Beruniy tumani
Download 20.61 Kb.
|
Xalillayeva Zulfiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASĺ BERUNIY RAYONĺ HÁKIMINIŃ SH E SH I M I
- Q A R O R Q I L A M A N
___ yanvar 2023-yil №______ Beruniy tumani Vasiylikni tugatish to‘g‘risida Beruniy tumani Tinchlik OFY Paxtakor aholi manzilida yashovchi fuqaro Xalillayeva Zulfiya Alimbayevnaga shu manzilida yashovchi voyaga yetmagan nevarasi 2013-yil 12-fevral kuni tugʻilgan Ungarbayeva Farangiz Dilshod qizi Beruniy tumani hokimining 2021 yil 13-martdagi 324-sonli qarori bilan vasiylik tayinlangan Fuqaro Xalillayeva Zulfiya Alimbayevna vasiyligini tugatishni soʻrab yozgan arizasi, Beruniy tuman Xalq ta’limi bo‘limi vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi hamda taqdim qilingan hujjatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 12 va 29-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabr kungi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 5 va 9-bandlariga asoslanib Q A R O R Q I L A M A N: 1. Fuqarolar Xalillayeva Zulfiya Alimbayevaning arizalari, hamda Tuman xalq ta’limi bo‘limi vasiylik va homiylik organi iltimosnomasi inobatga olinsin. 2.Voyaga yetmagan 2013-yil 12-fevral kuni tugʻilgan Ungarbayeva Farangiz Dilshod qizi fuqaro Xalillayeva Zulfiya Alimbayevnaning vasiyligi tugatilsin. 3.Tuman hokimining 2021-yil 13-martdagi kungi №324-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. 4. Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri, vasiylik va homiylik organi raisi A.Xudaybergenovga: - Vasiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan Ungarbayeva Farangiz Dilshod qizi huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarni himoya qilishga doir chora-tadbirlarini ko‘rsin. - mazkur qarorni bir kun mobaynida manfaatdor taraflarga yuborishni ta’minlash vazifasi yuklatilsin. 5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimi o‘rinbosari A.Kurbaniyazov zimmasiga yuklatilsin. Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev Download 20.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling