Beruniy tumanidagi tegishli tashkilotlarga huquqiy targ’ibot


Download 89.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana18.10.2023
Hajmi89.4 Kb.
#1708653
1   2   3   4   5   6   7   8
rekvizitlari;
ish beruvchining aloqa ma’lumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta
manzili va boshqalar).
Mehnat shartnomasi yetishmayotgan rekvizitlar bilan to‘ldirilishi kerak.
Bunda yetishmayotgan rekvizitlar mehnat shartnomasiga doir yozma shaklda
tuziladigan qo‘shimcha kelishuv bilan belgilanadi, ushbu kelishuv mehnat
shartnomasining ajralmas qismidir.
Rekvizitlar o‘zgargan taqdirda, mehnat shartnomasining tarafi ular
o‘zgartirilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida bu haqda boshqa tarafga
yozma shaklda xabar qilishi kerak.
Mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan
kundan e’tiboran kuchga kiradi. (Mehnat kodeksi 108-moddasi)
Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat
vazifalarini bajarishga kirishishi shart.


Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo‘lsa,
xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi
kerak.
Mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy
mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan
o‘tkazilishi shart.
Mehnat shartnomasi:
nomuayyan muddatga;
uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat
shartnomasi) tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan
bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Muddatli mehnat shartnomasi:
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy
hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq ish joyi o‘zida saqlanib qoladigan,
yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun;
vaqtinchalik (ikki oygacha) ishlarni bajarish vaqti uchun;
tabiiy sharoitlar tufayli ish faqat muayyan davr (mavsum) ichida amalga
oshirilishi mumkin bo‘lganda mavsumiy ishlarni bajarish uchun;
ish beruvchining odatdagi faoliyati doirasidan tashqariga chiqadigan
ishlarni (rekonstruksiya qilish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlari va
boshqa ishlar), shuningdek ishlab chiqarishni yoki ishlar (mahsulot,
xizmatlar) hajmini oldindan ma’lum bo‘lgan vaqtinchalik (bir yilgacha)
kengaytirish bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun;
ta’sis hujjatlariga binoan oldindan belgilangan muddatga tashkil etilgan
tashkilotlarga ishga kirayotgan shaxslar bilan;
ishning tamomlanishi aniq sana bilan belgilanishi mumkin bo‘lmagan
hollarda muddatli xususiyatga ega bo‘lgan, oldindan belgilangan ishlarni
bajarish uchun qabul qilinadigan shaxslar bilan;
ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlarni
bajarish, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki stajirovkani o‘tash
uchun;
mehnat organlari tomonidan vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan
ishlarga yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborilgan shaxslar bilan;
muqobil xizmatni o‘tash uchun yuborilgan fuqarolar bilan;
O‘zbekiston Respublikasiga uning hududida mehnat faoliyatini amalga
oshirish uchun qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar bilan tuziladi.
Muddatli mehnat shartnomasi Mehnat Kodeksiga yoki boshqa qonunga
muvofiq o‘zga hollarda ham tuzilishi mumkin.(Mehnat kodeksining 112-
moddasi)
Ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:


agar Mehnat Kodeksida va boshqa qonunda boshqacha qoidalar
belgilanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishni
bajarishni;
qonunga xilof bo‘lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini
buzadigan, hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, ularning sha’ni, qadr-
qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga
oshirishni.
Xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish beruvchi ariza berilgan kundan
e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay xodimga ish bilan bog‘liq hujjatlarni
(ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqlarning
ko‘chirma nusxalarini; mehnat daftarchasidan yoxud elektron mehnat
daftarchasidan ko‘chirmalarni; ish haqi to‘g‘risidagi, hisoblangan hamda
xodim tomonidan haqiqatan to‘langan soliqlar va yig‘imlar haqidagi, mazkur
ish beruvchida ishlash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni va boshqalarni)
berishi shart.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda xodimga mehnat
daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma berish,
shuningdek xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi
buyruqning
ko‘chirma
nusxasini
berish
Mehnat
Kodeksning 
171-
moddasida 
belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ish bilan bog‘liq hujjatlarning ko‘chirma nusxalari tashkilot rahbarining
yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri (u mavjud bo‘lgan
taqdirda) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Ish bilan bog‘liq hujjatlar va
ularning ko‘chirma nusxalari xodimga bepul beriladi.
Ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdir:
mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi
talablarni buzish;
ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul
qilmaslik;
ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart
bo‘lgan shaxslarni (ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga
yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat
shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan
taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga
qabul qilmaslik;
sudlanganligi,
shu
jumladan
tugallangan
va
olib
tashlangan
sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonunchilikda
nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin
qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi
munosabati bilan ishga qabul qilmaslik;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.


Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish
huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul
qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan
shaxsning talabiga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart. Yozma
asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad
etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.
O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan
shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin,
shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari)
aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat
qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning
nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi. Ushbu qoidadan istisnolar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi
mumkin.(Mehnat kodeksining 121-moddasi)
Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni
taqdim etadi:

Download 89.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling