Bermud uchburchagining siri nimada


Download 29.5 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi29.5 Kb.
#1259739
Bog'liq
Bermud uchburchagining siri nimada


Bermud uchburchagining siri nimada?








Atlantika okeanida 300 ga yaqin marjon orollari mavjud. Shimoliy Amerikadan 900 km. sharqda joylashgan bu orollar Buyuk Britaniya nazorati ostida bo‘lib, ularning ko‘pchiligi marjon qoyalardan iborat. Faqat 20 ta orolda aholi yashaydi, qolganlari kimsasiz tabiat manzaralaridir. Bermud oroli ham ana shulardan biri hisoblanadi. Bu orolni 1522 yilda ispan dengizchisi Xuan Bermudes kashf etgan. Orol nomiga shu tariqa kashfiyotchining ismi berilgan. Mana shu orol yaqinida Bermud uchburchagi joylashgan.
«Bermud uchburchagi» yoki ayrimlar ta’biri bilan aytganda, «Iblis uchburchagi» o‘zida sayyoramizning eng sirli jumboqlaridan birini yashirib kelmoqda. «Bermud uchburchagi» jumlasi ko‘pchilik uchun bolaligidan tanish bo‘lsa-da, har kim ham uni xaritadan aniq ko‘rsatib berolmaydi. Bu geografiyani yaxshi bilmaslikdan emas, balki bu uchburchakning aslida faraziy ekanligidandir.
Uchburchakning ko‘p mutaxassislar tomonidan tan olingan burchaklari Bermud, Mayyami (Florida shtati, AQSh) va San-Xuan (Puerto-Riko) orollariga to‘g‘ri keladi. Bu hudud Atlantika okeanida bo‘lib, AQShning sharqiy qirg‘oq¬laridan uncha uzoq bo‘lmagan bir million kvadrat mil (1 mil 2 km.ga teng) maydonni o‘z ichiga oladi. Bu hududda ko‘plab dengiz kemalari va samolyotlarning sirli yo‘qolishi bilan mazkur uchburchak o‘zining mash’um shuhratiga ega.
Okeanning bu hududi to‘g‘risidagi dastlabki mash’um xabarlarni — «olov sharlar»ni shaxsan o‘zi ko‘rgan Kolumb esdaliklaridan topish mumkin. Keyinchalik, dengiz qaroqchilarining xaritalarida bu hudud «Iblis orollari» nomi bilan yuritilgan. «Bermud uchburchagi» atamasi esa bizning davrimizda, 1964 yilda «Argosy» jurnalida, bu hududda ko‘plab sirli voqealar sodir bo‘layotganiga birinchilardan bo‘lib e’tibor bergan Finsent Gaddis maqolasida tilga olinadi.
Orol bilan bog‘liq sirli voqealardan birini esga olaylik. 1872 yilda «Bermud uchburchagi»dan «Mary Celeste» kemasi ekipajsiz topilgan. Barcha izlar ekipaj kemani zudlik bilan tark etganini va so‘ngra nom-nishonsiz yo‘qolganini ko‘rsatgan.
Dengizchilarning okean o‘rtasida hech qanday shikast topmagan kemani tark etishlari hanuzgacha jumboq bo‘lib keladi. Agar bu voqeadan 20 yil o‘tib, 1892 yil 5 noyabrda xuddi shunga o‘xshash yana bir hodisa takrorlanmaganida, bu jumboqning sirliligi uncha ham mashhur bo‘lmasdi, ehtimol. Bu yangi voqeada ham «Bermud uchburchagi»da odamlar bus-butun kemani tark etishgan edi. Dengizchilar va kema kapitanining buyumlari, hatto qimmatbaho yuklar ham olib ketilmagan. Bu kemaning nomi ham «Mary Celeste» bo‘lgan. Antiqa tasodif, shunday emasmi?
«Bermud uchburchagi» haqidagi haqiqiy shov-shuv 1945 yil 5 dekabrda AQSh harbiy havo kuchlarining beshta samolyoti va ularni izlab chiqqan yana bir qutqaruv samolyoti yo‘qolganidan keyin boshlandi. Oltita samolyot va ulardagi 27 epipaj a’zosi nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketdi. Bu haqda hujjatli va badiiy filmlar ham ishlangan.
1963 yilda «Marine Sulphur Qeen» tankerining yo‘qolishi ham tarixda «Bermud uchburchagi»ning sirlaridan biri bo‘lib qoldi. Bortida 34 ekipaj a’zosi bo‘lgan kemaning oxirgi marta aloqaga chiqqan joyidan faqat bittagina qutqaruv nimchasi topilgan, xolos!
«Bermud uchburchagi» haqida ko‘plab maqolalar, kitoblar yozilgan, filmlar ishlangan. Odamlar va texnika vositalarining yo‘qolish sabablari to‘g‘risida ko‘plab nazariya va farazlar mavjud bo‘lsa-da, ularning hech biri to‘g‘ri nazariya sifatida qabul qilinmagan. Mashhur bir fikrga ko‘ra, jismlarning yo‘qolishiga o‘sha hudud suvi ostida katta miqdorda gaz chiqib turishi sabab bo‘ladi. Chiqayotgan gaz suv bosimi va yo‘nalishini o‘zgartirib, jismlarning suv ostiga g‘arq bo‘lishiga olib kelishi taxmin qilinadi.
Sayyoramizda yana bir shunday hudud borligi ma’lum. Bu joy Yaponiya sharqida bo‘lib, yapon va Filippin dengizchilari tomonidan «Iblis dengizi» deb nomlanadi. Bu hudud ham kemalarning sirli yo‘qolishi bilan mashhur.
B.Mamadiyev tayyorladi.

Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling