Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


 bob. OILA VA UY XO’JALIGI FAOLIYATINING NAZARIY


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

11 bob. OILA VA UY XO’JALIGI FAOLIYATINING NAZARIY 
ASOSLARI 
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR: 
1. Uy xo’jaligi iqtisodiyot sub’ekti sifatida 
2. Uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatishida mutaassiblikning roli 
3. Uy xo’jaligining xillari
4. Uy xo’jaligi iqtisodiyoti va oila boshqarishning kontseptual asoslari 
5. Uy xo’jaliklari daromadi va xarajatlari tarkibi va ularning o’zgarish 
tendentsiyasi 
MAVZUGA DOIR TAYaNCH IBORALAR 
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va 
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
 Esda tuting! 
Uy xo’jaligi – bu inson kapitalini ishlab chiqarishning umumiy vazifalari
yashash, budjet va oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhidir. 
Iste’mol (consumption) – kishilarning iqtisodiy talablarini qondirish 
jarayonida ijtimoiy mahsulotdan foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining 
oxirgi bosqichi. 
Ist’emol xarajatlari – tovarlar va xizmatlarni yakuniy iste’mol qilish 
maqsadida xarid qilish uchun qilingan xarajatlar. Uy xo’jaliklari va davlatning 
iste’mol xarajatlariga bo’linadi. YaIMning xarajatlariga ko’ra tarkibida eng katta 
va barqaror komponent. 
Iste’mol narxlar indeksi (cosumer price index) – o’rtacha oila tomonidan, 
odatda, iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar narxining bazis davriga nisbatan 
o’zgarishi o’rtacha darajasini aks ettiradigan ko’rsatkich, inflyatsiya ko’rsatkichi 
sifatida ishlatiladi. 
Iste’molga o’rtacha moyillik – iste’mol xarajatlarining daromaddagi ( yoki 
shaxsiy tasarrufdagi daromad hajmidagi) hissasi. 


110 
Iste’molga (jamg’arishga) chegaralangan moyillik – iste’mol 
xarajatlaridagi (jamg’arish hajmigi) o’zgarishning bu o’zgarishni keltirib chiqargan
daromadlarning (SHTDdagi) o’zgarish miqdoridagi ulushi. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling