Bezgak kasalligini qo’zg’atuvchi, epidemiologiyasi, patogenezi,klinikasi, davolash va oldini olish
Download 1.54 Mb.
|
1 2
Bog'liqMikrobiologiya 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- WATCHING Thanks
Epidemiologiyasi. Bezgak dunyoda eng keng tarqalgan transmissiv kasalliklardandir. Kasallik manbayi — periferik qonida jinsiy yetilgan bezgak plazmodiyalari (gametotsitlar) bo‘lgan — bemor yoki parazit tashuvchi odam bo‘lishi mumkin. Uch kunlik, to‘rt kunlik va P.ovale — bezgaklarida gametotsitlar qonda kasallikning birinchi xurujlari davridanoq paydo bo‘ladi va
keyingi xurujlarda ortib borib nojinsiy hujayralar bilan bir vaqtda yo‘qoladi. Tropik bezgakda esa kech — kasallikning 8—10 kunlarida aniqlanadi va nojinsiy hujayralar yo‘qolgandan keyin ham 1,5—2 oy davomida topilib turadi. Kasallik manbayi sifatida bemor yoki parazit tashuvchi bolalar ko‘proq xavfli hisoblanadi. Bezgakning tarqalishida kasallikning (turiga qarab) umumiy davomiyligi ham katta ahamiyatga ega. Tropik bezgak 14—20 oy, uch kunlik—vivax bezgagi — 2—2,5 (ba’zan 4—6) yil, ovale bezgagi — 4 (6—8) yil, to‘rt kunlik bezgak esa o‘n yillab (50 yil va undan ortiq) davom etadi va shu davr ichida bemorlar kasallik manbayi bo‘lib xizmat qiladilar.Kasallikning yuqish yo‘li asosan transmessiv. Bezgakni Anorheles chivinlarining faqat urg‘ochilari yuqtiradi. Anorheles chivinlarini boshqa tur chivinlardan farqlashda qo‘ngan yuzasiga nisbatan tanasining qorni qismi 45° qiyalikda ko‘tarilib turishini, lichinkalari esa suv yuzasida tekis yotishini hisobga olish kerak. Urg‘ochilari, odatda, ko‘lmak suvlarga yoki sekin oquvchi suvlarga tuxum qo‘yadi. Chivinni qon so‘rishidan to tuxum qo‘yguncha bo‘lgan davr, ya’ni birbirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ovqatlanish va O‘rta Osiyoda tarqalgan chivinlar bezgak parazitining faqat uch xili (ovale dan tashqari) bilan zararlanadi. Bezgak parazitining odamga yuqishining boshqa yo‘llari ham mavjud. Endemik o‘choqlarda bezgakni onadan homilaga yuqishi kuzatilishi mumkin. Bezgak paraziti, shuningdek, parazit tashuvchi donorlardan yoki rekonvalessentlardan olingan qon preparatlarini quyish yoki qon yuqi shpris va ninalar orqali ham yuqishi mumkin. Masalan: bitta shpris bilan ko‘pchilik foydalanuvchi giyohvandlarning butun bir guruhida (200 ga yaqin odamda) bezgak tarqalganligi kuzatilgan. Chivindan tashqari yo‘llar bilan yuqqan bezgak, sh i z o n t l i b e z g a k deb ataladi. Bunday yuqish ko‘proq to‘rt kunlik bezgakka xos. Chunki bu turdagi bezgakda plazmodiyalar submikroskopik holatda juda ko‘p yillar davomida parazit tashuvchilar qonida saqlanishi mumkin. Konservatsiya qilingan qonda P.vivax va P.ovale bir hafta, P.falcifarum va P.malariae lar esa 10 kun va undan ortiq saqlanishi mumkin. Bezgak bilan bacha yoshdagi insonlar kasallanishi mumkin, biroq ayrim aholi guruhlari, masalan G‘arbiy Afrika aholisi (ular boshqa qit’ada yashasalar ham) P.vivax ga nisbatan chidamli bo‘lib, bu turli bezgak bilan kasallanmaydilar, yoki anamal — S— gemoglobinli shaxslar P.falcifarum bilan kam kasallanadilar. Bunday eritrotsitlar parazit ko‘payishi uchun yaroqsiz bo‘lsa kerak — deb taxmin etiladi. Shuningdek, eritrotsitida tug‘ma enzimopatiyasi (glukoza — 6—fosfatdegidrogen — G6—FDG yetishmovchiligi) bo‘lgan shaxslarda ham tropik bezgak kam kuzatiladi. Gi per- va goloendemik o‘choqlarda 2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda tug‘ma immunitet bo‘ladi 10% 75% 50% 90% Aholining bezgak bilan zararlanganlik darajasi turli ko‘rsat- kichlar bilan belgilanadi: P a r a z i t a r indeks — tekshirilganlar orasida parazitemiyasi bo‘lgan shaxslar soni; T a l o q indeksi — tekshirilganlar orasida talog‘i kattalashgan shaxslar soni; E n d e m i k indeks — qonida parazit aniqlangan va talog‘i kattalashganlarning tekshirilgan odamlar soniga nisbati; R o s s indeksi — tekshirilgan hudud aholisi talog‘ining kattalashish darajasi. JSST tasnifi bo‘yicha (1964) mavjud endemik bezgak o‘choqlari yuqoridagi indekslar bilan baholanib, 4 ti pga bo‘linadi: a) gi poendemik bezgak — 2—9 yoshdagi bolalarda taloq indeksi 10% ga yetadi; b) mezoendemik bezgak — 2—9 yoshdagi bolalarda taloq indeksi 11% dan 50% gacha; d) gi perendemik bezgak — shu yoshdagi bolalarda taloq indeksi har doim 50% dan yuqori, shuningdek kattalarda ham yuqori; s) goloendemik bezgak — taloq indeksi 2—9 yoshli bolalarda har doim 75% dan ortiq, kattalarda — past (Afrika ti pi) yoki yuqori (Yangi Gvineya ti pi). Parazitar indeks — ko‘krak yoshidagi bolalarda doimiy 75% dan ortiq. Hozirgi umumiy adaptatsion sindrom tushunchasiga ko‘ra, bezgak huruji, pirogen fomillar majmuining (merozoitlarni va xususiy oqsilning parcha- lanishidan hosil bo‘lgan begona oqsil, bezgak pigmenti va balki bezgak toksini) patogen ta’siriga bo‘lgan, makroorganizmning nospetsifik javob reaksiyasidir. Bezgakda — bronxit, bronxial astma, plevrit, allergik artrit, enterit va kolit, urtikar toshma va boshqalarning bo‘lishi ham allergik reaksiya bilan bog‘liq.Bezgakning hamma turlarida ham albatta anemiya rivojlanishi yetakchi belgilardan hisoblanadi. Kamqonlikning ortiq yoki kam bo‘lishi invaziya darajasiga va kasallikning davomiyligiga bog‘liq. Tropik bezgakda anemiya barvaqt rivojlanadi va kuchli bo‘ladi, chunki bunda eritrotsitlarning parchalanishi tez va ko‘p bo‘ladi. Shunisi e“tiborliki, bezgakda gemoglobinning kamayishi periferik qonda plazmodiyalar yo‘qolgandan keyin ham davom etadi. Portfolio On Sale Lorem ipsum dolor sit nulla acLorem ipsum dolor sit New Product Lore ipsum dolor sit m ipsum dolor sit nulla acLorem ipsum dolor sit THANKS FOR WATCHING Thanks DESIGN Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling