Berkinov Elbekning Iqtisodiy tahlil va audit


Korxonaning iqtisodiy salohiyati rentabelligi (Ris)


Download 0.69 Mb.
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1350350
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil va audit

Korxonaning iqtisodiy salohiyati rentabelligi (Ris)ni aniqlash uchun sof foyda (Sf)ni uning iqtisodiy salohiyati o‘rtacha qiymatiga (Is) bo‘linadi:
Mazkur ko‘rsatkich korxonaning 100 so‘m iqtisodiy salohiyatiga necha so‘m sof foyda keltirilayotganligini ко‘rsatadi. Agar korxonaning iqtisodiy salohiyati tarkibini keltiradigan bo‘lsak, u quyidagi holatga ega bo‘ladi:
bunda, Av — asosiy vositalaming o‘rtacha yillik qiymati; Ayl.m — aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati; Na — nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati; Ms — mehnat salohiyatining o‘rtacha yillik qiymati.
Korxona asosiy vositalari rentabelligi (Rav)ni aniqlash uchun sof foyda (Sf)ni asosiy vositalaming o‘rtacha yillik qiymatiga (Av) bo‘lish kifoya:
Ushbu ko‘rsatkich korxonaning 100 so‘m asosiy vositalariga qancha sof foyda to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
Korxona aylanma mablag‘lari rentabelligi (Ram)ni aniqlash uchun sof foydani (Sf) aylanma mablag'larning o‘rtacha yillik qiymatiga (Ayl.m) bo‘linadi.
Ushbu ko'rsatkich korxonaning 100 so‘m aylanma mablag‘larining o‘rtacha yillik qiymatiga qancha sof foyda to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
Korxona nomoddiy faollari rentabelligi (Rnf) ham bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy tahlilda o'rganiladigan ko‘rsatkichlar tarkibiga kiritildi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sof foyda (Sf) ni nomoddiy faollaming o'rtacha yillik qiymatiga (Na) bo‘linadi:
Ushbu ko‘rsatkich korxonaning 100 so'mlik nomoddiy faoliga qancha sof foyda to‘g‘ri kelishini ifodalaydi hamda korxona miqyosidagi qator yillarga aniqlab, nomoddiy faollar va foyda summalarining o‘zgarish sur’atlarini, ularning bir-biriga muvofiqligini aniqlash uchun qo'llash mumkin.
Korxonaning mehnat salohiyati rentabelligini (Rms) aniqlash uchun sof foyda (Sf)ni mehnat salohiyatining o‘rtacha yillik qiymatiga (Ms) yoki xodimlar soniga (Xs) bo’lish lozim.
Ushbu ko‘rsatkich korxonaning 100 so‘m mehnat salohiyati qiymatiga yoki bir xodimga qancha sof foyda to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling