikmat, ummat mashhar, hadim, oyat, qur`on, haq, iymon, boshorat, taqdir, qudrat, avliyo, 

ibodat, mo`min, musulmon kabilar. Keyinroq esa adabiyot, fan va madaniyatning rivojlanishi 

bilan bog`liq ravishda ijtimoiy hayotning turli sohalariga oid mavhum va aniq tushunchalarni, 

belgi-xususiyat kabilarni ifodalovchi kyaplab arabcha so`z va iboralar o`zbek tiliga qabul qilindi: 

vatan, ijozat, adabiyot, maslahat, javob, alifbe, idora, ilova, bino, raqam, dunyo, ijobiy kabilar.  

O`zbek tilining lug`at tarkibida shunday so`zlar ham uchraydiki, ularni qaysi tilga taaluqli 

ekanini aytish mushkul. Bu so`zlarning tarkibi o`zbekcha+arabcha, arabcha+tojikcha, 

arabcha+o`zbekcha, arabcha+tojikcha+o`zbekcha yoki uning aksiga tuzilganini ko`ramiz. 

Masalan, atirnok (ar. Atir+o`zb.nok), uchtaloq (o`zb.uch+ar.taloq), kasalvand 

(ar.kasal+toj.vond), dimiog`dorlik (ar.dimog`+toj.dor+o`zb.lik), beqaror (toj.be+ar.qaror), g`ayrli 

(ar.g`ayir+o`zb.li). 

O`zbek tilining mo`g`ul tili bilan alokasi juda uzoq davrlarga borib taqaladi. O`zbek 

tilining lug`at tarkibida XIII asrgacha va undan keyin kirib o`zlashgan mo`g`ulcha so`zlar 


-13- 

 

mavjud. Narыn nariyin ingikcha, tor, yuqa ma`nosidagi ot; ovqat nomi. Bu so`z mo`g`ulchadan 

o`tgan. Solishtiring: Ko`z egim bo`ldi io`g`ulning norini. Norin daresi kabi

O`kton-tagcharli, mol terisidan tayyorlangan charm; Xom terini iylasang o`eton bo`lur, 

Nafsini tiygan odam sulton bo`lur(m). MahmudQoshg`ariyda uxdaq-qo`y oleg`i. O`rda (o`r)-

baland, tepalik, yuqorilik: o`rda-balandikka qurilgan saroy, qal`a, qararoq. 

O`rdukent=o`r+du+kent tepalikka joylashgan shahar. Mo`g`ul tilida ul-poshna, tog`lik, shina, 

bazis, asos kabi ma`nolarni bildiradi. 

Navkar-askar, mulozim, xizmatkor, kuyov o`rtoqlari ma`nolarida ishlatiladi. Qүiyoslang, 

kuyov navkarlari; rais dalabegi emas, dala navkari; ulus. Mo`g`. Uls-el, xalq, kishilar (XIII asr); 

qo`l ostidagi mamlakat va sh.k. 

Turkiy tillar bilan mo`g`ul tilining kelib chikishiga nazar tashlasak, ularning qarindosh 

tillar ekanligi ko`rinadi. Eng qadimgi davrda hozirgi turkiy, mo`g`ul, tungus-manchjur tillari 

oltoy tili oilasiga kirgan. Ular ko`p sonli urug`, kabilalar ittifoqidan iborat bo`lib, bir-birlariga 

yaqin lahjalarda so`zlashganlar. Oltoy tili oilasiga kirgan tillar guruhlari u vaqtda hali umumiy 

edi. 


Til taraqqiyotining keyingi davrlaridla turkiy va mo`g`ul tillari o`zaro ajralib alohida 

taraqqiy etganlar. Shuningdek, turkiy va mo`g`ul tillari o`rtasida ayrim fonetik farqlarni 

hisoblamaganda, bir-birlariga o`xshash so`zlar anchagina bor. Bularni turkcha-mo`g`ulcha yoki 

mo`g`ulcha-turkcha so`zlar deb atash mumkin. Hozirgi o`zbek adabiy tili lug`at tarkibidagi turli 

sohalarga oid so`zlar bilan mo`g`ulcha so`zlarni muqoyasa qilsak, yuqoridagi fikrimiz yanada 

oydinlashadi. 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling