44.Amir Temurning Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga yurishlari tarixda qanday nom olgan?
A) to’rt yillik, olti yillik va sakkiz yillik
B) ikki yillik, besh yillik va yetti yillik
C) uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar
D) uch yilik, to’rt yilik va yetti yillik
45. Amir Temur qaysi shaharlarga tegmagan, qo’shinlarini bunday shaharlarga kiritmagan?
A) o’z qo’shinini Amir Temur ixtiyoriga jo’natsa
B) o’z ixtiyori bilan taslim bo’lib, moli omon to’lasa
C) barcha qurol yarog’ini topshirsa
D) hunarmandlari Amir Temur saltanatining poytaxt bunyodkorligida o’z hissasi bilan qatnashsa
46. Nechanchi yillarda Amir Temur Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi?
A) 1395-1396-yiIlarda B) 1396-1397-yillarda
C) 1397-1398-yillarda D) 1398-1399-yillarda
47. Qaysi omillar tufayli Amir Temur davlati bilan Usmonli turklar o’rtasida to’qnashuv bo’lishi muqarrar bo’lib qoldi?
A) Boyazid qoraqo’yunlilar, muzaffariylar,
jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo’llab-quvvatlaganligi sababli
B) Xuroson masalasidagi ziddiyatlar
C) Boyazidning Movarounnahrga talonchilik yurishlari
D) Boyazidning Oltin O’rda davlati bilan ittifoqda Xorazmga tajovuzi
48. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir bo’ladi?
A) 1402-yil 17-iyul. B) 1402-yil 18-iyul.
C) 1402-yil 19-iyul. D) 1402-yil 20-iyul.
49. Nima sababdan Yevropaning ayrim davlatlari Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba bilan Amir Temurni tabriklab, unga o’z muboraknomalarini yuboradilar?
A) Yevropa hukmdorlari Amir Temur bilan teng savdo-sotiq qilishga o’tganligi
B) Sohibqiron endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi
C) Buyuk Ipak yo’lining Usmonli turklar tomonidan xavfi bartaraf etilishi
D) Amir Temur davlati bilan harbiy ittifoqni vujudga kelishi
Do'stlaringiz bilan baham: |