Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


-misol. OO’Yuga o’qishga kirishda ota-onalar o’zining farzandlarini


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

3-misol. OO’Yuga o’qishga kirishda ota-onalar o’zining farzandlarini 
abiturient sifatida “sug’urta qilish” uchun o’z vaqtida abiturientning otasi 
bilan bir maktabda o’qigan dekan o’rinbosari bilan uzoq vaqtdan buyon 
saqlanib kelayotgan aloqadan foydalanishga qaror qilishadi. Bunday xatti-
harakat ko’proq uy xo’jaligining qaysi xiliga xos? 
a) bozor; 
b) o’tish; 
v) buyruqbozlik; 
g) v) yoki b). 
Javob: g), buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida aloqa uy xo’jaligining faoliyat 
ko’rsatishida asosiy rolni o’ynadi. Shuning uchun oila farovonligining darajasi 
aynan keng va tabaqalangan aloqalarning mavjudligi bilan belgilandi. Ikkinchi 
tomondan, o’tish iqtisodiyotida aloqalar uy xo’jaligining resurslaridan biri bo’lgani 
holda muhim rol o’ynashda davom etmoqda (Rouzning fikriga ko’ra, aloqalar va 
poralardan foydalanish «resurs portfeli»ning oltita qismidan biri sifatida ishtirok 
etadi).
4-misol. Mutaassiblik institut hisoblanadimi? 
a) ha; 
b) yo’q. 
Javob: a), Nelson va Uinterning fikricha, mutaassiblik u orqali bugungi xatti-
harakat kelgusidagi xatti-harakatga ta’sir ko’rsatadigan "oldindan aytib bo’linadigan 
va takrorlanuvchi" harakat sifatida ta’riflanadi; "takrorlanuvchi harakat modeli". 
Mutaassiblik kundalik faoliyatni tashkil etish va atrofdagilar bilan o’zaro 
hamkorlikning alohida usuli bo’lib xizmat qiladi, va ushbu jihatdan uni institut 
deyish mumkin. 
 
 


113 
KEYSLAR 
Keys 1Aholiga maishiy xizmatlar ko’rsatish 
Xaridor (erkak kishi) do’kondan kurtka sotib oldi. Uni kimyoviy usul bilan 
tozalash korxonasiga topshirdi. U yerda kurtkani tozalash vaqtida uni yirtib 
qo’yishdi. Mijoz kurtkani olishdan bosh tortib, kompensatsiya talab qildi. Biroq 
korxonada bu hol zavodda yo’l qo’yilgan nuqson tufayli yuz berdi deb javob 
qilishdi. Kimyoviy usul bilan tozalash korxonasi kompensatsiya to’lashdan bosh 
tortib, mustaqil ekspertiza xulosasining taqdim etilishini taklif qildi. Do’konda 
kurtkani almashtirishdan bosh tortishmoqda, chunki uni xaridor kiygan. 
Do’konning cheki va kimyoviy usul bilan tozalash korxonasidan berigan 
kvitantsiya mijozda mavjud emas. Xaridorga zararni kim qoplashi kerak?  

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling