Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
Savollar:
Matnda ko’chmas mulkni xarid qilish bilan bog’liq ex ante transaktsiya xarajatlariga, xususan: • axborotni izlash xarajatlariga; • muzokaralarni olib borish xarajatlariga; shartnomani tuzish xarajatlariga oid barcha misollarni toping. O’z tanlovingizni asoslang. QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI? Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 1. Davlat jamiyatda rasmiy qoidalarning shakllanishida katta rol o’ynaydi va bu bilan institutsional muhitning o’zgarishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. 102 2. Bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish tarmoqlarini, balki tovarlar va xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlarini o’z ichiga oladi. 3. Davlat – zo’rlikni amalga oshirishda qiyosiy ustunliklarga ega bo’lgan, chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan belgilangan jug’rofiy hududni qamrab oluvchi tashkilot. 4. Davlat – nazariy jihatdan faqat soliq undiruvchi tashkilot. 5. Davlat barcha mulkga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. 6. Yangi institutsional maktabning hozirgi vakillari davlat interventsionalizmini iqtisodiy asoslashni bozorning nuqsonlarida yoki nochorligida ko’rmoqda. 7. J.Byukenen o’z asarlarida davlatning jamiyatdagi rolining ikki tomonlamaligiga alohida e’tibor qaratadi, ya’ni davlat ham himoya qiluvchi, ham ishlab chiqaruvchi vositadir. 8. Davlat qoidalarni belgilaydi, nizolar yuzaga kelganda hakamlar sudi funktsiyasini bajaradi va mutlaq huquqlarni ta’minlaydi. 9. Yangi institutsionalistlarning hozirgi talqinida davlatning funktsiyasi faqat nazorat qilishdan iboratdir. 10. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi faqat talabni ragbatlantirishdan iboratdir. 11. Davlatni fuqarolar bilan davlat apparati o’rtasidagi ijtimoiy shartnoma orqali ta’riflash “printsipal-agent” muammosini oldingi o’ringa suradi. 12. Fuqaro davlatga ayrim funktsiyalarning bajarilishini yuklagan holda uning tarkibini belgilaydi, ya’ni u “printsipal”, davlat esa “agent” hisoblanadi. 13. Fuqaro “agent” rolida ishtirok etib, shartnomalar bajarilishining kafili sifatida davlatning qarorlariga bo’ysunadi. 14. Nazariy jihatdan yakka hisob-kitoblardan hosil bo’lgan davlat shartnoma vositasi sifatida, murakkab almashuvga ko’maklashish va uni amalga oshirish vositasi sifatida paydo bo’ladigan davlatdan mutlaq farq qiladi. 15. Shartnomaviy davlat bu – faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan huquqlar doirasida va ularning manfaatlari yo’lida kuch ishlatish monopoliyasidan 103 foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to’lashga majburiyat deb emas, balki o’z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan majburiyat sifatida qaraydi. 16. “Ekspluatatorlik” davlat bu - unda davlatning ham, fuqaroning ham opportunistik xatti-harakatiga to’siq mavjud bo’lmagan davlat faoliyatini yoritadi. 17. Korruptsiya – bu faqat rivojlangan mamlakatlarning muammosi. 18. Budjet taqchilligini qoplashning asosiy usullaridan biri bu soliqqa tortish stavkalarini pasaytirish va majburiy yig’imlarni joriy etish. 19. Davlat mulkini o’sishi natijasida davlat boshqaruvi pasayib boradi. 20. Qonunning to’g’ridan-to’g’ri buzilishi va mulkchilikning qonuniy huquqlariga tajovuz qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyat kriminal iqtisodiyotdir. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling