Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Xufyona iqtisodiyot va korruptsiya miqyoslarini kamaytirishda davlatning
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli!
2. Xufyona iqtisodiyot va korruptsiya miqyoslarini kamaytirishda davlatning
roli mavzusiga AQSh Parlamenti, Germaniya Bundestagi, Rossiya Dumasi va O’zbekiston Oliy Majlisi o’rtasida farq borligi hammaga ayon. Ularni qonun ijodkorligi faoliyati bilan shug’ullanishlari, mamlakatda amal qiladigan normativ-huquqiy asoslarini yaratish mas’uliyati berilganligi ular so’zini o’z makoni uchun ustunligi kafolatidir. Har bir konstitutsion tuzum ma’muriy vakillari o’ziga xos vakolat doirasiga ega va 43 bu holat bunday vakillarning vijdonan ish yuritishlari, xalq, mamlakat oldida javobgarliklarini doimo eslatib turishi muqarrar. Lekin Qadimgi Rimdan ham qadimroqqa borib taqaladigan Korruptsiya tushunchasi negadir oddiy fuqaro, dehqon, hunarmand uchun emas, aynan xukumat doirlari vakillariga, ular faoliyatiga dahldor tushuncha. Sizningcha nega shunday? Oddiy dehqon korruptsiya ishtirokchisi bo’lishi mumkinmi? Javobingizni misollar bilan izohlab bering. QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI? Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 1. Huquqiy qoidalardan bo’yin tovlash bilan bog’liq xarajatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq to’lash; ishlab chiqarish hajmining cheklanishi va reklama natijasida yo’qotilgan foyda va boshqalar. 2. Daromadlar transferti bilan bog’liq xarajatlar. Hatto soliqlar to’lashdan bosh tortuvchi iqtisodiy sub’ektlar ham o’z faoliyatidan foydali samarani davlat bilan baham ko’radi, biroq bunda ular buning evaziga davlatdan hech narsa olishmaydi. 3. Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog’liq xarajatlar. Daromad solig’i, ijtimoiy sug’urta fondiga va pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini to’lashga tejash imkonini beradi, lekin bunda mehnatning o’rnini sarmoya bilan bosish va texika bilan qayta jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi. 4. Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda ko’plab iqtisodiy sub’ektlar ishtirok etadigan uzoq muddatli loyihalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi. 5. Shartnomani qayta ko’rib chiqish zarurati tug’ilgan hollarda ishtirokchilar bitimning tomonlarning hech biri undan manfaatdor bo’lmagan barcha ikir- 44 chikirlariga e’tibor qaratishi lozim bo’lgan sud yoki arbitrajga murojaat eta olishmaydi. 6. Xufyona bitim ko’proq ikki tomonlama xususiyatga ega. 7. Bitimdan manfaatdor bo’lgan uchinchi shaxslar (masalan, stixiyali yuzaga keladigan bozorlar yaqinidagi mavzelar aholisi) uning ishtirokchilari doirasidan chiqarilgan va, demak, ularning manfaatlari bitimda hisobga olinadi. 8. Zararli foydalanish huquqi, odatda, xufyona huquqni tartibga solish sohasidan tashqarida qoladi. 9. Oshkora sud-huquq tizimi nizolarni hal etishning qator subinstitutlariga–oilaviy- qarindoshchilik va mafiya mexanizmlariga ega. 10. Sud va kuchlilik tuzilmalari funktsiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga murojaat etish o’ziga xos soliqni to’lash zarurati bilan shartlangan. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling