Bezgak kasalligini qo’zg’atuvchi, epidemiologiyasi, patogenezi,klinikasi, davolash va oldini olish


Download 1.54 Mb.
bet1/2
Sana25.03.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1295897
  1   2
Bog'liq
Mikrobiologiya 9


Bezgak kasalligini qo’zg’atuvchi, epidemiologiyasi, patogenezi,klinikasi, davolash va oldini olish
Tekshirdi : Shokirova Dinara
Bajardi : SF206 Jabborova Yulduz
Bezgak kasallik qo’zg’atuvchi
Bezgak — qayta-qayta isitma xurujlari, kamqonlik, jigar va taloqning jarohatlanishi bilan kechuvchi o‘tkir parazitar kasallikdir. (Sinonimlari: lat. — Febris intermittens, angl. — Intermittent fever, nem. — Wechsellieber, Sumrrieber, frans. — Raludisme Fieve ralustre, ital. — Febre malariche, isp. — Raludismo). Ma’lumki, 1920—50-yillar davomida olib borilgan ulkan ishlarning samarasi o‘laroq 60-yillarga kelib, bezgak kasalligining endemik o‘choqlari, ko‘pchilik davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham tugatilgan edi.
Biroq keyingi yillarda bezgakni Hindiston, Pokiston, Turkiya, Eron, Iroq, Rossiya va ayniqsa Tojikiston va Afg‘oniston kabi O‘zbekiston bilan keng va kundan-kunga ortib borayotgan aloqada bo‘lgan davlatlar hududida keng tarqalayotganligi respublikamizda ham katta epidemiologik xavf tug‘dirmoqda. Binobarin, bugungi kunda O‘zbekistonda ham bezgakning keng tarqalishi, qaytatdan endemik o‘choqlar hosil bo‘lishi va eng xavflisi, tropik bezgakni ham kirib kelishining real xavfi paydo bo‘lib qoldi.
Bezgakning qo‘zg‘atuvchisi bir hujayrali mikroor- ganizm bo‘lib, u Srorozoa ti piga, Coccidea sinfiga, Haemosrorida turkumiga, Plasmodidae oilasiga, Plosmodium avlodiga mansub. Plazmodiumlar sitoplazma, DNK tutuvchi yadro va sitoplazmatik membranadan tashkil topadi. Plazmodiya rivojlanishining ba’zi bosqichlarida spetsifik pigment ham bo‘ladi. Romanovskiy—Gimza usuli bilan bo‘yalganda sitoplazmasi ko‘k—zangori, yadrosi esa qizil rangga bo‘yaladi. Bezgak plazmodiyalarining 100 dan ortiq turlari mavjud bo‘lib, ulardan faqat to‘rttasi odamlarda parazitlik qiladi.
Odamlarda parazitlik qiluvchi plazmodiyalar quyidagilardir: 1. Plasmodium vivax — uch kunlik bezgak (malaria tertiana) qo‘zg‘atuvchisi;
2. Plasmodium malaria — to‘rt kunlik bezgak (malaria quartana) qo‘zg‘atuvchisi; 3. Plasmodium falcifarum — tropik bezgak (malaria frorice) qo‘zg‘atuvchisi;
-Bezgak plazmodiyalari turlari -
P.Fulcifarum da — hind, italyan va nigeriya shtammlari farqlanadi. Kasallikning eng og‘ir kechimi italyan shtammi bilanzararlanganda kuzatiladi. Ularning dorilarga sezuvchanligi ham turlichadir.
Bezgak plazmodiyalari turlari ichida turli shtammlari va Jug‘rofiy shtammlari mavjud. Masalan; P.vivax da uchta shtamm ajratilgan: P.vivax: Chesson, janubiy — P.vivax va shimoliy — P.V.hibernans, ular bir—birligidan ba’zi bir morfologik va antigenlik xususiyatlari hamda inkubatsion davrining turliligi bilan farqlanadi.
Chivinlarning zararlanganlik darajasini, ularning oshqozoni- ning tashqi qoplami ostidagi ootsistalarni sanash (ootsist indeksi) bilan aniqlanadi. Bu sporogeniya jarayoni tugagach ootsistlar yorilib sporozoitlar gemolimfa orqali chivinning butun a’zosiga tarqaladi va eng ko‘p uning so‘lak bezlarida to‘planadi. So‘lak bezlarida yana bir necha kun davomida o‘sib ulg‘aygach sporozoitlar yuqish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Chivinning tanasida sporozoitlar 1,5—2 oy saqlanadi.Kasallikni yuqishi uchun bezgak chivinini bir marta chaqishi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Qayta-qayta chaqishi oqibatida bitta bezgan chivini bir necha odamni kasallantirishi mumkin. Sporogoniya muddatining davomiyligi, tashqi harorat va parazitning turiga qarab turlicha bo‘ladi. Sporogoniya jarayonini kechishi uchun zarur bo‘lgan eng past harorat: P.vivax uchun Q16°C, P.falcifarum va P.malaria uchun esa 18°C dir. Q30°C dan yuqori haroratda parazitning chivin organizmida ko‘payishi qiyinlashadi, Q37°C dan ortganda esa u halok bo‘ladi.
1
2
3
4
Bezgak chivini (urg‘ochi Anorheles) chaqqanda odam organizmiga tushgan sporozoitlar 15—45 daqiqa ichida jigarga tushib, gepatotsitlarga kirib oladi (to‘qima trofozoitlari) va to‘qima shizoitlariga aylanadi. Gepatotsitlarda parazitning o‘sishi va parazitning bir necha bor bo‘linishi tufayli minglab mayda, bitta yadroli to‘qima m e r- oz o i t l a r i paydo bo‘ladi. P.vivax ni bitta sporozoitidan — 10000 gacha, P.falcifarum sporozoitidan esa 40000—50000 merozoit hosil bo‘ladi. Jigarda kechadigan to‘qima shizogoniyasi P.falcifarumda — 6 sutka, P.vivax va P.ovale da — 8, P.malariae da — 15 sutka davom etadi. Shu muddat ichida yetilgan merozoitlar jigardan (gepatotsitlar yoriladi) qonga eritrotsitlarga o‘tadi va eritrotsitar shizogoniya boshlanadi. Eritrotsitar shizogoniya boshlang‘ich 4—5 sutka davomida klinik belgilarsiz kechadi va qondagi parazit miqdori, ma’lum bir bo‘sag‘a miqdoriga yetgandan keyingina kasallikning birinchi xurujlari boshlanadi. Sporozoitlardan paydo bo‘lgan to‘qima parazitlarining barchasi yoki ularning bir qismi jigar hujayralarida uzoq vaqt (yarim yildan uch yilgacha) karaxt holatda saqlanishi va keyinchalik rivojlanib eritrotsitlarga o‘tishi mumkin. Parazitning bunday turlarini «uyqudagi turlar» yoki g i p n o z o i t l a r deb ataladi. Bu holat sporozoitlarni fenoti pik geterogenlik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib u sporozoitlarning tez (taxisporozoit) yoki sekin (bradisporozoit) rivojlanishi tufaylidir. P.vivax ni Janubiy shtammlarida taxisporozoitlar ko‘p bo‘lib kasallikning inkubatsiya davri qisqa, shimoliy shtammida esa aksincha bradisporozoitlar ko‘p bo‘lib, inkubatsion davri davomli (6—14 oy) bo‘ladi. 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling