Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

 
KEYSLAR 
Keys 1. Ko’chmas mulkni xarid qilishda shartnoma tuzilgunga qadar 
transaktsiya xarajatlari
5
 
«Kredit-TSentr» YoAJ: Ko’chmas mulk xaridorlari va sotuvchilari bitimni 
amalga oshirishda xarajatlar darajasini pasaytirish uchun ko’chmas mulk 
agentligining xizmatlariga murojaat etishadi. Ana shunday xarajatlar jumlasiga vaqt, 
resurslar sarflari va bitimni amalga oshirishdagi tavakkalchiliklar kiradi. Firmamiz 
xarajatlarning barcha turlari bo’yicha kafolatlarning eng yuqori darajasini 
ta’minlaydi. 
Bitimni amalga oshirish yo’lidagi xarajatlarning birinchi turi – bu ob’ektlar 
haqidagi axborotni qidirish yoki bitim bo’yicha kontragentni izlash uchun vaqt va 
resurslar sarflari. «Kredit-TSentr» YoAJ Janubi-SHarqiy Moskava ostonasida 
i
 
http://www.credit-centcr.ra/anicles/garant.html



100 
ko’chmas mulk ob’ektlarini sotish va ularga doir axborotni qidirish borasida eng 
qudratli tizimga ega. Biz ko’chmas mulk bo’yicha maxsus reklama rubrikalarini 
yuritamiz va mintaqamizning barcha asosiy ommaviy axborot vositalarida hamda 
Moskvadagi ko’chmas mulk bo’yicha ixtisoslashgan nashrlarda tegishli bo’limlarga 
egamiz, Firma Internet tamog’ida o’z saytiga (www.credit-center.ru), tashqi reklama 
vositalarining rivojlangan tarmog’iga ega bo’lib, turli ko’rgazmalarda ishtirok etadi. 
Shu sababdan biz ko’chmas mulk ob’ektiga xaridorni tezda topamiz, xaridorlarga 
esa turli variantlarni taklif etamiz. 
Lekin ob’ekt yoki bitim bo’yicha kontragentni izlash – bu ishning 
boshlang’ich qismi. Ob’ektning huquqiy maqomi, uning jismoniy tavsiflari, huquq 
egasi haqida axborot olish va, eng asosiysi, ushbu axborotni sinchkovlik bilan 
tekshirish talab etiladi. 
Shundan keyin bitim shartlari (narx, hisob-kitoblar tartibi, ob’ektni topshirish 
tartibi) haqida dastlabki muzokaralarni o’tkazish va bitimni amalga oshirish uchun 
zarur bo’lgan barcha hujjatlarni tayyorlash bosqichi boshlanadi. Shartnomani tuzish, 
ehtimol uni notariusda tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish bitimning yakuniy 
bosqichi hisoblanadi. 
Narxni to’g’ri belgilash, ob’ektni va huquq egalarini sifatli huquqiy ekspertiza 
qilish, hujjatlarni to’g’ri va tez tayyorlash, barcha bosqichlarda muzokaralarni 
to’g’ri o’tkazish, hisob-kitoblarning xavfsizligini ta’minlash, ob’ektni avvalgi 
egasidan yangisiga topshirish – bularning barchasi yuksak darajadagi 
professionalizmni talab qiladi. 
«Kredit-TSentr» o’z xodimlari mahoratining yuqori darajasini kafolatlaydi. 
Firma ko’chmas mulk bozorida 1993 yildan buyon faoliyat ko’rsatmoqda va Rossiya 
Rieltorlar gildiyasiga a’zo hisoblanadi. Firmaning har bir bo’limi ko’chmas 
mulkning qandaydir bir turiga: ikkilamchi yoki birlamchi bozorlar kvartiralari, zahar 
ortidagi ko’chmas mulk, tijorat ko’chmas mulki, garajlarga ixtisoslashadi. 
Maxsus bo’limlar yuridik rasmiylashtirish va ekspertiza, baholash hamda 
marketing bilan shug’ullanadi. 


101 
Bularning barchasi ixtisoslashuv va professionalizmning yuqori darajasiga, 
demak, bitimlarni tayyorlash va amalga oshirishda mijozlar uchun kafolatlarning 
yuqori darajasiga erishish imkonini beradi. 
Lekin ko’chmas mulk bilan amalga oshiriladigan barcha bitimlar nafaqat 
bitimlarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida tavakkalchilikning yuqori 
darajasi bilan ajralib turadi. Bitim buzilgan hollarda mulk yoki puldan ajralib qolish 
xavfi ko’chmas mulk bozorining eng asosiy tavakkalchiliklaridan biri hisoblanadi. 
«Kredit-TSentr»ning ko’chmas mulk bilan amalga oshiriladigan bitimlarni 
tayyorlash va uni o’tkazishda ishtirok etishi tavakkalchilikni keskin kamaytiradi. 
Rieltorlarning kasbiy javobgarligi 65 ming AQSH dollari qiymatida 
sug’urtalangan. Bundan tashqari, firmaning o’z ko’chmas mulki kafolatni 
ta’minlashning eng ishonchli omili hisoblanadi. «Kredit-TSentr» mutaxassislari 
faoliyat ko’rsatadigan ofis firmaga mulk huquqida tegishli, demak, agar mijozlar 
bizning aybimiz bilan zarar ko’rsa, ularni qoplashning ta’minoti bo’lib xizmat qilishi 
mumkin. Ishlayotganimizga 8 yildan ko’p bo’lgan bo’lsa, hozircha bunaqa holat yuz 
bergani yo’q. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling