Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YoKI NOTO’G’RIMI Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli!
Savollar:
Kimyoviy usul bilan tozalash korxonasi bilan mijoz o’rtasida tuzilgan shartnoma tarkibining asosiy qismlarini ajrating. Shartnomaning tuzilishi kimyoviy usul bilan tozalash korxonasi va mijozga (ular shartnoma tuzmagan vaziyat bilan solishtirilganda) qanaqa ustunliklar beradi? Shartnomaga tozalash jarayonida buyum shkastlanishi mumkinligi to’g’risidagi ogohlantirishning kiritilishi kimyoviy usul bilan tozalash korxonasining xatti-harakatiga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin? Mazkur holatda kurtkaning sifatini o’lchash xarajatlari kimning bo’yniga qo’yiladi? Qaysi taraf o’zini opportunistik tutish imkoniyatiga ega bo’ladi? Kimyoviy usul bilan tozalash korxonasi bilan mijoz o’rtasidagi tuzilgan shartnoma mukammal hisoblanadimi? O’z javobingizni asoslang. 114 QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YoKI NOTO’G’RIMI? Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 1. Uy xo’jaligi iqtisodiy faoliyatning muhim sub’ektlaridan biri hisoblanib, nafaqat oila yoki xo’jalik, balki butun mamlakat aholisining farovonligi uning natijalariga bog’liq. 2. Uy xo’jaligi iqtisodiyotning yirik sektori sifatida tijorat korxonalari va davlat bilan bir qatorda barcha makroiqtisodiy tartibga solish jarayonlarida ishtirok etadi. 3. Oila deganda - bir uyda yashashi oila-qarindoshchilik aloqalarining umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. 4. Uy xo’jaligi bu inson kapitalini ishlab chiqarishning umumiy vazifalari, yashash, budjet va oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhidir. 5. Uy xo’jaligining asosiy funktsiyasini inson kapitalini shakllantirish, undan foydalanish va saqlash deb belgilash lozim. 6. Oila - bu o’z navbatida, insonning bilimlari, amaliy ko’nikmalari va mehnatga tirishqoqligining yig’indisi sifatida tushuniladi. 7. R.Kouzning “Firmaning tabiati” maqolasida firma tashkiliy tuzilma sifatida “qora quti” deb izohlangan. Bunday tavsif aslida uy xo’jaligiga nisbatan ko’proq mos keladi. 8. Uy xo’jaligi uchun faqat “qora quti”ga “kirish”dagi (ish haqi, soliqlar chiqarib tashlangan davlat tomondan ijtimoiy transfertlar) va undan “chiqish”dagi (inson kapitali, mehnat, jamg’arma, iste’mol) omillar ma’lum. 9. Institutsional nazariya - uy xo’jaligini firmadan va davlatdan farq qiluvchi tashkilotning alohida shakli sifatida tahlil qilishga e’tibor qaratadi. 10. Uy xo’jaligining asosida hokimlik munosabatlari yotadi – birgalikdagi iqtisodiy faoliyat ustidan nazorat qilish huquqi uning bir a’zosiga – “oila boshlig’i”ga o’tadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling