9. VI-VII asrlarda O’rta Osiyo aholisining ko’pchiligi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
A) Nasroniylik. B) Zardushtiylik.
C) Buddaviylik. D) Shomoniylik.
10. Qayer Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarini tarqalishi va rivojida muhim rol o’ynagan?
A) Toxariston. B) Chag’oniyon.
C) Badaxshon. D) Qo’bodiyon.
11. Toxariston aholisi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
A) Islom. B) Xristian. C) Budda. D) Zardusht.
12. Qayer Sug’ddagina emas, balki butun O’rta Osiyoda nasroniylik markazlaridan hisoblanardi?
A) Xorazm viloyatining Urganch tumani.
B) Farg’ona viloyatining Rishton tumani.
C) Samarqand viloyatining Urgut tumani.
D) Toshkent viloyatining Chinoz tumani.
13. Qaysi diniy ta’limot bo’yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi - yorug’lik va ezgulik hamda zulmat va yovuzlikdan iboratdir?
A) Moniy. B) Shomon. C) Budda. D) Zardusht.
14. Nimalar moniy dinining arkoni hisoblangan?
1. Namoz. 2. Kalima. 3. Haj.
4. Ibodat. 5. Ro’za. 6. Sadaqa.
A) 1-2-3. B) 4-5-6. C) 1-3-5. D) 2-4-6.
15. Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan qaysi dinga sig’inib kelgan?
A) Nasroniylik. B) Zardushtiylik.
C) Buddaviylik. D) Shomoniylik.
16. Qaysi din jon va ruhlarga, ota-bobolar ruhiga
sig’inish e’tiqodini tarbiyalagan?
A) Nasroniylik. B) Zardushtiylik.
C) Buddaviylik. D) Shomoniylik.
17. Qadimgi turklar o’z dinini nima deb yuritganlar?
A) “Toq”. B) “Ayl”. C) “Lak”. D) “Qam”.
18. Qaysi din Ko’k Tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini?
A) Nasroniylik. B) Zardushtiylik.
C) Buddaviylik. D) Shomoniylik.
19. Ko’k Tangri sharafiga nima qurbonlik uchun so’yilgan?
A) Oppoq junli qo’y. B) Bir yashar tuya.
C) Ikki shohli ho’kiz. D) Qora qashqa ot.
20. Bolaliktepa yodgorligi qayerda joylashgan?
A) Buxoro vohasi. B) Surxon vohasi.
C) Xorazm vohasi. D) Navoiy vohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |