Beruniy tumanidagi tegishli tashkilotlarga huquqiy targ’ibot


xodimni qo‘shimcha sug‘urta qilish turlari va shartlari haqida


Download 89.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.10.2023
Hajmi89.4 Kb.
#1708653
1   2   3   4   5   6   7   8
xodimni qo‘shimcha sug‘urta qilish turlari va shartlari haqida;
xodimga va uning oila a’zolariga taqdim etiladigan ijtimoiy-maishiy
sharoitlar to‘g‘risida;
xodimning ish sharoitlariga nisbatan qo‘llaniladigan xodimning va ish
beruvchining mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi


boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlari va majburiyatlarini
aniqlashtirish haqida.
Xodimning va ish beruvchining mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda
belgilangan biror-bir huquqlari va (yoki) majburiyatlarining mehnat
shartnomasiga kiritilmasligi ushbu huquqlarni amalga oshirishni yoki bu
majburiyatlarni bajarishni rad etish sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin emas
deb belgilangan.
Shuningdek mehnat shartnomasining mazmuniga xodimning holatini
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy
hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan; mehnat va mashg‘ulotlar sohasida
kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan; majburiy mehnatni
taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan; xodimni qonunga xilof harakatlarni
yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti
va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik
obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan
shartlar kiritilmasligi kerak, agar ular kiritilgan bo‘lsa, haqiqiy bo‘lmaydi.
Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat
shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada
yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.
Mehnat shartnomasining har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish
huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanadi.
Ish beruvchida muhr mavjud bo‘lgan taqdirda mansabdor shaxsning
mehnat shartnomasining barcha nusxalaridagi imzosi muhr bilan
tasdiqlanadi.
Mehnat shartnomasining bir nusxasi xodimga beriladi, boshqasi
(boshqalari) ish beruvchida saqlanadi. Mehnat shartnomasining nusxasi
xodim tomonidan olinganligi ish beruvchida saqlanadigan mehnat
shartnomasi nusxasidagi xodim mehnat shartnomasining nusxasini olganligi
to‘g‘risidagi alohida imzosi bilan tasdiqlanadi.
Mehnat
shartnomasida
taraflarning
Mehnat
Kodeksning 
107-moddasida 
nazarda tutilgan rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Ish beruvchilar va xodimlarga mehnat shartnomalarini tuzishda amaliy
yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama
komissiyasi bilan kelishuvga ko‘ra tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan mehnat
shartnomalarining namunaviy shakllari ishlab chiqiladi. (Mehnat kodeksi
106-modda)
Mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat
shartnomasining raqami va uning taraflarining rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Xodimning
mehnat
shartnomasida
ko‘rsatiladigan
rekvizitlari
quyidagilardan iborat:

Download 89.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling