Beton to’ldiruvchilar texnologiyasi


Download 1.48 Mb.
bet2/4
Sana14.02.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1198032
1   2   3   4
Bog'liq
beton tòldiruvchilar texnalogiyasi fani

To‘ldiruvchilar vazifasi:

  • Engil g‘ovak to’ldiruvchilar betonning zichligini va issiqliko’tkazuvchanligini kamaytiradi, bunday betonlar to’siq konstruksiyalarda issiqlik 12 izolyasiyalari uchun ishlatiladi.
  • Alohida og‘ir va gidrat to’ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi saqlaydi (atom elektrostansiyalarida va sh.k.).
  • To’ldiruvchilarni sanab o‘tilgan vazifasi, betonlarda samarali ishlatilishini belgilaydi, shuningdek ular betonning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning xususiyatlari hamda texnik iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etadi.

To’ldiruvchilarning sinflanishi.

  • To’ldiruvchilar kelib chiqishi, yirikligi va boshqaxususiyatlari bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi:
  • 1) Kelib chiqishi bo’yicha 3 ta guruxga bo’linadi:
  • a) tabiiy, shu jumladan yo‘l-yo‘lakay qazib olinadigan jinslar va boyitishdagi chiqindilar;
  • b) sanoat chiqindilari asosidagi to’ldiruvchilar;v) sun’iy (maxsus tayyorlangan)
  • Kimyoviy tarkibi va fazoviy xolatini o‘zgartirmay, tog‘ jinslarini kelibchiqishi va petrografik nomlanishi yoki chiqindilar turini xususiyatlaydigan tabiiy materiallar va sanoat chiqindilari. Masalan, magmatik chuqurlikdagi (intruziv) jinslar – granit, sienit, diorit; domna shlaklari. Sun’iy to‘ldiruvchilar xomashyo turi (tabiiy, chiqindilardan yoki ular aralashmasidan) va ishlab chiqarish texnologiyasi (ishlov berish usuli) bilan xususiyatlanadi.

To’ldiruvchilarning sinflanishi.

  • Masalan, tabiiy xomashyoni kuydiribko‘pchitish –keramzit; domna shlaklari eritmalarini g‘ovaklashtirib olinadigan –shlakli pemza.
  • 2) Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi:
  • a) yirik, zarrachalari o‘lchami 5 mm dan katta (chaqiq tosh, shag‘al);
  • b) mayda, zarrachalari o’lchami 5 mm dan kichik (qum)

To’ldiruvchilarning sinflanishi.

  • 3) Zarrachalar shakli bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi:
  • a) burchaksimon (noto‘g‘ri) shakldagi, maydalab olinadigan (chaqiq tosh, maydalashdagi qum va b.);
  • b) yumaloq shakldagi zarrachalar (shag‘al, tabiy qum va b.);
  • 4) To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi buyicha zich va g‘ovak turlarga bo‘linadi (2 g/sm3 dan katta yoki kichik ).

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling