Beruniy indd


Download 239.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi239.14 Kb.
#1628512
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy 13



Isajon Sulton 
ABU RAYHON BERUNIY
 
tarixiy-biografik roman
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2022
 


2
O‘N UCHINCHI QISM
 
 
 
ABU RAYHON BERUNIY
 
 
Shunday qilib, sulton Mas’ud G‘aznaviy Abu Rayhonning 
izzatini ko‘kdagi yulduzlarga qadar ko‘tardi. Unga Bog‘i 
Mas’udiydan alohida bog‘ ajratdi. U shunday so‘lim ediki, barcha 
havas qilardi. Sharqirab zilol suvlar oqar, sahniga turli gullar bilan 
birga, rayhonlar ham ekilgan edi.
Abu Rayhon barq urib yotgan rayhonlarni ko‘rib miyig‘ida 
kuldi-da, dedi:
– 
Ha, bu shunday. Ey Abu Fazl, inson ham dunyoga kelib, 
iforini taratib, bir kuni qurigan xas-xashakka aylanadi.
Shohona izzat-ikrom va hashamatlarni u yoqtirmasdi. Lekin, 
bu bog‘dan foydalanmaslikning iloji yo‘q edi. Aksincha ish tutilsa, 
sulton Mas’udga “Abu Rayhon sen sovg‘a qilgan maskanni nazar-
pisand qilmadi” deyishlari va garchi sulton Mas’ud Abu Rayhonni 
behad izzatlashiga qaramay, siyosat vajhidan ranjishi turgan gap 
edi.
Kasallik bir oz chekingach va quvvati tiklangach, u Abu 
Rayhon sulton Mas’uddan Bomiyon safariga ruxsat berishini 
tiladi. Bu paytda u bir yo‘la uch asar ustida ishlayotgan edi.
Sultondan izn bo‘lgach, safar anjomlarini tayyorlashni 
buyurdi. O‘sha yili saljuq turkmanlari bosh ko‘tarishgan bo‘lib, 
sulton isyonni bostirish uchun Nisoga jo‘nab ketganida, bizlar 
Bomiyonga yo‘l oldik.
Bomiyon G‘aznidan o‘ttiz farsah masofada bo‘lib, bu yo‘lni 
to‘qqiz kunda bosib o‘tdik. Abu Rayhon osmon
jismlarini 
kuzatish uchun eng maqbul joy Bomiyon ekanini avval ham 
aytgan edi. Bomiyonga bora-borguncha manzaralar o‘zgara bordi, 
qor erishidan paydo bo‘lgan zilol suvlar har yerda jildirab oqardi. 
Goh-goh yalanglarda yollarini hilpiratib chopayotgan otlar, 
hurkak ohular ko‘rinib qolardi. Chahor qal’adan o‘tganimizdan 


3
so‘ng yon tarafimizda bir daryo chiqdi va yo‘ldan goh uzoqlashib, 
goh yaqinlashib, to Bomiyongacha hamrohimiz bo‘ldi.
O‘sha yerda, qo‘ng‘ir tog‘lar orasida bir qizg‘ish tog‘ bor ekan. 
Uning yonbag‘rida qoyadan yo‘nilgan, biri yetti, boshqasi o‘n terak 
bo‘yi keladigan ikki but haykalini ko‘rdik. U butlarning yuz ifodasi, 
libosining naqsh, gul va bezaklari o‘ta mohirlik bilan, nazokati va 
nafosatini bo‘rttirib ishlanganiga juda ajablandim. Yon-veridagi 
ayvonlardan tog‘ bag‘ridagi hujralarga kirilar ekan, Abu 
Rayhonning aytishicha, u xonalar biridan-biriga o‘tsa bo‘ladigan 
qilib qurilgan, ichi xiyla keng emish. Kichkina to‘rtburchak 
shinaklar va darchalar ham ko‘zga tashlanardi.
Abu Rayhon haykallarga qarab, o‘ylanib qoldi. Nimalarni 
o‘yladi ekan? Balki sulton Mahmud bilan birga bosib o‘tilgan olis 
yo‘llaru chilparchin qilingan son-sanoqsiz butlar xayoliga 
keldimikin?
– 
Sulton Mahmud G‘aznaviydek hukmdor Hindiston 
butlarini parchalab, Bomiyon butlariga teginmaganining sababini 
bila olasanmi? – deb so‘radi mendan Abu Rayhon.
– Yo‘q, men qaerdan ham bilardim?
– Taqdirning ishlariga hayron qolmay ilojing yo‘q. 
Unsuriyning men arabchaga tarjima qilgan dostonidagi Xingbut va 
Surxbut mana shu bo‘ladi.
Tog‘ ustiga eshak va xachirlarda chiqib bordik. U yerdagi 
hazoriylarga qo‘niq bo‘ldik. 
Hazoriylarning qaysar fe’li hammaga ma’lum. Ularning biron-
bir kishisi lashkarga navkar bo‘lib yoki saroyga xizmatchi bo‘lib 
yollanmaydi, ulusidan sira ayrilmaydi. Tog‘u toshlarga yoyilib 
ketgani bilan, o‘ta uyushqoq va jangovar. O‘n yashar bolasi kap-
katta kishiga tap tortmay tashlanaveradi. Ular birovga 
teginishmaydi va ularga ham birov teginmaydi, o‘z hollaricha 
ozod hayot kechirishadi.
Hazoriylar bizni ochiq ko‘ngillik bilan kutib olishdi. Har kuni 
bir kishisi uyiga chorlab mehmon qilar, agar bormasak, 
chodirimizga yeguliklar olib kelishardi. Ularning toshga yopilgan 
nonlari, echki sutidan qilingan pishlog‘i hech qachon esimdan 
chiqmasa kerak. Bir kuni Abu Rayhon yoyilib o‘tlab yurgan 


4
suruvga qarab, tuyoqlari baquvvat, to‘lpoq bir uloqchani ko‘rib, 
yoqtirib “Qanday ajoyib uloqcha ekan”, degan edi, hazora kishisi 
kechqurunga o‘sha uloqchani so‘yib, qovurib keldi. Abu Rayhon 
ularga rahmat aytib, mazali etdan tanovul qildi, so‘ng menga 
qarab dedi: “Hay attang, men u uloqchaning chiroyiga qarab 
shunday degan edim, bular esa, so‘zimni e’tiborga olib, yegisi 
keldi, deb o‘ylashdi. Ammo ularning muruvvatini qay til bilan 
malomat qilasan-u, qanday qilib e’tiroz bildira olasan?”
O‘zi esa kuzatuv va o‘lchovlariga sho‘ng‘ib ketdi. Maqsad qilgan 
ishi juda katta ko‘lamli, ko‘p vaqt oladigan edi. Samoning ko‘zga 
ko‘rinib turgan qismining aylanishini o‘lchash oson ekanmi? O‘ta 
aniqlik bilan, xato sodir qilmasdan o‘lchaganida bu ishga o‘n ikki 
yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi, chunki falak shu muddat 
davomida to‘la aylanadi. Uning “Zij”ida bir ming yigirma to‘qqizta 
yulduzning aylana harakati tavsif qilingan edi, har mavsumda 
shuncha yulduz harakatini kuzatish bir emas, bir qancha olimning 
ham qo‘lidan kelmaydi.
Bir necha oy shu yerda bo‘ldik. Kuz kelib, Bomiyon tog‘lariga 
sovuq tushdi. Hammayoq oppoq qor bilan
qoplandi. Qizig‘i 
shundaki, samoda bu vaqtga kelib uchar yulduz ko‘payib ketdi. Har 
kuni bir nechtasining chaqnab, quyiga sho‘ng‘iganini ko‘rar edik. 
Cho‘ponlar suruvni quyiga haydash vaqti yetganini aytishdi. 
Shundan so‘ng ular bilan xayr-xo‘shlashib, G‘azniga qaytdik.
Yo‘lda ekanmiz, Abu Rayhon:
– To‘rt yuz to‘qqizinchi yil, jumodul-oxir oyining 
seshanbasida

men Kobul yaqinidagi Jayfur qishlog‘ida edim. Bu 
joylarning jo‘g‘rofiy kengligini o‘lchash butun xayolimni egallab 
olgan edi, biroq, u paytda shunchalar qiyinchilikda edimki, xudo 
rahmat qilgur Nuh ham, Lut ham bunaqasini ko‘rmagan bo‘lsa 
kerak. Yuksaklikni o‘l- chash uchun biron-bir asbobim yo‘q, uni 
yasash uchun vositam ham yo‘q edi. Shunda men hisob taxtasining 
orqa tomoni- ga har darajasi olti bo‘limga bo‘lingan va har biri o‘n 
daqiqani bildiruvchi o‘lchov yoyi chizib, uni osib, uning vaziyatini 
osma toshlar yordamida o‘lchadim. Vaqt qanday tez o‘tishini, umr 
qanday bevafoligini ko‘r. Shu yoshga yetib kelibman-u, u ishlar 
xuddi kecha ro‘y berganday... Xudo haqqi, agar umrim yetsaydi, 


5
Parvardigor vaqtni qanday tartib qilganini-yu, uni qanday 
sekinlashtirib yoki tezlashtirib qo‘yishini tadqiq qilgan bo‘lardim.
Ey Abu Fazl! – dedi o‘ychan. – Men hayot qanchalar qisqaligini 
va Parvardigor tabiat bag‘riga jo qilib qo‘ygan sirlari qanchalar 
cheksiz ekanini o‘ylamoqdaman. Yer tublaridan falakka qadar 
shuncha ko‘p sir yashirinki, ularning bir qismi kashf qilinganida 
ham, insoniyat cheksiz baxtiyor yashaydi. Kashflar qilganing 
sayin sirlar orta borganiga ne deya olasan? Tunda g‘orlardan 
uchib chiquvchi ko‘rshapalaklarning ko‘zi yo‘qligiga diqqat 
qaratmagan kishi bo‘lmasa kerak. Axir, ko‘zsiz u qanday qilib 
boshqa narsalarga urilib ketmasdan ucha oladi? Bu uning bizlar 
ko‘z deb ataydigan a’zoga o‘xshamagan boshqa bir a’zosi borligini 
bildirmaydimi? Buncha yaratiqlar makonda qanday qilib mo‘ljal 
oladi, qaysi quvvat evaziga harakatlanadi, rizqini qay bilim ila 
topadi, qay tariqa nasl qoldiradi? Bularga qanday qilib mahliyo 
bo‘lmaysan, qanday qilib u sirlar tubiga yetishni orzulamaysan?
– 
Yer yuzi ham, samo ham hikmatga to‘la, – dedi keyin.
– Ularni o‘rganishga bir emas, mingta Beruniyning umri 
yetmaydi. Tevaragingdagi tiriklik shakllariga nazar sol. Ulardagi 
mukammallikni ko‘r va fikr qil. Qarasang-chi! – Abu Rayhon egilib, 
kuzda gullagan bir maysani olib, menga ko‘rsatdi: – Buning 
gulkosalari bir-biridan o‘ta aniq masofada va o‘lchamda 
joylashgan. Har bir o‘t-o‘lan, og‘och va boshqalarning shakllariga 
qara. Bu shaklni uning o‘zi istadimi, bu hid, ta’m va qiyofani uning 
o‘zi oldimi? U o‘zining qanday go‘zallikka ega ekanini bilmaydi, 
demak, uni kimdir payqab, maqtov aytishi uchun yaratilgani 
haqiqat emasmi? Endi, bulardan tashqari, har birining 
o‘xshashlari suv bag‘rida, dengiz va daryolarda yaratib 
qo‘yilganini ko‘r. Tangri taolo yerlarning tubidan osmonu 
falakkacha aql yetmaydigan buyuk qudratini namoyish qilibdi. 
Tiriklik olamining muhtashamligiga razm sol. Inson ham shunday, 
o‘zining qiymatidan bexabar, yarimta chivin qanoti uchun 
urushlarga kirib, qon to‘kadi, toshtemir to‘playdi, buzg‘unchiliklar

1018-yilning 21-oktabri.


sodir etadi. Hikmat egalari yorug‘ dunyoga nima uchun oz 
qiymat berishganini mulohaza qilib ko‘r. Agar qo‘lingdan kelsa, 
o‘sha yarimta chivin qanotini mangulikka olib ket! Koshki umrim 
yetsa-yu, aqlim yetgan ishlarning barchasini kishilarga birma-bir 
ma’lum qilsam!..
Endilikda uni ko‘pincha xayol va tafakkurga berilgan holatda 
ko‘rardim. Bir tomondan “Kitab as-saydana fi- t-tib”, boshqa 
tomondan, uning umr bo‘yi orzu qilgan asari – “Kitob ul-jamohir 
fi-ma’rifatil-javohir” poyoniga yetmoqda edi.

Download 239.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling