108
A. Birinchi navbatda “bozor” soliqlaridan tushumlar.
B. Musodara soliqlari va soliqdan
tashqari tushumlar
C. Alohida guruhlarning rentasidan.
D. QQS va aktsiz soliqlaridan.
MAVZUGA DOIR MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR
1. “Davlat”ga ta’rif bering. Davlatning institutsional
mohiyatini tushuntirishga
urinib ko’ring. Ta’rifdan
kelib chiqib, davlatning asosiy
funktsiyalarini sanab
bering.
2. Davlat, institutlar va iqtisodiy tizim o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?
3. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi chegarasi nima bilan belgilanadi?
4. Agar davlatning aralashuvi yetarlicha samarali bo’lmasa,
buni qanday qilib
to’g’rilash mumkin?
5. Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik tabiati nima?
6.
Bozorning
«muvaffaqiyatsizliklari»
bilan
bir
qatorda
davlatning
«muvaffaqiyatsizliklari»ni ham e’tiborga olish lozim. Xususan, davlatning qaysi
«muvaffaqiyatsizliklari» ajratiladi?
7. Yangi institutsionalistlarning hozirgi talqinida davlatning
funktsiyalari qayday
ko’rinishlarda bo’lishi talab etiladi?
8. Adam Smit davlatning asosiy majburiyatlari doirasini qanday belgilab bergan?
9. J.Byukenen o’z asarlarida davlatning jamiyatdagi
rolini qanday vositalarga
bo’lib ko’rsatgan?