Berilganlar bazasi


Download 37.68 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi37.68 Kb.
#1801750
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Berilganlar bazasi-hozir.org


Berilganlar bazasi

­ ­­




  1. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

“Berilganlar bazasi” fani bakalavriyatdagi asosiy fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu fanda boshqaruv jarayonida avtomatizatsiyalashgan boshqarish tizimlari va ishchi o’rinlarini rivojlantirish, ular samaradorligini oshirish, hamda axborotlarning hisoboti, rejalashtirish boshqarish uchun yig’ish, ishlov berish va izlash, keyinchalik bu tizimlarni ketma-ket yagona umumdavlat axborot birlashtirish muammolari, turli sohalar bo’yicha mahalliy avtomatlashtirilgan berilganlar bazasini yaratishga doir masalalar ko’riladi.


“Berilganlar bazasi” fani umumkasbiy fan hisoblanadi va o’quv yilining V-VI semestrda o’qitiladi. Fanni o’qitish ma’ruza, seminar va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi.
“Berilganlar bazasi” fani yo’nalishning o’quv rejasida “Matematik analiz”, “Dasturlash asoslari”, “Diskret matematika va matematik mantiq”, “Algoritmlar va berilganlar strukturasi”, “Differensial tenglamalar”, “Multmedia texnologiyalari”, “Sonli usullari”, “Kompyuter tarmoqlari”, “Tizimli dasturlash”, “Umumiy psixologiya va pedagogika”, “Informatika o‘qitish metodikasi” fanlarini o’zlashtirishda tayanch hisoblanadi.
Mazkur dasturga ko’ra ushbu fan doirasida ko’plab nazariy va amaliy axborot mantiqiy modellar o’rganiladiki, bularni chuqur o’rgangan har bir bakalavr olgan bilim va ko’nikmalarini boshqaruv va xalq xo’jaligining turli sohalarida, fan va texnikaning ko’plab yo’nalishlarida, tijorat sohalari, shuningdek, ta’lim tizimini boshqarishda samarali foydalanish imkonini beradi.



  1. O’quv fanining maqsad va vazifalari


Fanning maqsadi – berilganlar bazasining boshqarish tizimlarini yaratishning nazariy va eng zamonaviy amaliy texnologiyalarni o’rganish, zamonaviy berilganlar bazalarini yaratish, boshqarish, ishlov berish va izlash masalalarini o’rganish, Informatika va axborot tizimlari bo’yicha yuqori malakali kadrlarni yetkazishdan iborat.

Download 37.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling