Beton xususiyatiga toldiruvchilarning taʼsiri reja: 1
To‘ldiruvchilarning tarkibi
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
3 Мавзу
To‘ldiruvchilarning tarkibi
To’ldiruvchi donalari tarkibini tashkil etuvchi moddalar amorf yoki kristall, shu bilan birga g‘ovak yoki zich strukturani tashkil etadi. Umumiy turda 2ta turli strukturani ko’rib chiqamiz. Materiallarning amorf strukturasi izotrop xolati bilan aniqlanadi, ya’ni bunday materiallarning xususiyatlari barcha yunalishlarda bir xil bo‘ladi. Bu ijobiy faktor xisoblanadi, ya’ni beton texnalogiyasida to‘ldiruvchilar donalarini to’g‘ri joylashtirish va boshqarish qiyin kechadi. Kristallar anizatrob xisoblanib, temperaturaviy deformatsiya’ning taqsimlanishidan va boshqa ta’sirlardan yuzaga keladi. Agar kristallar to‘ldiruvchi donalariga nisbatan kichik va material buyicha tartibsiz joylashgan bulsa, bunday to‘ldiruvchi donasini izatrop deyiladi. Shu sababli kristall tosh jinslar asosidagi to’ldiruvchilar uchun mayda donadorlik katta ahammiyatga ega. G‘ovak materiallar izatrop va anizatrop bo’lishi mumkin. Anizatrop g‘ovak materiallarga ëg‘och kiradi. Uning strukturasi–tolali bulib, materialning xususiyati tolaning bo’ylama va ko’ndalang o‘lchamlariga, joylashish tartibiga bog‘liq. Izatrop materiallarning ikki xil strukturasini ko’rib o’tamiz: yacheykali va donali. 1. Yacheykali struktura bu, qattiq materialning umumiy muhitida g‘ovaklar butun xajm bo’yicha alohida ëpiq (shartli ëpiq) yacheykalar holatida (rasm-3.2-a) uchraydi. 2.Donali struktura bu, qattiq material donalarining o’zaro elimlangan (rasm- 3.2,b) kurinishidir. Tabiiy pemza, keramzit, agloporit, termolit, azerit va boshqa sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar yacheykali strukturaga ega. G‘ovak oxaktosh asosidagi shag‘al, chig‘anoqlar, tuflar donali strukturaga ega. Donali strukturali materiallarning suvshimuvchanligi yuqori bo‘ladi, yacheykali materiallarning suvshimuvchanligi kamroq va mustahkamligi yuqori bo‘ladi. Bunday materiallarning donalarini yirikligi yacheykali materiallar g‘ovaklari yirikligi kabi bo‘ladi, faqat u yoki bu strukturalarning xususiyatlaridan kelib chiqib yuzaga keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling