20. Qaysi voqea Chingizxonning Xorazmshohlar davlatiga yurish boshlashiga bahona bo’ldi?
A) Qoraxitoylarni Xorazm tomonidan bosib olinishi
B) Movarounnahrda Qoraxoniylar hokimiyatiga Xorazm tomonidan barham berilganligi
C) Og’ir soliqlardan ezilgan Хоrazm xalqining Sulton Muhammadga nisbatan e’tiqodi susayib ketganligi
D) O’tror voqeasi va Ibn Kafroj Bug’roning o’ldirilishi
21. Xorazmshohlar davlatida kim o’z qabiladoshlari manfaati yo’lida saroyda ko’tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg’unlashtirib qo’ygan edi?
A) Turkon Xotun B) Ibn Kafroj Bug’ro
C) G’oirxon D) Mahmud Yalavoch
22. Xorazmshoh Sulton Muhammadning volidasi qanday nom bilan shuhrat topgan edi?
A) Uljoy Turkon B) Turkon Xotun
C) Takina Xotun D) Turmush Og’o
23. Xorazmshoh Sulton Muhammad o’zini kim deb hisoblardi?
A) Iskandari Soniy B) Amir ul-mo’min
C) Yetti iqlim sultoni D) Shahanshoh
24. Qaysi Xorazmshoh o’z hukmronligining so’ngida “Davlat kengashi” ta’sis etadi?
A) Alovuddin Muhammad. B) Qutbiddin Muhammad.
C) Jaloliddin Manguberdi. D) Abulg’oziy Bahodirxon.
25. “Davlat kengashi” ga necha nafar bilimdon vakillar jalb etiladi?
A) 5. B) 6. C) 7. D) 8.
26. 1218-yilning bahorida...
A) Chingizxon va Xorazmshoh o’rtasida savdo shartnomasi tuzildi
B) Chingizxon Samarqandni sakkiz kunlik qamaldan so’ng bosib oldi
C) Mo’g’ul qo’shinlari Binokat va Xo’jand shaharlariga hujum boshladi
D) Sulton Muhammad Chingizxon elchilarini Buxoro shahrida qabul qildi
20-§. Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofaasiga oid tadbirlari va uning oqibati
1. Askarlarning umumiy soni jihatdan Xorazmshoh birmuncha ustunroq bo’lishiga qaramasdan nima sababdan bu ustunlikdan foydalanish imkoni bo’lmadi?
A) Xorazmshoh bilan sarkardalar o’rtasida mavjud ixtiloflar
B) Xorazmshoh tomonidan amalga oshirilayotgan harbiy islohotlarning tugallanmay qolganligi
C) Askarlar zamonaviy harbiy aslahalar bilan to’la ta’minlanmagan edi
D) Sarkardalar o’rtasidagi kelishmovchiliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |