38
5 bob. XUFYONA IQTISODIYOTNING INSTITUTSIONAL NAZARIYASI
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR:
1. Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqishi sabablari?
2. Xufyona iqtisodiyot turlarining tasnifi
3. Xufyona iqtisodiyotni baholashga nisbatan yondashuvlar?
4. Xufyona bozor institutsional tizim sifatida?
5. Jahonda xufyona iqtisodiyot?
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
Esda tuting!
Xufyona iqtisodiyot – unda iqtisodiy faoliyat qonun doirasidan tashqarida
amalga
oshiriladigan, ya’ni bitimlar qonundan, xo’jalik
turmushining huquqiy
me’yorlari va rasmana qoidalaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladigan
soha.
«Xufiyona» iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid
sifatida ayrim individlar,
ularning guruhlari, institutsional sub’ektlar o’rtasida moddiy ne’matlar va
xizmatlarni
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol
qilish borasida
yuzaga keladigan hamda natijalari u yoki bu sabablarga ko’ra rasmiy statistikada
inobatga olinmaydigan va soliqqa tortilmaydigan munosabatlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: