6. Amir Temur 1371–1390-yillarda olib borgan yetti harbiy yurishdan keyin qayerda tinchlik o‘rnatish va uni o‘zining ta’sir doirasiga kiritib olishga muvaffaq bo‘ldi?
A) Oltin O’rda B) Mo‘g‘uliston
C) Shom D) Eron
7. Amir Temur bilan Misr sultoni Barquq o‘rtasidagi rasmiy aloqalar qachondan boshlangan edi?
A) 1389-yil B) 1385-yil
C) 1395-yil D) 1386-yil
8. Nechanchi yillar mobaynida Amir Temur va Misr sultonlari, shuningdek ularning Suriyadagi noiblari o‘rtasida taxminan … marta maktub va elchilar almashuvi bo‘ldi?
A) 1385–1404-yillar, 35 B) 1386–1404-yillar, 25
C) 1386–1405-yillar, 25 D) 1384–1404-yillar, 15
9. Ma’lumki Sulton Barquq Amir Temur jo‘natgan
elchilarni qatl etib, taklifarni rad etadi. Keyinchalik qaysi voqedan so’ng, Misr o‘z itoatkorligini izhor etadi?
A) Amir Temurning To’xtamishxon ustidan g’alabasidan so’ng
B) Amir Temur Sulton Boyazid ustidan g‘alaba qozongach
C) Amir Temur maktubidan so’ng
D) Sulton Barquq o’limidan so’ng
10. To‘xtamishxon qaysi davlatlar bilan harbiy ittifoq tuzib, Amir Temurga zarba bermoqchi bo‘ldi?
1.Misr 2.Hindiston 3.Iroq 4.Turkiya 5.Mo’g’uliston
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,4,5 D) 2,3,4
11. Qachon To‘xtamishxonning elchisi Misr sultoni Barquq bilan uchrashuvda Amir Temurni yo‘q qilish taklifini kiritadi?
A) 1389-yil B) 1385-yil
C) 1384-yil D) 1386-yil
12. Amir Temurni yo‘q qilish taklifiga yana qaysi davlatlar qo’shildi?
A) Turkiya va Sivas B) Turkiya va Tiflis
C) Pera va Ko’niya D) Kastilya va Sivas
13. Klavixoning ma’lumotlariga qaraganda, 1404-yilda Samarqandga kelgan qaysi davlat elchilari boshqa mamlakat elchilaridan yuqoriga o‘tqazib qo‘yilgan ekan?
A) Hindiston B) Misr
C) Turkiya D) Xitoy
14. XV asr boshlarida xalqaro siyosiy vaziyat qanday edi?
A) bir tomondan, sulton Boyazid Bolqon yarim oroli davlatlari bilan harbiy ittifoq bo’lishga intilayotgan edi, lkkinchi tomondan, Boyazidning o’zi G’arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan edi
B) bir tomondan, sulton Boyazid Russiyaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Oltin O’rda Amir Temurning kuchli tazyiqiga duchor bo’lgan edi
C) bir tomondan, Amir Temur butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o’zi G’arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan edi
D) bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o’zi Amir Temurning kuchli tazyiqiga duchor bo’lgan edi
15. Boyaziddan yengilib, o’z yer va mulklaridan mahrum bo’lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning qayerdagi o’rdagohiga borib, qaror topadilar?
A) Sultoniya B) Qorabog’ C) Samarqand D) Sheroz
16. Vizantiya va G’alatadagi Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari Boyazidga qarshi kurashish maqsadida yordam so’rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida ...
A) Amir Temurga Konstantinopol va Perani tortiq qilishga va’da beradilar
B) Genuya va Venetsiya to’lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to’lashga va’da qiladilar
C) Trapezund va Konstantinopolni g’alabadan so’ng Amir Temurga bo’ysunishiga va’da beradilar
D) Amir Temurga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to’lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to’lashga va’da qiladilar
Do'stlaringiz bilan baham: |